13-mavzu. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligiga umumiy talablar. Reja



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix10.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#139246
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13 mavzu Yong‘in xavfsizligi asoslari Yong‘in xavfsizligiga um

N
0
=T
0
´
S
,
(19.8.)
bu yerda S-ishlab chiqarish xonasining yuzi, m
2
; T
0
-1 m
2
maydonga norma bо‘yicha
belgilangan о‘t о‘chirgichlar soni.
Bu kо‘rsatkich moddiylar ombori, garajlar, chorvachilik binolari, bug‘- xonalar,
tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m
2
maydonga 1 ta, elektr payvandlash
sexlari, temirchilik sexlari, labaratoriyalar uchun 50 m
2
maydonga 2 ta qilib qabul qilinadi.
О‘t о‘chirish qurilmalari yong‘inni boshlang‘ich fazada tо‘lik bartaraf etish va yong‘in
bо‘linmalari kelguncha yong‘in tarqalishini cheklash maqsadida ishlatiladi. Ular statsionar,


yarim statsionar va kо‘chma bо‘ladi. О‘t о‘chirgichlarning turi va tarkibiga kо‘ra suvli,
bо‘g‘li, gazli (uglekislota), aerozol (galoiduglevodorod), suyuqlikli va ku kun li bо‘ladi.
Bundan tashqari о‘t о‘chirishda ATS-30(66), ATS-40(131 ), ATS-40(130 YE)
markali mashinalar va MP-600, MP-900, BMP-1600 markali motopompalardan ham
keng foydalaniladi.
6.Yong‘in muhofazasini tashkil etish va yong‘inni o‘chirish.
Yong‘inni о‘chirishda professional va kо‘ngilli о‘t о‘chirish jamiyatlari
faoliyat kо‘rsatadi.
Tashkilotlar, korxonalar va tashkilotlarda yong‘in muhofazasini tashkillashtirish
va obyektlarning yong‘inga qarshi holatini ta’minlash ushbu tashkilotlarning
rahbarlariga yuklatiladi.Ular har bir ishlab chiqarish bо‘limi uchun buyruq bilan
javobgar shaxsni belgilashlari va ularning ishini nazorat qilib borishlari zarur.
Yong‘inni aniqlash va о‘chirishning avtomat vositalari.
Yong‘inni aniqlashni
avtomat vositalari (YOAAV) va yong‘inni о‘chirishni avtomat vositalari (YOО‘AV),
agar yong‘in tashkilotning barcha ishlariga ta’sir etishi hamda katta moddiy zarar
keltirishi mumkin bо‘lgan hollarda kо‘llaniladi. Bunday obyektlarga energetik
«qurilmalar, markaziy gaz stansiyalari, yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar
stansiyalari, xom-ashyo omborlari va yoqilg‘i materiallarini solishtirma sarfi 100
kg/m
2
dan ortiq bо‘lgan binolar kiradi.
Yong‘inni avtomat о‘chirish qurilmalari foydalaniladigan о‘t о‘chirish
moddalarining turiga bog‘liq holda suv bilan о‘chiruvchi, suv-kо‘pikli, havo-kо‘pikli,
gazli) uglerod ikki oksidi, azot va yonmaydigan gazlar), ku kun li va
kombinatsiyalashgan turlarga bо‘linadi. Bu qurilmalar harakatga kelish vaqtiga qarab esa
quyidagilarga bо‘linadi: о‘ta tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 1
sekunddan ortiq emas), tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 30 sekund),
о‘rta inersiyali (harakatga kelish vaqti 31-50 sekund), inersiyali (harakatga kelish
vaqti 60 sekunddan yuqori). Ularning ish vaqtini davomiyligiga bog‘liq holda qisqa va
ta’sir etuvchi (15 minutgacha), о‘rta davomiylikda ( 15-30 min) va uzoq vaqt ishlovchi
(30 min dan ortiq) turlarga bо‘linadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin