13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi reja: 1



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix27.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#136649
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi

«
Hadisi Rabboniy
»

«
Hadisi ilohiy
»
deb ham aytiladi. 
Uni Alloh taolo o’z nabiyiga ilhom berish, tushida ko’rsatib bildirish orqali xabar beradi, qudsiy 
hadisning martabasi Qur’oni karim bilan hadisi nabaviy o’rtasidadir; 
-
al-hadis an-nabaviy
(bunda ma’no ham, lafz ham Payg’ambarniki deb hisoblanadi). 
Ilk islom davrida hadislarning Qur’oni karim oyatlariga aralashib ketishi oldini olish uchun 
ularni yozish ta’qiqlangan edi. Qur’on oyatlarining aksar qismi nozil bo’lgandan so’ng hadislarni 
yozma qayd qilib borishga ijozat berilgan va ba’zi sahobalar tomonidan yozib borilgan.
Ilk hadis to’plami xalifa Umar ibn Abdulaziz ko’rsatmasiga binoan muhaddis Muhammad 
ibn SHihob Zuhriy (670-721) tomonidan yozilgan. SHu davrdan e’tiboran hadis to’plamlarini 
yozish odat tusiga kirib, boshqa olimlar ham bu ishni davom ettirdilar. 
Hijriy III – milodiy IX asr hadis ilmi tarixida oltin davr hisoblanadi. Bu davrda hadislarni 
ishonchli manbalarga asoslanib, maromiga yetkazib, ilmiy ravishda tartibga solish olimlar orasida 
eng sevimli hamda zaruriy mashg’ulot darajasigacha yetgan. SHuningdek, bu asrda to’plangan 
hadislar ilmiy nuqtai nazardan muayyan qonun-qoidalarga tayangan holda tartibga tushirilgan.
IX asr mavjud hadis to’plamlari qayta ishlangan holda ularni boblar bo’yicha tasnif qilib, 
musannaflar
yozish davri bo’ldi. Musannaflar tuzilishi mobaynida hadislar, asosan ularning 
isnodlari tanqidiy o’rganilib, 
sahih 
(ishonchli)lari 
hasan
va 
zaif 
(ishonchsiz)laridan ajratildi. Islom 
olamida shunday musannaflardan oltitasi XII – XIII asrlardan boshlab alohida e’tiborga molik deb 
sanala boshlandi. Faqat sahih hadislarni birinchi to’plagan kishi muhaddislar imomi nomi bilan 
mashhur bo’lgan Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (vaf. 870 y.) edi. U faqat sahih hadislarni 
jamlab, mavzularni boblarga ajratdi va o’z asarini «al-Jome’ al-musnad as-sahih al-muxtasar min 
umur Rasululloh (s.a.v.) va sunanihi va ayyamihi» (qisqacha «al-Jome’ as-sahih») deb nomladi. 
Imom Buxoriydan keyin bu ishni uning shogirdi Imom Muslim ibn Hajjoj Qushayriy (vaf. 875 y.) 
davom ettirdi. Mazkur muhaddislardan tashqari Imom Abu Dovud (vaf. 888 y.), Imom Abu Iso 
Termiziy (vaf. 892 y.), Imom Nasoiy (vaf. 916 y.), Imom Ibn Moja (vaf. 887 y.) kabi olimlar ham 
faoliyat yuritib, o’zlarining «Sunan» asarlarini yozib hadis ilmida o’chmas iz qoldirdilar.


Hadis ilmi taraqqiyotida ayollarning ham o’ziga xos o’rni bor. Hadislarni rivoyat qilgan 
roviylar haqida xabar beruvchi 
ilm ar-rijol
(
roviylar haqidagi ilm
) asarlarida bu sohada zikr etilgan 
hadis rivoyatchilari orasida ko’plab ayollar uchraydi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin