Ma’lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarishda unga, mahsulotning bozorga chiqarish vaqtining qisqa, mahsulot tannarxining kam va sifatining yuqori bo’lishi kabi asosiy talablar qo’yiladi. Bu talablarni CAD/CAE/CAM texnologiyalarini keng miqiyosda qo’llamasdan turib amalga oshirishning iloji yo’q.
Mashinasozlik sohasida - avtomatik loyihalash tizimi (ALT) tushunchasi odatda, CAD/CAE/CAM tizimlariga nisbatan qo’llanilib, unda kompyuter yordamida loyihalash, ishlab - chiqarish va muxandislik ma’lumotlarini boshqarish masalalarini amalga oshiruvchi dasturlar to’plamiga nisbatan qo’llaniladi.
CAD, CAE, CAM tizimining asosiy vazifalari
Zamonaviy loyixalash metodlarini, ya’ni kup variantli loyixalash metodlarini kullash va effektiv variantlarni kidirish va karor kabul kilishni optimallashtirish;
Loyihalovchi muxandisning ijodiy mehnati hissasini oshirish;
Elektron hisoblash mashinalari yordamida sinov ishlarini mukammal va qisqa muddat ichida amalga oshirish.
Tekshirish ob’yomini kamaytirish va mukammal namunaga erishish uchun loyixa karorini etarli darajaga oshirish, shu bilan birga vaqt sarfini kamaytirish.
Avtomatik loyixalash tizimi strukturasi
CAD tizimi
CAD tizimi
CAD
tizimining ishlab chiqarishdagi asosiy bu ikki o’lchamli(2D) va uch o’lchamli(3D) loyixhalashdir. 2D asosan konstruktorlik hujjatlari va chizmalarini rasmiylashtirishga mo’ljallangan. 3D esa uch o’lchamli geometric modellar, metric hisoblash va haqiqiy ko’rinishlarni yaratish imkonini beradi.
Kompas-3D-Rassiyaning Askon kompaniyasining mahsuloti bo’lib detallarni 2D va 3D modellarini yaratish va konstruktorlik hujjatlari va chizmalarini rasmiylashtirishga mo’ljallangan.
AutoCAD AQSHning Autodesk companiyasining mahsuloti bo’lib, mashinasozlik, arxitektura qurulish soha 2D va 3D modellarini yaratish va konstruktorlik hujjatlari va chizmalarini rasmiylashtirishga mo’ljallangan
Solid Works dasturi AQSHning Solid Works karparatsiyasining mahsuloti bo’lib, moslashuvchan parametrli loyihalash uchun eng qulay dasturlardan biridir.
Catia dasturi Fransiyaning Dassault Systemes kompaniyasi mahsuloti bo’lib, aviasozlik, mashinasozlik, gidrotexnika va boshqa shunga o’xshash sohalarda loyihalashda keng qo’llaniladi.
CAE tizimi
CAE tizimi etarlicha xilma xil bo’lib, loyihani analiz qilish ketma-ketligi, modellashtirish va loyiha qarorlarini optimallashtirishga mo’ljallangan. Bu tizimdagi dasturlar asosan chekli element metodi asosida ishlaydi, ya’ni buyumni juda ko’p miqdordagi bo’laklarga ajratib bo’layotgan jarayonni ta’sirini taqsimlash yoli orqali analiz qiladi.
ANSYS dasturi AQSHning Ansys Inc kompaniyasi mahsuloti bolib, CAE tizimidagi chekli elementli analiz tizimida ishlaydigan universal dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida mustahkamlik, issiqlik, elektromagnitizm, gidrodinamika va boshqa shu kabi sohalarga bog’liq analizlarni amalga oshirish maqsadida qo’llaniladi. Undan tashqari chiziqli va chiziqli bo’lmagan, statsionar va statsionar bo’lmagan qattiq jism deformatsiyasi mexanikasi va konstruksiyasi, gaz va suyuqlik mexanikasi, issiqlik uzatish va almashinish va shu kabi masalalarni echishda dunyoda keng miqiyosda qo’llaniladi.
CAM tizimi
CAM tizimining asosiy vazifasi bu texnologik jarayonni ishlab chiqish, sonli dasturda boshqariladigan texnologik qurilmani boshqaruvchi dasturini sintez qilish, ishlov berish jarayonini modellashtirish, shu bilan bir vaqtda ishlov berish jarayonidagi kesuvchi asbob va zagatovka ning harakat traektoriyasini qurish, ishlov berish jarayoni uchun vaqt nomasini hisoblash va boshqalar.
CAD tizimida yaratilgan modeldan CAM tizimidagi dasturlar sonly dasturda boshqariladigan dastgohlar uchun texnologik jarayon ishlab chiqadi.
MasterCAM AQSHning CNC Software Inc kompaniyasi mahsuloti bo’lib, sonli dasturda boshqariladigan yog’ochlarga ishlov beruvchi, tokarlik va frezerlik dastgohlari uchun dasturiy ta’minot vazifasini bajaradi.
Nazorat savollari
CAD,CAE,CAM tizimi qanaqa tizim?
Avtomatik loyihalash tizimi deganda nima tushiniladi?
Avtomatik loyihalash tizimining asosiy vazifasi nimadan iborat?
Avtomatik loyihalash tizimi qaerlarda qo’llaniladi?
CAD tizimining asosiy vazifasi nima?
CAE tizimining asosiy vazifasi nima?
CAM tizimining asosiy vazifasi nima?
Avtomatik loyihalash tizimining qanaqa afzalliklari mavjud?