16.Java - kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun môljallangan dastur yozuvchi til. 17.Php - dinamik web saytlar yaratish uchun môljallangan til. 18.IDE(integrated Development Environment) - integrallashganbdasturlash muhiti. 19.Skaner- (inglizcha: scanner, scan - "koʼrib chiqmoqʼʼ , ʼʼqarab chiqmoqʼʼ) tekis yuzali obyektni (masalan, qogʼoz ) raqamli formatga (mashina oʼqiydigan shaklga ) oʼtkazuvchi moslamadir. 20.Algoritm - maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur ) - bir aloqali rôyxat. 21. 10 Mbps - 10 Megabit soniyaga. Ethernet tarmog‘ida uzatish tezligi.
22.100 Mbps - 100 Megabit soniyaga. Fast Ethernet va FDDI tarmoqlarida uzatish tezligi.
23.100Base-FX -Optik kabel asosli uzatish tezligi 100 Megabit soniyaga bo‘lgan Ethernet tarmoqlari uchun IEEE 802.3us spetsifikatsiyasi.
24. 100Base-T - Burama juft («o‘rama juft») asosidagi ekranlanmagan kabel asosida uzatish tezligi 100 Megabit/soniya bo‘lgan Ethernet tarmoqlari uchun IEEE 802.3us spetsifikatsiyasi.
25. 10Base-2 IEEE 802.3 Ethernet standartini ingichka koaksal kabeldan foydalanib amalga oshirish. Shuningdek Thinnet deb ham ataladi.
26. Akkaunt - So‘zma-so‘z tarjimasi - “qayd yozuvi”. Kompyuterda saqlaniladigan foydalanuvchi tavsifi. Odatda u foydalanuvchining tarmoqdagi nomi, haqiqiy nom, parol, foydalanuvchi huquqlari va uy katalogining nomi (agarda u bor bo‘lsa)dan tarkib topgan.
27. Banner -Veb-sahifadagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining Veb-saytiga yoki mahsulot yohud xizmat turi atroflicha bayon qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat. Bannerlar tashrifchilarni jalb etish uchun, imidjni shakllantirish yoki shu resursni siljitish uchun turli Internet – resurslarda joylashtiriladi.
28. Brauzer - 1. Gipermatnni o‘qish, veb-resurslarda navigatsiyalash va ko‘rib chiqish dasturi. Veb-brauzeri gipermatnlarni o‘qishdan tashqari, tovushni va video ma’lumotlarni qaytadan chiqarish, ya’ni, gipermediani qayta chiqarish, tarmoqning boshqa kompyuterlari bilan ulanishni o‘rnatish va ularda ishlayotgan serverlarga veb-hujjatlarga so‘rovlarni yuborish, tarmoqni boshqa foydalanuvchilari bilan muloqat tashkil qilish va uni quvvatlash kabi qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Eng ommaviy tarqalgan veb-brauzerlar — Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator.
2. Obyektga-yo‘naltirilgan dasturiy tizimlarda sinfiy shajarani tahlil qilish uchun ishlatiladigan vosita.
29. Kibermakon -Bu tushuncha yozuvchi Uilyam Gibson tomonidan 1984 yili «Cyberspace» («Kibermakon») deb nomlangan trilogiyaning birinchi romani «Neuromacer» («Neyromant») chop etilishi bilan bog‘liq va amerikaliklar hayotidan kirib kelgan. U, dunyoni barcha kompyuterlaridagi elektron ma’lumotlar aylanib yuradigan virtual makonni ta’riflab beradi.
30. Moderator - 1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi yetakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo‘lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo‘lganda ishtirokchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rishi mumkin – tartibbuzarlarni ogohlantirishdan tortib ma’lum xabarlarni o‘chirish yoki hatto ba’zi foydalanuvchilar uchun erkin foydalanishni man etishgacha. 2. Kataloglarda moderator –u yoki bu mavzu bo‘limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo‘limining mosligini tekshirib turadi. Ba’zan (agarda bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo‘lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi.