Mezodermaning hosil boiishi
Gastrulyasiya jarayonida embrionning uchinchi qavati yoki mezoderma ham hosil qiladi (mesos - o’rta). Umuman, ko’p hujayrah hayvonlar embrion varag’ining soniga qarab, ikki guruhga bo’linadi:
1. Ikki qavatli hayvonlar, bularga bulutlar, kovakichlilar, taroqlilar kiradi.
2. Uch qavatli hayvonlar, bularga yassi, yumaloq chuvalchanglar va ulardan keyingi hamma tip vakillari kiradi.
Yuksak tuzilgan ba'zi hayvonlarda mezoderma boshqa qavatlar bilan bir vaqtda hosil bo’ladi. Ba'zilarida esa ekto va entodermadan keyin hosil bo’ladi. Shuning uchun ham oldin paydo bo’ladigan ektoderma va entoderma embrionning birlamchi varaqlari deb ataladi. Keyinroq hosil bo’ladigan mezoderma esa embrionning ikkilamchi varag’i deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |