13th-TECH-FEST-2023
International Multidisciplinary Conference
Hosted from Manchester, England
https://conferencea.org 25
th
April 2023
99
KAYKOVUSNING “QOBUSNOMA” ASARNING TA’LIMIY-TARBIYAVIY
AHAMIYATI
Xazratkulova
Shoira Noraliyevna
Termiz davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Abdiraxmonov Shahobiddin Xayrulla o‘g‘li
Termiz davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada farzand tarbiyasi haqida, farzandning ota-ona oldidagi vazifalari, ota-onaning
farzandga beradigan nasihatlari to’g’risida fikr yuritish.
Kalit so’zlar:
ta'lim, tarbiya, rostgo'ylik, mehmondo'stlik, do'stlik, mutafakkirlar fikrlari .
Bugungi kunda yoshlarimizga, ta’lim-tarbiyaga alohida e’tibor berilmoqda. Yosh avlodning
komil,yetuk inson bo’lib yetishishida ta’lim va tarbiyaga alohida o’rin egalladi. Buyuk alloma
Abdulla Avloniy tarbiya haqida shunday deydi: “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo
najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir”[1].
Hozirgi kunda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda
allomalarimiz asarlaridan, o’gitlaridan
foydalanmoqdamiz. Tarbiya bilan ta’limni qushning ikki qanotiga o’xshatamiz. Agar insonda
tarbiya bo’lmasa, ta’limni ham shaklllantirib bo’lmaydi[4].
Farzandlarga tarbiya ona qornidaligidan beriladi. Ota-onalar farzandini tug’ilganidan oq
yuvib,
oq tarab, birovdan kam bo’lmasin deb o’stiradi. Ularning tarbiyasiga
katta ahamiyat
beriladi. Bu borada azaldan ajdodlarimiz o’z
asarlarida tarbiyalash, ta’lim berish yo’llarini,
usullarini tavsiya qilib boradi[5].
Bunga misol Kaykovusning “Qobusnoma” asarini olsak bo’ladi.
Ushbu asar Sharqiy va
Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta’limiy asar hisoblanadi. Bu asarni
muallif o’g’liga atab yozgan. ”Qobusnoma”da tarbiya, ta’lim, rosygo’ylik, do’stlik
haqida
nasihatlar berilgan. Muallif o’g’lini ertangi kun kelajagini o’ylab ushbu asarni yozib, undagi
nasihatlarga amal qilishga undaydi[16]. Asarning asosiy qismini Qun’oni
Karim suralari,
payg’ambarlarimiz hadislaridan tashkil topgan asar hisoblanadi. Asar 44 bobdan iborat. Har
bir bobda farzandlarni komil inson qilib tarbiyalashda zarur bo’ladigan
nasihatlar
keltirilgan[6].