№ 13 AMALIYOT ISHI
Mavzu:Siklik kodlarni kodlash va dekodlash jarayonini modellashtirish va natijalarini tahlil qilish
Shovqinbardosh kodlardan amaliy foydalanish vazifasi 3 bosqichga bo‘linadi:
Kod vazifasi, ya’ni bir qator kodli so‘zlar tanlash orqali uzatish olib borish;
Kodlash , ya’ni kodlash algoritmini amalga oshiradigan algoritm va apparatura ishlab chiqarish;
Dekodlash , ya’ni dekodlash algoritmini amalga oshiradigan algoritm va apparatura ishlab chiqarish.
Siklik kodlar qurish prinsipi
Siklik kodlar sistematik kodlarning bir ko‘rinishi hisoblanadi va uning barcha xususiyatlariga ega. Ular kodlash va dekodlash sxemalarini osonlashtirish maqsadida yaratilgan. Keyinchalik uning amalda keng tarqalishini ta’minlovchi yuqori korrektlash xususiyatlari aniqlandi.
Siklik kodlar qurilishida kodli kombinatsiyalarni polinom ko‘rinishida tasavvur qilish qabul qilingan. Tasodifiy miqdor tizimida har qanday son polinom kod kombinatsiyasi sifatida yozilgan bo‘lishi mumkin:
G(x)=a n-1x n-1+ a n-2 x n-2 +…+ a1x1 + a0 x0 ,
bu yerda ai =(0.1); x – sanoq sistemasi asosi.
Har G(x) kodli kombinatsiya oddiy k-elementli kodni xr ga ko‘paytiramiz, keyin paydo bo‘lgan darajasi R bo‘lgan P(x) polinomga bo‘lamiz.
Ko‘paytirish natijasida G(x) polinomiga kiruvchi xi ning har a’zosini darajasi r ga oshadi. xr G(x) ko‘paytmasini P(x) ga bo‘lganimizda G(x) darajasidagi Q(x) bo‘linma hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, agar xr G(x) ko‘paytma P(x) ga yaxlit bo‘linmasa R(x) qoldiq paydo bo‘ladi:
Madomiki Q(x) bo‘linmasi G(x) dek darajaga ega ekan, u ham oddiy k- elementlik kodning kombinatsiyasi hisoblanadi.
Tenglikning ikkala qismini P(x), ga bo‘lish orqali
F(x)=Q(x)P(x)=xrG(x)Å R(x) ga ega bo‘lamiz.
Shunday qilib, siklik kodning kodli kombinatsiyasini 2 usul yordamida olish mumkin:
1. G (x) kodli kombinatsiyani oddiy k- elementli kodga ko‘paytirish orqali R(x) polinomini hosil bo‘lishi;
2. Oddiy kodning G (x) kodli kombinatsiyani xr birxadga ko‘paytirish va bu ko‘paytmaga G(x) xr ko‘paytmasini R(x) ga bo‘lishdagi qoldiqni qo‘shish orqali.
1 4.1 jadval
Nazorat savollari.
Siklik kodlarni tushuntirib bering?
Siklik kodlarni qurilish prinsiplpri qanday?
Dostları ilə paylaş: |