13-laboratoriya ishi polyarimetrlarni qiyoslash ishdan maqsad


 Qiyoslash sharoitlari va unga tayyorlanish



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə5/7
tarix09.11.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#131566
1   2   3   4   5   6   7
13-laboratoriya ishi polyarimetrlarni qiyoslash-fayllar.org

2. Qiyoslash sharoitlari va unga tayyorlanish 
2.1. Qiyoslash o‘tkazilayotgan vaqtda har bir muayyan qurilma uchun foydalanishga oid 
xujjatlarda nazarda tutilgan harorat, nisbiy namlik va atmosfera bosimi talablariga mos kelishi
kerak.
2.2.
Qiyoslash o‘tkazishdan oldin quyidagi tayyorgarchilik ishlarini bajarish kerak:

- qurilmani to‘g‘ri ulanganligini tekshirib ko‘rish kerak; 


- qurilmani erga ulanganligini tekshirish kerak;
- qurilma va namunaviy polyarimetrik plastinkalarni ishchi xolatda 1 soatdan kam 
bo‘lmagan vaqt ichida saqlash kerak;
- qurilmani ishlatish bo‘yicha instruksiyada ko‘rsatilgan vaqt davomida tok manbaiga 
ulab qizdirish kerak;
- namunaviy polyarimetrik plastinkani kyuveta qo‘yiladigan joyning o‘rtasiga o‘rnatish 
kerak;
- namunaviy polyarimetrik plastinkani 8
o
aylanish burchagi ostida 20-60 minut davomida 

termostatlangan xolatda temperatura o‘zgarishlarini hisobga olgan xolda ushlab turish kerak (3


o

S gacha temperatura o‘zgarishida - 20 minut, 6


o
S gacha temperatura o‘zgarishida-40 minut, 

10
o


S gacha temperatura o‘zgarishida - 60 minut)






3. Qiyoslashni o‘tkazish 

Tashqi ko‘rik. P
olyarimetrni
tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagilar tekshiriladi:
3.1.1. Fotoelektrik polyarimetrning pasportida ko‘rsatilganiga bog‘liq xolda barcha 
qismlarini to‘liqligini tekshirish (qo‘shimcha qismlaridan tashqari);
- markirovkaning mavjudligi (qurilmaning tipi, ishlab chiqaruvchi korxonaning mahsulot 
belgisi, qurilmaning tartib raqami);
- qurilmaning tashqi ko‘rinishida defektlarni yo‘qligini tekshirish; 
- shisha kyuvetalarda dars ketishlar, qo‘pol qirilishlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish.
3.2. Sinab ko‘rish 
3.2.1. Fotoelektrik polyarimetrning buraladigan va harakatlanadigan qismlarini qiyoslash 
davomida quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
- ko‘rish trubasining okulyari aniq ko‘rinishga oson va bir tekis buralish orqali keltirilishi 
kerak;
- analizatorning buralishi va uning shkalasi barcha o‘lchash chegaralarida oson va bir tekis 
buralishi kerak;
- polyarizatorning xolatini boshqarish konstruksiyada ko‘rsatilganidek barcha o‘lchash 
masofasida oson va bir tekis o‘zgarishi kerak;
- hisob olinadigan okulyarning shkalasini yaxshi ko‘rinadigan xolatga keltirish oson va bir 
tekis buralish orqali keltirish kerak;
- kyuveta qo‘yiladigan bo‘limning qopqog‘i oson ochilishi va zich xolatda yopilishi kerak. 
3.2.2. Fotoelektrik polyarimetrning yorug‘lik manbaini to‘g‘ri yoki bir tekis yoritishini
tekshirish uchun diafragma oldiga oq rangli ekran qo‘yish va unda yoritilganlikni bir tekis 
taqsimlanishi aniqlanishi kerak;
- keyin oq ekranni kyuveta qo‘yiladigan joyga qo‘yib vizual xolda yoritilganlikni optik 
o‘qiga perpendikulyar xolda bir tekis taqsimlanishi aniqlanadi;
- polyarimetr okulyarining ko‘rish maydonini tekshirishda maydon chiziqlarini bo‘linishi 
yupqa, aniq va yaxshi ko‘rinadigan chiziq asosida va u ko‘rish maydonini aniq ikki bo‘lakka
ajratishi kerak va shu bilan birga har qanday xolatda ham ko‘rish maydoni aylana shaklida bo‘lishi 
kerak.
- polyarimetrning kyuveta qo‘yiladigan joyga ketma-ket har xil o‘lchamdagi bo‘sh 
kyuvetalarni qo‘yish moslamasi bilan qo‘yib borib undagi yoritilganlikni bir tekis ekanligi
tekshiriladi. 
3.2.3. Polyarimetrning o‘lchash oralig‘ini tekshirish uchun, kyuveta qo‘yiladigan joyga
polyarimetrik plastinka joylashtiriladi. Bunda qutblanish tekisligining burilish burchagi 
chegaraviy o‘lchash qiymatiga nisbatan 2
o
dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 

3.2.4. Analizatorning bir tekis buralishini bir vaqtning o‘zida o‘lchash diapazonini


tekshirish va shkalaning siljishini kuzatish orqali tekshiriladi. Analizatorning bir tekis buralishi 
shkala bilan birga bir tekis, pasportda ko‘rsatilgan tezlikda harakatlanishi kerak.
3.2.5. Hisob olinadigan shkalaning ko‘rinish sifatini barcha o‘lchash oraliqlarida vizual 
tekshirib chiqiladi. SHkalaning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tish analizatorni burash
orqali yoki kompensator orqali amalga oshiriladi. Fotoelektrik polyarimetr shkalasining ko‘rinish 
sifati analizatorni burash va uni kuzatish orqali, hamda kyuveta qo‘yiladigan joyga namunaviy
polyarimetrik plastinkalarni qo‘yish orqali o‘lchash chegarasi tekshiriladi. Bunda plastinkalarda 
ko‘rishni qiyinlashtiruvchi xiralik, qirilish va boshqa defektlar bo‘lmasligi kerak.



Polyarimetrning hisob olinadigan bo‘limi yorug‘ va ko‘rish qismi bir tekis yoritilgan


bo‘lishi hamda noniusning shtrixlari aniq ko‘rinadigan, hech qanday qirilish va kirlanishlar 
bo‘lmasligi kerak.
3.2.6. Polyarimetrning hisob oladigan moslamasini tekshirish uchun nonius bilan 
noniusning hisob oladigan nolinchi bo‘limini ustma-ust tushirish kerak. Bunda nonius
shkalasining oxirgi qiymati shkalaning ma’lum bir qiymati bilan aniq mos kelmasa, unda qiymat 
noniusning yarim qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda xatolik bilan olinadi. Optik mikrometr
o‘rnatilgan polyarimetrlarda esa to‘g‘ri va qaytgan tasvirlarni mos kelishi asosida mikrometrdan 
hisob olinadi.
Ikkala xolatda ham shkalani tekshirish uning uch xil nuqtalarida olib boriladi va xulosa 
qilinadi. SHkalaning har xil bo‘limlarini tekshirish uchun fotoelektrik polyarimetrlarda ularga
qutblanish tekisligining burilish burchagi har xil bo‘lgan polyarimetrik plastinkalarni o‘rnatish 
orqali aniqlanadi.
3.2.7. Analizatordan olinadigan hisoblarni to‘g‘riligi va qaytariluvchanligini shkalaning 
uchtadan kam bo‘lmagan har xil bo‘limlarida, shu bilan birga nol bo‘limda va barcha to‘lqin
uzunliklarida, ketma-ket qurilmaning kyuveta qo‘yiladigan joyiga har xil burilish burchagiga ega 
bo‘lgan polyarimetrik plastinkalarni o‘rnatish orqali aniqlanadi. Analizatordan olinadigan
hisoblarni to‘g‘riligi va qaytariluvchanligini texnik xujjatda ko‘rsatilgan qiymatlardan ko‘p 
bo‘lmasligi kerak.
3.2.8. Polyarimetrning sezgirligini tekshirish uchun uning ko‘rish maydonini yarim 
yorug‘ yarim qorong‘u ko‘rinishga keltirib tekshiriladi. Bunda analizatorni birinchi xolatiga
nisbatan besh xil bo‘lim qiymatlari uchun ya’ni qurilmaning sezgirligiga mos keluvchi qiymatlar 
orqali tekshiriladi. Bu qiymatlar aniq bir qurilmalar uchun aniq ko‘rinishda pasportda keltiriladi.
Agar analizator ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni o‘zgarishi aniq sezilsa, unda qurilmaning 
sezgirligi etarli hisoblanadi. Agar analizator ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni o‘zgarishi aniq
sezilmasa, unda qurilmani sozlash yoki yorug‘lik manbaini almashtirishga to‘g‘ri keladi.



Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin