Yevropada uyg‘onish davridagi tilshunoslik
XV asrdan XVII asrning boshlarigacha bo‘lgan davr G‘arbiy Yevropada
uyg‘onish (renessans) davri deb ataladi. Bu davrga kelib, arman, fors, o‘zbek,
hungar, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, rus, ukrain, portugal,
nemis, polyak, chex, auten, meksika tillari rivojlana boshlagan edi. XV-XVI
asrlarda Yevropaliklar Shimoliy Amerika, Hindistondagi qator tillar, chunonchi,
indoneziya, xitoy, arab, fors, turk, manchjur tillari bilan tanishdilar. Olingan
ma‘lumotlar asosida fan olamiga ma‘lum bo‘lgan barcha tillarning kartotekalari
tuzildi va tillar klassifikatsiya qilindi.
Bu davrda ham antik davr adabiyotlarini, lotin va grek tillarini o‘rganish davom
ettirildi. Jyul sezar Skaliger ―Lotin tili asarlari haqida‖ (1540), R. Stefanus
―Lotin tili xazinasi‖(1553), G. Stefanus ―Grek tili xazinasi‖ asarlarini yaratdi.
Ayni vaqtda semit tillari, Yevropa xalqlari tillari grammatikasiga oid asarlar
yaratila boshlandi. Jumladan, Uollsning ―Ingliz tili grammatikasi (1653)‖, Eduard
Rudolfning ―Rossiyskaya grammatika‖si (1696) dunyoga keldi, fransuz, italyan
tillaridan lug‘atlar nashr qilindi. Fransuz gumanisti G.Kastelleusning ―Tillarning
qarindoshligi haqida (1593)‖ nomli traktati yozildi. Yustus Skaliger (1540-1609)
tillar tasnifi bilan shug‘ullanib, Yevropa tillarini 11 ta asosiy tilga ajratdi va
ulardan 4 tasini ―Til onalari‖ (materi-yazbiki) deb atadi.
Qayd etilganidek, bu davrda tillarni o‘rganish asosida ko‘p tomli lug‘atlar dunyoga
keldi. Jumladan, Pyotr Simon Pallasning 1786 -1791 yillarda Peterburgda chop
etilgan ―Barcha tillar va shevalarning qiyosiy lug‘ati‖ 4 tilli lug‘atida Osiyo,
Yevropa, Afrika, Amerikadagi 272 tilga oid ma‘lumotlar, ispaniyalik Lorenso
Gervasning 1800 -1804- yillarda Madridda chop etilgan ―Ma‘lum xalqlar
tillarining katalogi‖da 307 tilga oid, nemis olimlari I.K.Adelung va I.S.
Faterlarning ―Mitridat yoki umumiy tilshunoslik‖ lug‘atida 500 tilga oid
ma‘lumotlar keltirilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Demak, uyg‘onish davrida
juda ko‘p jonli tillar - ispan, fransuz, venger, ingliz, polyak, chex, niderland
tillarining normativ grammatikalari va lug‘atlar yuzaga keldi.
Biroq lotin tili grammatikasi umumiy grammatika sifatida tan olinib,
Yevropadagi jonli tillarning grammatikasiga tadbiq qilindi. Bu tilni o‘rganishni
mantiqiy tafakkur qoidalarini bilishning asosi, barcha tillardagi grammatik
kategoriyalarni esa umumiy mantiqiy kategoriyalarning namoyon bo‘lishi sifatida
tushunish kuchaydi. Mantiqiy grammatika yaratish g‘oyasi asosida 1660 yilda Parij
yaqinidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Antuan Arno va
fransuz tilshunosi Klod Lanslo tomonidan ―Umumiy ratsional grammatika‖
yaratildi. Por-Royal grammatikasi nomi bilan shuhrat qozongan, qadimgi yunon,
yahudiy, lotin va fransuz tillari materiallari asosida yaratilgan ushbu asar o‘z
oldiga barcha tillarga xos umumiy prinsiplar va farqlarning sabablarini aniqlash
vazifasini qo‘yadi.
Por-Royal grammatikasi 2 qism: fonetika va grammatika qismlaridan iborat bo‘lib,
1- qismning 6 ta bobi tovush va harf, urg‘u va bo‘g‘in masalalariga, oxirgi bobi har
qanday tipdagi tillarning o‘qitish metodiga (uslubiga) bag‘ishlangan. Kitobning
2qismi 24 ta bobdan iborat bo‘lib, shulardan 23ta bobi morfologiyaning savol va
muammolariga hamda sintaksis yoki so‘zlarning tipologik tuzilishi -
konstruksiyalari hamda o‘zaro birlashishi haqidadir. Ushbu grammatika ―Aql
asoslariga qurilgan va aniq hamda tabiiy usulda bayon qilingan gapirish san‘atini
asoslab beradigan umumiy grammatika‖, ya‘ni universal grammatika deb ataldi.
1675-yilda A.Arno va P.
Nikollarning ―Mantiq yoki fikrlash madaniyati‖ degan asari ham yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |