12-seminar mashg‘uloti
Mavzu: Zamonaviy avtomagistrallarni o‘rganish - O‘zbek milliy avtomagistrallari.
Tayanch so‘zlari: Aloqa yo‘llari, avtomagistral, yo‘l holati, yo‘l tarmog’ini rivojlantirish. avtomobil yo‘li, yo‘llar tasnifi, yo‘l tarmog’i
Zamonaviy avtomagistrallar
Avtomobil magistrallari deb mahalliy transport va qarama-qarshidan kelayotgan avtomobillar tomonidan halaqitlarsiz, katta tezliklar bilan avtomobillarda yo‘lovchi va yuklarni jadal tashish uchun mo‘ljallangan yo‘llarga aytiladi. Bular juda takomillashgan, biroq qimmat turadigan yo‘llar bo‘lib, ular turli mamlakatlar yo‘l tarmog’larining asosiy skeletini hosil qiladi va bu yo‘l tarmog’lari uzunligining ko‘pi bilan 1,5...2% ini tashkil etadi.
Avtomobil magistrallariga qo‘yiladigan asosiy talab avtomobillarning qarama-qarshi oqimlari uchun mustaqil qatnov qismiga ajratish, bir sathda kesishib o‘tish joylarining yo‘qligi va yo‘lga kirib kelayotgan yoki undan chetga buriladigan alohida avtomobillarning asosiy oqim harakati rejimiga ta’sirini minimumga keltirishdir.
Magistrallar bo‘yicha sekinyurar transport vositalari - traktorlar, mototsikllar, velosipedlar va ot aravalarning harakatlanishi (yurishi) man etiladi. Yo‘llar tasnifi bo‘yicha avtomobil magistrallariga I(a) toifali yo‘llar kiradi.
Avtomobil yo‘llari, odatda, bir-biridan ajratish tasmasi bilan ajratilgan ikkita qatnov qismida quriladi. Har qaysi qatnov qismi bir yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quvib o‘tish imkoniyatini ham ko‘zda tutadi, shuning uchun uni kamida ikki qator avtomobillar harakatlanishiga hisoblanadi.
Avtomobil magistrallarida bir sathda kesishadigan harakat oqimlari, svetoforlar va harakat tezligini cheklovchi belgilar bo‘lmaydi. Boshqa yo‘llardan avtomobil magistrallariga faqat tezlanish yoki sekinlashish uchun qo‘shimcha tasmalar bilan jihozlangan maxsus tutashtirish yo‘li orqaligina kirib kelish mumkin, bular kirib kelayotgan avtomobillarga magistralda harakatlanish tezligiga mos tezliklarda yurishga va shundan keyingina avtomobillar oqimiga to‘sqinliksiz qo‘shilib ketishiga imkon beradi (12.1, 12.2-rasmlar).
12.1-rasm. Zamonaviy avtomagistral
|
12.2-rasm. Zamonaviy avtomagistraldagi “Bedabargsimon”har satxdagi kesishma
|
Harakatlanish uchun mahalliy transport va piyodalar halaqit berishini bartaraf etish uchun avtomobil magistrallarini aholi yashaydigan punktlarni aylanib o‘tadigan qilib o‘tkaziladi, ularga kirish yo‘llarini faqat katta harakatlanish jadalligiga ega bo‘lgan yo‘llar bilan kesishadigan joylardagina qilinadi. Mahalliy yo‘llar magistrallarni turli sathlarda kesib o‘tadi, bunda pastga tushiladigan yo‘llar qilinmaydi. Magistrallar katta masofalarga tashish uchun mo‘ljallanganligi bois, yo‘l bo‘ylab benzin quyish stantsiyalari, texnik va tibbiy xizmat ko‘rsatish punktlari, mehmonxonalar, oshxonalar joylashtiriladi. Yo‘l yonida haydovchilar qisqa muddatli dam olishlari uchun to‘xtash maydonchalari jihozlanadi.
Dostları ilə paylaş: |