S dan farq qilsa, unday vaqtda uning burilish burchagi o‘lchanayotgan haroratda quyidagi
namunaviy polyarimetrik plastinkalar yordamida, 3.3.1. va 3.3.2. punktlarda ko‘rsatilgan
talablar asosida aniqlanadi. Qurilmaning kyuveta qo‘yiladigan joyiga namunaviy polyarimetrik
plastinkalar joylashtiriladi va uni 2.2 punktda ko‘rsatilgan ko‘rinishda ushlab turiladi.
Qutblanish tekisligining burilish burchagini instruksiyada ko‘rsatilgan tarzda nol qiymatdan
kichikroq bo‘lgan beshta qiymatlarda o‘lchanadi. Keyin noldan kattaroq bo‘lgan beshta
qiymatlarda o‘lchanadi. O‘nta olingan eng katta va eng kichik o‘lchash qiymatlaridagi farq yo‘l
qo‘yishi mumkin bo‘lgan, qurilmaning pasportida ko‘rsatilgan xatolik darajasidan katta
bo‘lmasligi kerak.
3.3.5. Fotoelektrik polyarimetrning asosiy xatoligini namunaviy polyarimetrik plastinkalar
yordamida, 3.3.1. va 3.3.2. punktlarda ko‘rsatilgan talablar asosida aniqlanadi. Qurilmaga
namunaviy polyarimetrik plastinkalarni joylashtiriladi, uni 2.2 punktda ko‘rsatilgan ko‘rinishda
ushlab turiladi va plastinkaning burilish burchagini beshtadan kam bo‘lmagan qiymatlarda
o‘lchanadi. O‘lchangan qiymatlar (yoki o‘ziyozar qurilma yozgan qiymatlar) va guvohnomada
keltirilgan qutblanish tekisligining burilish burchagi qiymatlarining farqlari topiladi. Aniqlangan
qiymatlar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan texnik xujjatlarda ko‘rsatilgan chegaraviy xatolik
qiymatidan (aniq bir qurilma tipi uchun) katta bo‘lmasligi kerak.
3.3.6. Fotoelektrik polyarimetrning turg‘un xolatdagi to‘xtovsiz ishlash vaqtini davriy
ravishda belgilash asosida 30 minut davomida ishlatib qizdirilgandan keyin va qurilma
noniusining nol xolati pasportda ko‘rsatilgan usulda aniqlanadi. Qurilmaning nol xolati yo‘l
qo‘yilishishi mumkin bo‘lgan texnik xujjatlarda ko‘rsatilgan chegaraviy xatolik qiymatidan
oshmasligi kerak.
3.3.7 . Qurilmani qiyoslash bo‘yicha olingan natijalar maxsus bayonnoma shakliga
yoziladi va rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: