13-amaliy Ilmiy-ommabop asarlarni o‘rganish yuzasidan 1-2-sinflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish



Yüklə 19,49 Kb.
tarix08.11.2023
ölçüsü19,49 Kb.
#131242
13-amaliy


13-amaliy
Ilmiy-ommabop asarlarni o‘rganish yuzasidan 1-2-sinflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.


Amaliy mashg‘ulot rejasi
1. Ilmiy-ommabop asarlar yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarning amalda qo‘llanish jarayonini kuzatish.
2. Kuzatilgan dars tahlili
3. Kuzatilgan darslar yuzasidan tavsiyalar
4. Talabalarni baholash
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
Talabalarni o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish darslarini kuzatish, masal darslarni kuzatish va tahlil qilishga o‘rgatish
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning savod o‘rgatish asosiy davri yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
A) O’qish darslarida ilmiy-ommabop asarlarni o’tish mavzusiga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish
B) Kuzatilgan darslar yuzasidan fikr-mulohaza bildirishga o‘rgatish.
V) O’qish kitobida berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilishga o‘rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. O‘qish va sinfdan tashqari o‘qish darslari yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amalda tatbiq eta olish.
2.Nazariy savollarga javob berishda qatnashish, topshiriqlarini bajarish.
3. Darslarni kuzatish uchun ko‘rsatmalarni bajarish.
4.Amaliy mashg‘uloti davomidagi faoliyatni sifatli bajarish.
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini (Ilmiy-ommabop asarlarni o‘rganish yuzasidan 1-2-sinflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish), maqsadini, mashg‘ulot rejasini e’lon qilish.
1. Eshitadi, yozadi, javob beradi.
Metod. Aqliy hujum, suhbat.
Ilmiy-ommabop asarlarni o‘rganish yuzasidan 1-2-sinflar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan o‘rganilganlar quyidagi savollar asosida eslatiladi.
Ilmiy-ommabop asarlarga nimalar kiradi?
1-sinf o‘qish darsligida qanday ilmiy-ommabop asarlar bor?
2-sinf o‘qish darsligida qanday ilmiy-ommabop asarlar bor? Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga javob beradi
1.O‘rganiladigan mavzuning aniq belgilab olganligi.
Talabalar o‘z va o‘qituvchining taqvim rejasi yordamida o‘rganiladigan masal janrdagi asarlarni belgilaydilar.
2. Darsning maqsadi va vazifalari.
3. Maktablarda kuzatilgan hikoya darslarining tuzilishi.
4. Talabalar O‘qish va STO‘darslarida hikoya darslarda yaxshi samara beruvchi ish turlarini aytadilar.
5. Darsning har bir bosqichi dars oldiga qo‘yilgan umumiy ta’limiy va tarbiyaviy maqsadni ochishga qaratilganligi xulosalanishi.
6. Darsda qo‘llangan metodlarni samaradorligi, o‘quvchilarni faollashtirish usullari.
7. Ko‘rgazmalardan foydalanish.
Tayyorgarlik davri yozuv darsi ishlanmasi. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarda O‘qitish metodida modul shaklida olib boriladi. 6 ta guruhning har biriga ilovadagi topshiriq beriladi.
Talabalarni xattaxtada hikoyalarini sinflararo izchilligini izohlaganliklarini tahlil qilish. Talabalarning o‘quvchilar qiynalishi mumkin bo‘lgan holatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini so‘rash va baholash.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, SH. Yo‘ldosheva, SH. Sariev “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T. “Noshir”. 2009 .
2. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti, T-2005.
3.Boshlang‘ich ta’lim bo‘yichak yangi tahrirdagi o‘quv dasturi. «Boshlang‘ich ta’lim», 2005 yil, 5-son
4.Safarova R va boshqalar, «Alifbe» T-2010
5.Safarova R va boshqalar, «Savod o‘rgatish», T-2004
6.Abdullayeva Q va boshqalar, «Savod o‘rgatish» T-1996
7.G‘afforova T va boshqalar, «1-sinfda savod o‘rgatish», T-1997
8.G‘ulomov M «Yozuv daftari», T-2010
1-ilova

Ilmiy–ommabop asarlarni mavzularini sinflararo izchilligini izohlang.



1-sinf

2-sinf

3-sinf

4-sinf













Yüklə 19,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin