13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi reja: 1


Islom ta’limotida oila, er-xotin munosabatlari va ayollarga munosabat



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix27.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#136649
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi

5.Islom ta’limotida oila, er-xotin munosabatlari va ayollarga munosabat
(
Islomda er-
xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari) 
Dinimiz Islom ta’limotida oilaviy hayot 
muqaddas narsa hisoblanadi. CHunki, oila jamiyat binosining g’ishti, bir bo’lagidir. Agar binoning 
g’ishtlari sog’lom bo’lsa, bino ham mustahkam bo’ladi, aks holda bunday bino yemirilish va 
qulash xavfi ostida qoladi.
SHu bois ham dinimiz er va xotinning har biriga o’ziga xos huquqlar ato etib, ma’lum 
majburiyatlarni ham yuklagan. Mazkur huquqlarning ba’zilari er va xotin o’rtasida mushtarak 
bo’lsa, ba’zilari erga tegishli va yana ba’zilari xotinning o’ziga tegishli bo’lgan huquqlar 
hisoblanadi.
Islomda er va xotinlik aloqalari eng muqaddas insoniy aloqa ekan, mazkur aloqalar qay 
tarzda yo’lga qo’yilishi kerakligini ham bilishimiz va mazkur bilimga amal qilishimiz lozim. Er-
xotinning o’zaro munosabatlari qanday bo’lishi kerak? Er kimu, uning qanday majburiyatlari bor? 
Xotin kimu, uning qanday majburiyatlari bor? Ikkovining qanday oilaviy huquqlari bor? Bir-
birlariga munosabatlari qay tarzda bo’lishi kerak?
SHariatimizda shunga o’xshash savollarning barchasiga javob berilgan. Qur’oni karim 
oyatlari va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida bu masala atroflicha yoritilgan. 
Mujtahid ulamolarimiz mazkur oyat va hadislardan ko’plab hukmlarni chiqarganlar. Hamma 
hujjat va dalillarni to’plab o’rgangan ulamolarimiz erning xotindagi haqlarini quyidagicha bayon 
qilganlar:
Xotinning er zimmasidagi haqqi erning o’ziga ham, moliga ham tegishlidir. Xotinning eri 
zimmasidagi mahr va nafaqa singari moliyaviy va shaxsiy haqlari bor. Ular quyidagilar: 
1. Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va 
adolatli muomala qilinishidir.
Zero, Alloh taolo O’z kitobida: “ayollar bilan yaxshilik bilan 
umrguzaronlik qilinglar!”, deya amr etgan (Niso surasi: 19-oyat). Bu buyruq erning xotinga yaxshi 
muomalada bo’lishini, tabiatidagi ayrim noqisliklarga sabr qilishni, ba’zi xatolariga ko’z yumishni 
taqozo etadi. SHuningdek, bu buyruq ayolni tarbiyalash hamda unga dunyoyu oxiratda foydasi 
tegadigan narsalarni o’rgatib, ta’lim berishni ham lozim tutadi. Nabiy sollallohu alayhi va 
sallamning bir hadislarida: “mo’min er mo’mina xotindan nafratlanmasin, agar uning bir xulqini 
yomon ko’rsa, boshqa xulqi tufayli undan rozi bo’lib ketaveradi”, deyiladi (Imom Muslim 
rivoyati). Ya’ni, er xotining ayrim fe’lidan g’azablansa, oilani buzib yuborishga shoshilmaslik, 
shu tufayli xotinini yomon ko’rib qolmaslik lozimligi, balki, uning yaxshi odatlarini ham ko’z 
oldiga keltirib, shu bilan ko’nglini to’q qilib yurishi kerakligi kelib chiqadi. SHuningdek, Er 
xotiniga xushfe’l bo’lishi, u bilan yaxshi muomala qilishi, birga farovon hayot o’tkazishi, unga 
ozor yetkazmasligi kerak. Bu bilan Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga 
amal qilgan bo’ladi. Imom Termiziy rivoyat qilgan quyidagi hadisga quloq tutamiz: «Sizlarning 
eng yaxshilaringiz xotinlariga nisbatan yaxshilaringizdir». 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin