12-mavzu: Tasviriy san'at fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik metodlar



Yüklə 43,18 Kb.
səhifə1/5
tarix19.04.2022
ölçüsü43,18 Kb.
#115383
  1   2   3   4   5
12-MA'RUZA


12-mavzu: Tasviriy san'at fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik metodlar.

Reja:

1. Zamonaviy pedagogik metodlar.

2. Tasviriy san'at fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik metodlar.

Mavzuning matni:

Hozirgi vaqtda eng achinarli masalalardan biri talabga javob bermaydigan darajada o‘qiydigan talabalarning ko‘pchilikni tashkil qilishi. Talabalarning boshlang‘ich kurslardagi davri eng ma’suliyatli davr hisoblanadi. Bunga har xil sharoitda yashagan, o‘qigan bilim va tushuncha darajalari har xil bo‘lgan yoshlarning bir joyga jamlanishi, ko‘pchilik talabalarning balog‘at yoshidan hali to‘liq o‘tmaganligini va o‘qituvchilar o‘z talabalarining shu davrdagi o‘ziga xos o‘zgarishlarini hisobga olmasliklari natijasining mahsuli deb qarash mumkin.

Yoshlarning bu o‘tish davri shvetsiyalik psixolok Jan Piaj (1876-1980) ning fikricha, o‘spirinlarda ob’ektga, borliq dunyoga nisbatan abstrakt fikrlash jarayonining yetilishi bilan xarakterlanadi. Fikr yuritish harakatining murakkablashishi bola hayotining barcha tomonlariga, hissiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Amerikalik psixolog Stenli Xoll (1884- 1923) ta’biri bilan aytganda bu davrda bolaning ichki va tashqi nizolarining kuchaygan davri bo‘lib, “individual hissi” paydo bo‘ladi. Amerika psixologi Erik Erikson (1902-1982) “bolaning o‘z oldiga ko‘ygan maqsadiga erishish yo‘lida ishbilarmonlik va o‘ta ta’sirchanlik hislari paydo bo‘ladi” deb izohlaydi. Bu yoshda bolaning mehnatga bo‘lgan munosabatiga asos solinadi.

Talabalardagi ta’sirchanlik ijtimoiy omil va tarbiyalanish sharoitiga, shaxsning individualligiga bog‘liq bo‘lib, “men” degan qarama-qarshilik da’volari bola shaxsining hissiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi (I.S.Kon, Psixologiya yunotsi, M., “Prosvesheniya”, 1989-79 b). Bu yoshda talabalarda xayolparastlik davri boshlanadi. Tevarak atrofni o‘rab turgan turli hodisalarga javob topishga intiladi. O‘z ichki dunyosini qondirish maqsadida har xil gipotezalar tuzadi, o‘zining psixik holatini sezmaydi. Agarda bola xafa bo‘lsa, u atrofdagi muhitni sabab qilib ko‘rsatishga o‘rinadi.

Talabalarning o‘tish yoshidagi har xil “qiliqlarini” hisobga olib, o‘qitish tashkil qilinsa, uning samaradorligi oshishiga sababchi bo‘linadi. Talabalarning psixik o‘zgarishlariga mos keladigan didaktik metodlar tatbiq qilib yangi natijalarga erishish mumkin.

“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi “Tasviriy san’at fanini o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari” fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni va amaliy ahamiyati o‘rganiladi. Oliy ta’lim muassasalarida mo‘taxassis kadrlar tayyorlanishi sababli pedagogik texnologiyalarning fanga amaliy tadbig‘i va uni tashkil qilish metodikasini talabalarga ilmiy asosda yetkazib berish lozim.

Talabalarga tasviriy san’atdan dars berishni biroz bo‘lsa ham osonlashtirish, o‘qishda talabalarning faolligini oshirish maqsadida Tasviriy san’atni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga murojaat etiladi.


Yüklə 43,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin