13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi reja: 1


Islomda mazxablarning paydo bo’lishi, ilk ixtiloflar



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix27.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#136649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi

3.Islomda mazxablarning paydo bo’lishi, ilk ixtiloflar
Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan 
so’ng musulmonlar jamoasi orasida ilk bo’linishlar yuzaga kela boshladi. CHunki musulmon 
jamoasiga endi kim boshchilik qiladi, degan masalada barchaning fikri bir xil emasdi. Bunga sabab 
Rasululloh tomonlaridan jamoaga keyingi rahbar kim bo’lishi ochiq-oydin aytilmaganida edi. 
Ammo Payg’ambarga «xalifa» (o’rinbosar) bo’lishga sahobiy Abu Bakr Siddiq uchun alohida 
«ishora» berilgani manbalarda qayd etilgan. Jumladan, Payg’ambar alayhis-salom vafotlari 
arafasida faqat Abu Bakr Siddiqning orqasida turib namoz o’qiganlari, o’zlari betob bo’lganlarida 


aynan Abu Bakrni musulmonlarga imom qilib tayinlaganlari mazkur «ishora» sifatida qabul 
qilingan edi. 
Xalifa Abu Bakr (632-634) va Umar ibn Xattob (634-644) rahbarligi davrida ixtiloflarga 
birmuncha barham berildi.
644 yilda xalifa Umar (r.a.) suiqasd natijasida halok bo’ladilar. SHundan so’ng, Usmon ibn 
Affon (r.a.) uchinchi xalifa etib saylanadilar. Usmon (r.a.) davrlarida xalifalikning turli yerlarida 
yangi musulmonlar orasida fitnalar qo’zg’ala boshlaydi. Fitnachilar hazrati Usmonni yuqori 
lavozimlarga o’z qarindoshlarini qo’yganda ayblab bosh ko’tarishadi. 
656 yili Basra, Kufa va Misrlik bir necha ming fitnachilar Madina atrofini o’rab olib bir qator 
talablarni qo’yadilar. Xalifa Usmon (r.a.) ularning barcha talablarini qondiradilar. SHunga 
qaramay, qo’zg’olonchilar “Usmon bizni o’ldirmoqchi bo’ldi”, deb yolg’on xabar tarqatadilar va 
halifaning uyiga bostirib kirib uni qatl etadilar. Aynan Usmon ibn Affonning (r.a.) o’ldirilishi 
keyingi bo’linishlar, ixtiloflar va fitnalarning boshlanishi bo’ldi. 
Musulmon davlatining to’rtinchi rahbari etib Rasululloh (s.a.v.)ning jiyanlari va kuyovlari 
bo’lgan Ali ibn Abu Tolib (r.a.) saylandilar. O’sha davrdagi qoidaga binoan xalifa Madinada 
saylanar, keyin esa boshqa hududlarning barchasi o’sha xalifaga bay’at berishi lozim edi. Xalifa 
Aliga Misr va SHom (Suriya) voliylari (hokimlari)dan tashqari barcha hudud ahli bay’at qiladi. 
Misr voliysi Amr ibn Oss (r.a.) va SHom amiri Muoviya ibn Abu Sufyon (r.a.)lar qarindoshlari 
Usmon ibn Affonning o’ldirilishidan qattiq qayg’uga tushdilar va uning qotillaridan qasos 
olinmaguncha yangi xalifaga bay’at qilmaslikka qaror qiladilar. 
Xalifa Ali (r.a.) esa davlat ichidagi nozik ijtimoiy-siyosiy vaziyatni inobatga olgan holda 
fitnachilarga nisbatan chora ko’rishni kechiktiradilar. SHu payt, Makkada Oisha (r.a.), Zubayr ibn 
Avvom (r.a.), Talxa ibn Ubaydulloh (r.a.)lar boshchiligida bir qator sahobalar qo’shin to’plab 
Usmon (r.a.)ning qotillaridan o’zlari qasos olishga qaror qilib, xalifa ruxsatisiz Basra va Kufaga 
yo’l oladilar. Bundan xabar topgan Xalifa Ali ularni bu ishdan qaytarish uchun yo’lga chiqadilar 
va Kufa shahri yaqinida ularga yetib olib muzokaralar o’tkazadilar. Natijada, ikki tomon 
kelishuvga erishib makkaliklar ortga qaytishga va bundan buyon xalifaning izmidan chiqmaslikka 
kelishadilar. Biroq, o’sha tuni bir guruh odamlar ikki tomonga ham hujum qilib hazrat Ali va 
makkaliklar qo’shinini urishtirib qo’yadi. Mazkur voqea tarix kitoblarida “Jamal voqeasi”, yoki 
“Jamal jangi” deb ataladi.
657 yilda Xalifa Ali va bay’at qilishni istamagan SHom (Suriya) hokimi Muoviya o’rtasida 
«Siffin» deb ataluvchi joyda jang bo’lib o’tadi. Bu voqea, islomdagi ilk bo’linishlarning 
boshlanishiga sabab bo’ldi. Musulmonlarning qoni to’kilishini istamagan ikkala taraf sulh tuzishga 
va xalifalik saylovini qaytadan o’tkazishga kelishib oldilar.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin