14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi



Yüklə 348,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix06.01.2022
ölçüsü348,69 Kb.
#113703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14 ma'ruza

XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi 

XIX  asrning  boshlariga  kelib,  tilshunoslikka  alohida  fan  sifatida  qarash 

g‘oyasi qat‘iy tus oldi. Ushbu asrning 1-choragida turli tillar haqida dalillar yig‘ish, 

to‘plangan  ma‘lumotlarni  qiyosiy-tarixiy  nuqtai  nazardan  tahlil  qilish  avj  oldi. 

Olimlar  ancha  oldin  ayrim  tillar  o‘rtasida  o‘xshashlik  borligiga  e‘tibor  qaratgan 

bo‘lsalar-da,  ushbu  o‘xshashliklarning  asl  sababalari  ilmiy  jihatdan  yoritilmagan 

edi.  Aynan  XIX  asrga  kelib,  deyarli  bir  vaqtda  turli  mamlakatdardagi  tilshunoslar 

tillar  o‘rtasidagi  sistematik  o‘xshashlikni  ular  o‘rtasidagi  qarindoshlik  aloqalari, 

ya‘ni tillar bir umumiy bobotildan kelib chiqqanligi, keyinchalik esa ularning har 

biri  mustaqil  rivojlanganligi  bilangina  tushuntirish  mumkin,  degan  xulosaga 

keldilar.  Bunga  tilni  tarixiylik  jihatidan  o‘rganish,  xususan,  jonli  tillarning 

o‘tmishini o‘rganish, sanskrit bilan yaqindan tanishish katta turtki bo‘ldi.  

Tillarni  tarixiy  jihatdan  o‘rganish  va  qiyosiy-tarixiy  tilshunoslikning  maydonga 

kelishida  ingliz  sharqshunosi  va  huquqshunosi  Vilyam  Jonsning  (1746-1794) 

sanskrit tili bilan  yunon va  lotin tillari  o‘rtasida  yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, 

nemis  olimi  Fridrix  Shlegel  (1772-1829)  tomonidan  yaratilgan  ―Hindlarning  tili 

va donoligi‖ asari zamin bo‘lib xizmat qildi. Ushbu asarda sanskrit tilining nafaqat 




lug‘at tarkibi jihatidan, balki grammatik tuzilishi jihatidan ham lotin, grek, german 

va fors tillariga qarindosh ekanligi, ularning bir umumiy asosdan kelib chiqqanligi 

qayd etilgan edi. Bu juda ko‘p jonli va qadimiy tillarni tarixiy va qiyosiy jihatdan 

o‘rganilishiga  va qiyosiy-tarixiy metodning  yaratilishiga, ayni paytda  tilshunoslik 

fanining  ham  tarixiy,  ham  ilmiytarixiy  nuqtai  nazardan  mustahkam  asosga  ega 

bo‘lishiga olib keldi.  

Qiyosiy-tarixiy  metod  o‘z  oldiga  qarindosh  tillarni  qiyoslash  orqali  o‘rganish 

hamda u yoki bu tilning tarixini, unda yuz bergan o‘zgarishlarni, til taraqqiyotidagi 

qonuniyatlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish vazifalarini qo‘yadi. Ushbu metodning 

yaratilishida 

Frans 

Bopp, 


Rasmus 

Rask, 


Yakob 

Grimm, 


Aleksandr 

Vostokovlarning  xizmatlari  nihoyatda  katta  bo‘ldi.  Ularning  ijodiy  izlanishlari 

natijasida  Hind-Yevropa  tillari  deyarli  to‘liq  o‘rganildi.  Bu  jarayon  4  davrga 

bo‘linadi:  




Yüklə 348,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin