Gidroliz tuzni hosil qilgan kislota va asosning kuchiga qarab turlicha borishi mumkin. Har qanday tuzni asos bilan kislotaning o‘zaro ta’sirlashish mahsuloti deb qarash mumkin. Masalan, NaOH bilan HCI dan hosil bo‘lgan osh tuzi NaCI ni kuchli asos va kuchli kislotaning tuzi deb qarash kerak. Na2CO3 kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzdir. AI2S3 esa kuchsiz asos bilan kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzdir va xokazo. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlargina (masalan, KCI) gidrolizlanmaydi. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan, kuchsiz asos va kuchli kislotadan, shuningdek, kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar gidrolizlanadi.

Gidrolizning sababi shundaki, tuzning kation va anionlari suvdagi Н+ va OН – ionlarini bog‘lab kam dissotsilanadigan moddalar hosil qilishi tufayli Н2O = Н+ + OН – muvozanatni o‘ng tomonga siljitadi. Masalan, kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuzlar eritmada gidrolizlanmaydi, chunki bu holda suvning ionlari bog‘lanmaydi.

Tuzlar gidrolizining tipik xollari quyidagilardan iborat:
1. kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuz
gidrolizlanganda eritma ishkoriy muhitni ko‘rsatadi, masalan: