Yosh grammatiklar maktabi qarashlari
XIX asrning oxirgi choragida qiyosiy-tarixiy tilshunoslikda bir guruh yosh
tilshunoslarning ―Yosh grammatiklar‖ deb atalgan yangi bir oqimi paydo bo‘ldi
va ular keksa avlod tilshunoslarini tanqid qila boshladilar. Ular klassik va bobo
tillarni o‘rganishni tanqid qilib, ya‘ni til tarixini tan olmasdan, jonli tillarni
o‘rganishga chaqirdilar. A.Leskin (1840-1915), K.Brugman (1849-1919), G.Ostgof
(18421907), G. Paul (1846-1921), B.Delbryuk (1842-1912) kabi Leypsig
universiteti olimlari, shuningdek, F. de Sossyur (1857-1913), F.F.Fortunatov
(1848-1914), V.Tomson (18421927) singari mashhur tilshunoslar ham yosh
grammatiklarga biroz yondashganlar. Yosh grammatiklar fikricha, til individual
psixofiziologik faoliyat, tildagi barcha o‘zgarishlar ayrim shaxslarning kundalik
nutq faoliyatida vujudga keladi.
Yosh grammatikachilar tilning ikki xil faoliyati borligini uqtirar edilar. Bulardan
biri tilning yakka (individual) faoliyati bo‘lib, u tilda paydo bo‘ladigan yangi
hodisalarning analogiyaga asoslanishidan iboratdir. Analogiya (o‘xshashlik) esa
assotsiatsiya (uyushma) orqali yuz beradigan psixik hodisalardan kelib chiqadi.
Tilning ikkinchi tomoni - bu tilning fiziologik faoliyati va uni tildagi fonetik
o‘zgarishlarda ko‘rinishidir. Shuning uchun yosh grammatikachilar tilshunoslikda
yangi fonetik qonunlarni kashf qilish va tasvirlashga katta e‘tibor berganlar. Yosh
grammatikachilar til hodisalarini chuqur va mukammal o‘rganish uchun tildagi
ayrim hodisalarni boshqa jarayonlardan ajralgan holda o‘rganishni tavsiya
qilganlar. Shuning uchun ham ularning ta‘limotida ―atomizm‖ degan atama
ishlatilgan.
Yosh grammatikachilar hind-yevropa tillari sohasida, ayniqsa, fonetika sohasida
katta kashfiyotlar qilishdi. Ular aniq tillarning tarixiy fonetikasi va grammatikasida
hamda dialektologik tadqiqotlarda o‘z ta‘sirini ko‘rsatib kelgan. Yosh
grammatikachilarning fikricha, Hind-Yevropa tillarining naturalistik va mantiqiy
tadqiqida juda ko‘p tillararo hodisalar o‘rganilgan, ammo so‘zlovchiga - inson
omiliga e‘tibor kam berilgan. Yosh grammatiklar to‘garagi faoliyati orqali qiyosiy-
tarixiy tahlil metodlari, funksional-semantik grammatikaning muammolari
o‘rganildi. Tilni nafaqat individual psixologik, balki, madaniy-tarixiy jarayon
ekanligiga aniqlik kiritildi.
Dostları ilə paylaş: |