13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi reja: 1


Muxammad payg’ambar (a.s.) xayoti vafaoliyati



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix27.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#136649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi

2.Muxammad payg’ambar (a.s.) xayoti vafaoliyati
Islomda payg’ambar sifatida e’tirof 
etilgan, quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan bo’lgan Muhammad ibn Abdullo islom 
da’vatida tarqalishida va ta’limotini shakllantirishda yetakchi rol o’ynagan. 
Payg’ambar forscha so’z bo’lib, xabarchi, darakchi demakdir. Arabcha nabiy deyiladi. Rasul 
so’zi arabcha bo’lib, ma’nosi elchidir. Binobarin, payg’ambarlar ilohiy ta’limot va din aqidalarini 
o’z ummatlariga yetkazuvchi xabarchidir, Ollohning elchisidir. Payg’ambarlarning 
adadi 
Qur’on, Hadis va boshqa manbalarda qat’iy belgilanmagan. Ba’zi manbalarda ularning soni 124 
ming deyiladi. Qur’oni Karimda 25 nafar payg’ambarning nomi tilga olingan. Ular Odam, Idris, 
Nuh, Xut, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zi-l-Kifl, Yunus, Muso, 


Xorun, SHuayb, Ilyos, al-Yasa’, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammaddir. Islom 
ta’limotiga ko’ra barcha payg’ambarlarga barobar iymon keltiriladi. 
Tarixiy manbalardagi va Qur’on oyatlaridagi ayrim ishoralarga ko’ra, Muhammad 
payg’ambar 570

71 yilda Makkada tug’ilgan, yoshligida yetim qolgan, avval bobosi qo’lida, u 
vafot etgach, amakisi qo’lida tarbiyalangan, balog’atga yetgach, savdogarlar qo’lida xizmat qilgan. 
25 yoshida beva boy xotin Xadichaga uylangan va uning mablag’lari bilan mustaqil savdogarlik 
qila boshlagan. Savdo karvonlari bilan Suriya, Falastin va Mesopotamiyaning ayrim shaharlarida 
bo’lgan; u yerlardagi diniy e’tiqodlar bilan tanishgan, ruhoniylar bilan suhbat qilgan. U taxminan 
39-40 yoshlarga kirganda Makkada yakka xudo - Ollohga e’tiqod qilish to’g’risidagi targ’ibotni 
boshlagan. 
Diniy nazariyada islom Olloh yuborgan so’nggi mujassam din ekanligi, Qur’on 
Ollohning mo’’jiza kalomi bo’lib, Muhammad payg’ambarga vahiy tarzida tushgan, tilovati ibodat 
hisoblanuvchi kitob deb talqin qilingan. Ilk vahiy-diniy ta’limotga ko’ra ramazon oyining yigirma 
yettinchi kuniga o’tar kechasi, milodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o’tar 
kechasi boshlangan va 23 yil davom etgan. Vahiy tusha boshlagan tun “Laylatul qadr” deb atala 
boshlagan. Bu hodisa Qur’onning 97- “al-Qadr” surasida ifodalangan. Muhammad 
payg’ambar targ’iboti boshlangan dastlabki yillarda juda oz kishi uning izidan borgan. SHu bilan 
birga qurayshiylarning ummaviylar xonadoniga mansub bo’lgan va Makkada siyosiy hokimiyat 
tepasida turgan zodagonlar o’sha davrdayoq uning targ’ibotiga qarshilik ko’rsata boshlaganlar. 
Badaviylar ham uni avval boshqa qo’llab-quvvatlamaganlar. Makkada ahvoli jiddiylash-gach, 
Muhammad Makka hukmdorlari bilan raqobatlashib kelgan qabilalarning vakillari bilan 
muzokaralar olib borgan va 622 yili ularning yordamida Madinaga hijrat qilgan, keyin butunlay 
ko’chib ketgan. 
Musulmonlarning hijriy yili hisobi shu ko’chish arabcha “hijra” dan boshlangan. 
Makkadan ko’chib borganlar islom tarixida “muhojir” (ko’chib kelgan) lar, madinalik qabilalardan 
islomni qabul qilganlar esa “ansor” (yordamchi) lar deb nom olganlar. Oradan 2 yil o’tgach xat 
qilishga uning o’zi ham Makkaga kelgan. Bu haqda “Muhammadning nutqi” degan ma’lumot 
saqlangan.
 
Makka zodagonlari manfaatiga zid targ’ibot olib borgan Muhammadni ta’qib etish 
kuchaygan. Ayniqsa, o’zi ma’jusiy bo’lsa-da, unga homiylik qilgan amakisi Abu Tolibning 
vafotidan keyin Muhammad payg’ambarning hayoti xavf ostida qolgan. U o’ziga sodiq barcha 
kishilar bilan Hijozning shimolida joylashgan, uning davrida “Madina”, ya’ni shahar deb qayta 
nomlangan Yasrib shahriga ko’chib ketishga majbur bo’lgan. Qur’on oyatlarining mazmuniga 
qaraganda, bu ko’chish ancha vaqt davom etgan. Muhammad orqasidan odamlar birmuncha vaqt 
davomida guruh-guruh bo’lib kelib turganlar. Makkadan ko’chib kelganlarning ko’pchiligi-
muhojirlar deb tavsif-langan kambag’allar va nochor kishilar edi. SHuning uchun ham dastlabki 
davrlarda ansorlar ularga yordam ko’rsatganlar. 
Madina shahrida Muhammad targ’ibotini qo’llab-quvvatlagan va unga ergashgan muhojir 
va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (umma) vujudga kelgan. Bu jamoaga Madina 
arablarining a’zo bo’lib kirishi hijriydan keyingi yillarda davom etgan. Muhammad katta kuchga 
aylangan jamoaga rahbarlik qilar ekan, o’z tarafdorlariga rasul-Ollohning elchisi, odamlarga ilohiy 
yo’l-yo’riq va qonunlarni yetkazuvchi payg’ambar bo’lib tanila boshlagan. 
Muhammad boshchiligidagi Madina shahri arablari makkalik-larni ham islomga 
bo’ysundirishni, bu ikki shahar o’rtasidagi kelishmovchilikka chek qo’yishni asosiy 
maqsadlaridan biri qilib qo’ygan edilar. SHu munosabat bilan 624 yilda Badr quduqlari oldida, 
625 yilda Uxud tog’i etagida janglar bo’lgan. 


626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida Madina jamoasiga 
qarshi yirik safarga otlanishgan. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorlagan, shahar 
atrofiga chuqur handaqlar qazilgan va u yerlarga kamonchi o’qchilar joylashtirilgan. Ammo 
Madinani qamal qilish uzoqqa bormagan, chunki bosqinchilarning ko’pgina otlari handaqlarga 
tushib ketgan, qishning sovug’i, izg’irin shamoliga qamalchilar bardosh berolmadilar, aksincha, 
ularning o’zlari o’rtasida nizolar chiqa boshlagan. Madina qamalining bekor qilinishi, Madina 
jamoasini yanada jipslash-tirgan, unga yangidan-yangi badavlat qabilalar kelib qo’shilgan. 
Natijada musulmonlar jamoasi tez kengayib va kuchayib borgan, u yerda qabilalar birin-ketin 
islom dinini qabul qila boshlaganlar. Madinadagi musulmonlar jamoasi qisqa vaqt ichida kichik, 
lekin kuchli davlatga aylana borgan.Muhojir va ansorlar orasidan bir guruhi Muhammad 
payg’ambarga yaqin turar, uning maslahatchilari hisoblanar edi. Bular islom tarixida “sahobalar” 
yoki “ashoblar” deb nom olgan. 
628 yili musulmonlar jamoasi uchun ayniqsa muhim bo’lgan bir voqea yuz bergan. 
Muhammad hali ham Ka’bani muqaddas deb e’tirof etishini namoyish qilish maqsadida bir guruh 
musulmonlar bilan birga, barcha qabilalar hajga boradigan mavsumda Makkaga jo’nagan. Ammo 
uning kelishidan shubhaga tushgan ummaviylar Makkadan ancha narida-Xudaybiya vodiysida uni 
to’xtatganlar. Muzokaralar boshla-nib, o’rtada shartnoma tuzilgan. SHartnomaga asosan 
madinaliklarga kelasi yildan boshlab hajga kelishga ijozat berilgan. SHartnoma tuzilgan vaqtda 
Muhamad va uning hamrohlari orqaga qaytib ketishni, makkaliklar esa, o’z navbatida, kelasi 
yildan boshlab madinaliklarnin hajga kelishi uchun sharoit yaratib berishni o’z zimmalariga 
olganlar. SHunday qilib, “Xudaybiya sulhi” deb nom olgan bu hujjatda Makka zodagonlari 
Madina musulmonlar jamoa-sini mustaqil davlat sifatida birinchi marta e’tirof etishga majbur 
bo’lganlar. 
Bundan keyingi davr mobaynida Madina davlati yanada kuchaygan, atrofdagi arab 
qabilalariga qarshi yurishlar qilinib, ularning ko’pchiligi bo’ysundirilgan. Bu davlatning mavqei 
Makkaga nisbatan jiddiy ravishda kuchaya borgan. Natijada Makka zodagonlari Muhammad 
payg’ambar bilan kelishish yo’llarini izlay boshlaganlar. 
629 yil oxirlarida makkaliklar rahbari Abu Sufyon maxfiy ravishda Madinaga kelgan va 
Muhammad payg’ambar bilan muzokara olib borib, agar u Makkaning diniy markaz bo’lib 
qolishiga rozi bo’lsa, shaharni musulmonlarga jangsiz topshirishga rozi ekanligini bildirgan. 
Muhammad payg’ambar bunga rozi bo’lgan va o’rtada hufyona shartnoma tuzilgan. 
630 yil bahorida Madina qo’shinlari Makkaga yaqinlashganlar va hech qanday qarshiliksiz 
shaharga kirib borganlar. Zodagonlar Muhammad payg’ambarni peshvoz chiqib kutib olganlar. 
SHu vaqtdan boshlab u bilan Makka hukmronlari o’rtasidagi raqobat va qarama-qarshiliklar 
tugagan. Ular Muhammad payg’ambarning yaqin yordamchi-lariga aylanib, musulmonlar 
davlatida yuksak lavozimlarni egallay boshlaganlar. 
Markazlashgan xalifalik davlati vujudga kelgach, xalifalik tarkibiga kirgan yuzlab xalqlar 
va elatlarga arab tili va o’rta asr arab madaniyatini, islom qadriyatlarini yoyishga samarali harakat 
qilingan. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin