Iqtisodiy о‘sish tushunchasi va о‘lchanishi 13 Iqtisodiy о‘sish
13.2. Iqtisodiy о‘sishga omillari va tiplari Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli о‘sishi sur’atlarini, kо‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy о‘sish omillarideyiladi. Iqtisodiy о‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi:
Birinchi guruh omillari iqtisodiy о‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruh ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiritiladi:
tabiiy resurslar soni va sifati;
mehnat resurslari soni va sifati;
asosiy kapital hajmi;
texnologiyalar va ishlab chiqarishning tashkil etilganlik darajasi;
jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanish darajasi.
Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati kо‘proq yalpi talab bilan belgilansa, uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi kо‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy о‘sishni modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi.
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy о‘sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari (bilvosita omillari) kiritiladi:
bozorning monopollashuvi darajasining pasayishi;
iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
kredit-bank tizimi samaradorligi;
iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining о‘sishi;
eksport hajmining о‘sishi;
iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Agar о‘sish qо‘shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan о‘rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy о‘sish deb ataladi. Ekstensiv iqtisodiy о‘sish yangi korxonalar, yо‘llar, elektrostansiyalar qurish, yangi yerlarni о‘zlashtirish, mehnat va tabiiy resurslarni qо‘shimcha jalb etish kabilar hisobiga ta’minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma’lum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qо‘yadi.
YAIMning о‘sishi iqtisodiyotda band bо‘lganlar sonidan yuqori sur’atga ega bо‘lsa intensiv iqtisodiy о‘sish rо‘y beradi. “Iqtisodiy о‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga tо‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni kо‘zda tutadi. Bunday jarayonlar quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda;
xodimlar malakasini oshirishda;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”*
Iqtisodiy о‘sishning bu ikki tipi sof holda rо‘y bermaydi. Iqtisodiy о‘sish uni ta’minlashdagi ekstensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab kо‘proq ekstensiv, yoki kо‘proq intensiv bо‘lishi mumkin.