Toshkent Moliya instituti Moliya yo’nalishi sirtqi 2-mutaxassislik 4-kurs MM-51k-2 guruh talabasi Qodirov Dilshodning Sug’urta ishi fanidan yozgan.
NAZORAT ISHI
MAVZU:JAVOBGARLIK SUG’URTASI TURLARI. TOSHKENT 2022
MAVZU:JAVOBGARLIK SUG’URTASI TURLARI. REJA:
1. Javobgarlik sug‘urtasida sug‘urta ob'ekti va sub'ekti. Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashning zarurligi va asosiy shartlari va sug‘urta tarifi.
2. Kasbiy javobgarlikni sug‘urtasi haqida tushuncha. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzish.
3. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tarifini aniqlash va sug‘urta da'volarini ko‘rib chiqilishi.
Zarar yetkazish xavfi kuchayadi. Bu xavfning ro‘y berishi natijasida
yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini sug‘urta qilish mamlakatimizda o‘z rivojini topmoqda. Ana shunday javobgarlikni sug‘urta qilishning keng tarqalgan turlaridan biri – transport vositalari egalarining uchinchi shaxslarga zarar yetkazish fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashdir.
Ma'lumki transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi manbalardan biri hisoblanadi.
Trasport haydovchisi transport vositasini boshqarish jarayonida uchinchi shaxslarning muayyan manfaatlariga, sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
Yo‘l transport hodisasi natijasida zarar ko‘rgan shaxslar, ko‘p holatlarda aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G‘ayri qonuniy harakat tufayli yuridik yoki jismoniy shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti yoki mol-mulkiga yetkazilgan aybdor shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim. Qonun hujjatlarida zararni to‘lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin. Zarar yetkazgan shaxs agar zarar o‘z aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlasa zararni to‘lashdan ozod etilishi
mumkin.
Afsuski transport vositalari sonining ko‘payishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ya'ni, yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘payishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi yo‘l xarakat xavfsizligi boshqarmasining ma'lumotlariga qaraganda birgina 2020 yillarning 9 oyi mobaynida 1981 ta yo‘l transport hodisasi ro‘y bergan bo‘lib unda 150 kishi halok bo‘lgan1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashina hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994 yil 30 dekabrda qabul qilgan 632-sonli qaroriga (bu qarorga Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 27 noyabrdagi 413-son qarori bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan) muvofiq, 2015 yil 1 yanvardan boshlab transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilikning barcha shakllaridagi transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasiga jalb qilinadilar.
Ushbu fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasini joriy etilganligi yo‘l-transport ishtirokchilari manfaatlarini himoya etishga va ulrani ijtimoiy muhofaza etishga qaratilgandir.
Quyidagi jadvalda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha transport vositasi
birligidan bir yilda bir marta undiriladigan sug‘urta summasi hajmidan sug‘urta mukofotlari tariflari miqdorlari keltirilgan (1-jadval).
Yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni undirish uchun sug‘urta summalarining cheklangan miqdorlari:
mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun (har bir zarar yetkazilishi holati bo‘yicha) - O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;
o‘limga olib kelgan zararni qoplash uchun (har bir jabrlangan bo‘yicha) - eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida.
“Avtofuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi” bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Biz ushbu qonun loyihasida ko‘rsatilgan javobgarlik hajmini yanada oshirish maqsadga muvofiqdir.
Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan avtotransport vositalari haydovchilarining ancha qismi javobgarlikni sug‘urtalash bo‘yicha shartnomaga ega emas. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ko‘pgina avtotransport haydovchilarimiz sug‘urtani ikkinchi darajali keraksiz bir vosita sifatida tushunishadi. Xatto yo‘l avtotransport hodisalari ro‘y berganda sug‘urta tashkilotlariga murojat qilishni ham unutishadi.
Vaziyatning bunday salbiy holatda ekanligini shu bilan tushuntirish mumkinki, hanuzgacha bizda “Avtofuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” Qonun qabul qilinmagan. Biz ushbu qonunni qisqa muddatlarda qabul qilishni taklif etamiz.
Avtotransport haydovchilarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash ixtiyoriy tartibda ham o‘tkaziladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu sug‘urta turini amalga oshirish bir tomondan transport haydovchisi uchun ikkinchi tomondan esa yo‘l transport hodisasi natijasida zarar ko‘rgan jabrlanuvchi uchun ham katta ahamiyatga ega. Chunki transport haydovchisida jabrlanuvchiga moddiy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. Agar u uchinchi shaxslarga zarar keltirish javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomaga ega bo‘lsa sug‘urta qoplamasa sug‘urta tashkiloti tomonidan qoplanadi.
1-jadval