termostatlangan xolatda temperatura o‘zgarishlarini hisobga olgan xolda ushlab turish kerak (3
3. Qiyoslashni o‘tkazish
Tashqi ko‘rik. P
olyarimetrni
tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagilar tekshiriladi:
3.1.1. Fotoelektrik polyarimetrning pasportida ko‘rsatilganiga bog‘liq
xolda barcha
qismlarini to‘liqligini tekshirish (qo‘shimcha qismlaridan tashqari);
- markirovkaning mavjudligi (qurilmaning tipi, ishlab chiqaruvchi korxonaning mahsulot
belgisi, qurilmaning tartib raqami);
- qurilmaning tashqi ko‘rinishida defektlarni yo‘qligini tekshirish;
- shisha kyuvetalarda dars ketishlar, qo‘pol qirilishlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish.
3.2. Sinab ko‘rish
3.2.1. Fotoelektrik polyarimetrning buraladigan va harakatlanadigan
qismlarini qiyoslash
davomida quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
- ko‘rish trubasining okulyari aniq ko‘rinishga oson va bir tekis buralish orqali keltirilishi
kerak;
- analizatorning buralishi va uning shkalasi barcha o‘lchash chegaralarida oson va bir tekis
buralishi kerak;
- polyarizatorning xolatini boshqarish konstruksiyada ko‘rsatilganidek barcha o‘lchash
masofasida oson va bir tekis o‘zgarishi kerak;
- hisob olinadigan okulyarning shkalasini yaxshi ko‘rinadigan xolatga keltirish oson va bir
tekis buralish orqali keltirish kerak;
- kyuveta qo‘yiladigan bo‘limning qopqog‘i oson ochilishi va zich xolatda yopilishi kerak.
3.2.2. Fotoelektrik polyarimetrning yorug‘lik manbaini to‘g‘ri yoki bir tekis yoritishini
tekshirish uchun diafragma oldiga oq rangli ekran qo‘yish va unda
yoritilganlikni bir tekis
taqsimlanishi aniqlanishi kerak;
- keyin oq ekranni kyuveta qo‘yiladigan joyga qo‘yib vizual xolda yoritilganlikni optik
o‘qiga perpendikulyar xolda bir tekis taqsimlanishi aniqlanadi;
- polyarimetr okulyarining ko‘rish maydonini tekshirishda maydon chiziqlarini bo‘linishi
yupqa, aniq va yaxshi ko‘rinadigan chiziq asosida va u ko‘rish maydonini aniq ikki bo‘lakka
ajratishi kerak va shu bilan birga har qanday xolatda ham ko‘rish maydoni aylana shaklida bo‘lishi
kerak.
- polyarimetrning kyuveta qo‘yiladigan joyga ketma-ket har xil o‘lchamdagi bo‘sh
kyuvetalarni qo‘yish moslamasi bilan qo‘yib borib undagi yoritilganlikni bir tekis ekanligi
tekshiriladi.
3.2.3. Polyarimetrning o‘lchash oralig‘ini
tekshirish uchun, kyuveta qo‘yiladigan joyga
polyarimetrik plastinka joylashtiriladi. Bunda qutblanish tekisligining burilish burchagi
chegaraviy o‘lchash qiymatiga nisbatan 2
o
dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
3.2.4. Analizatorning bir tekis buralishini bir vaqtning o‘zida o‘lchash diapazonini
tekshirish va shkalaning siljishini kuzatish orqali tekshiriladi. Analizatorning bir tekis buralishi
shkala bilan birga bir tekis, pasportda ko‘rsatilgan tezlikda harakatlanishi kerak.
3.2.5. Hisob olinadigan shkalaning ko‘rinish sifatini barcha o‘lchash oraliqlarida vizual
tekshirib chiqiladi. SHkalaning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tish analizatorni burash
orqali yoki kompensator orqali amalga oshiriladi. Fotoelektrik polyarimetr shkalasining ko‘rinish
sifati analizatorni burash va uni
kuzatish orqali, hamda kyuveta qo‘yiladigan joyga namunaviy
polyarimetrik plastinkalarni qo‘yish orqali o‘lchash chegarasi tekshiriladi. Bunda plastinkalarda
ko‘rishni qiyinlashtiruvchi xiralik, qirilish va boshqa defektlar bo‘lmasligi kerak.
Polyarimetrning hisob olinadigan bo‘limi yorug‘ va ko‘rish qismi bir tekis yoritilgan
bo‘lishi hamda noniusning shtrixlari aniq ko‘rinadigan, hech qanday qirilish va kirlanishlar
bo‘lmasligi kerak.
3.2.6. Polyarimetrning hisob oladigan moslamasini tekshirish
uchun nonius bilan
noniusning hisob oladigan nolinchi bo‘limini ustma-ust tushirish kerak. Bunda nonius
shkalasining oxirgi qiymati shkalaning ma’lum bir qiymati bilan aniq mos kelmasa, unda qiymat
noniusning yarim qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda xatolik bilan olinadi. Optik mikrometr
o‘rnatilgan polyarimetrlarda esa to‘g‘ri va qaytgan tasvirlarni mos kelishi asosida mikrometrdan
hisob olinadi.
Ikkala xolatda ham shkalani tekshirish uning uch xil nuqtalarida olib boriladi va xulosa
qilinadi. SHkalaning har xil bo‘limlarini tekshirish uchun fotoelektrik polyarimetrlarda ularga
qutblanish tekisligining burilish burchagi har xil bo‘lgan polyarimetrik plastinkalarni o‘rnatish
orqali aniqlanadi.
3.2.7. Analizatordan olinadigan hisoblarni to‘g‘riligi va qaytariluvchanligini shkalaning
uchtadan kam bo‘lmagan har xil bo‘limlarida, shu bilan birga nol bo‘limda va barcha to‘lqin
uzunliklarida, ketma-ket qurilmaning kyuveta qo‘yiladigan joyiga har xil burilish burchagiga ega
bo‘lgan polyarimetrik plastinkalarni o‘rnatish orqali aniqlanadi.
Analizatordan olinadigan
hisoblarni to‘g‘riligi va qaytariluvchanligini texnik xujjatda ko‘rsatilgan qiymatlardan ko‘p
bo‘lmasligi kerak.
3.2.8. Polyarimetrning sezgirligini tekshirish uchun uning ko‘rish maydonini yarim
yorug‘ yarim qorong‘u ko‘rinishga keltirib tekshiriladi. Bunda analizatorni birinchi xolatiga
nisbatan besh xil bo‘lim qiymatlari uchun ya’ni qurilmaning sezgirligiga mos keluvchi qiymatlar
orqali tekshiriladi. Bu qiymatlar aniq bir qurilmalar uchun aniq ko‘rinishda pasportda keltiriladi.
Agar analizator ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni o‘zgarishi aniq sezilsa, unda qurilmaning
sezgirligi etarli hisoblanadi. Agar analizator ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni o‘zgarishi aniq
sezilmasa, unda qurilmani sozlash yoki yorug‘lik manbaini almashtirishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: