1.
Qiyosiy-tarixiy metod yaratilishidan to yosh grammatiklar maktabigacha
bo‘lgan davr (XIX asrning 1-choragi).
2.
Yosh grammatiklar maktabi davri (1870-1890).
3.
Yosh grammatiklardan F. De Sossyurgacha bo‘lgan davr.
4.
Sossyur ta‘limotidan bugungi kungacha bo‘lgan davr.
Birinchi davrning o‘zi 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda qiyosiy- tarixiy
metod yaratilgan bo‘lsa, 2-bosqichda umumiy tilshunoslik faniga asos solindi.
XVII asr tilshunoslari ratsionistlaming ―aql inson faoliyatida yetakchi rol
o‘ynaydi‖, degan fikrini olib, uni tilga tadbiq qilganlar, ya‘ni aqlga, mantiqqa
aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo‘llaganlar. Shuning uchun Por-
Royal tadqiqotchilari tadqiqot ishlarini fransuz tilini tavsiflashdan boshlagan
bo‘lsalar ham, o‘z fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi yahudiy tili
dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida ―ratsional va
―universal grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy,
mantiqiy grammatika deb ham yuritilgan. Ularning fikricha, gap mantig‘ida
universal grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud.
Birinchi bosqichning asosiy namoyondaiari:
Frans Bopp (1791-1867) - buyuk nemis tilshunosi, Berlin un-ti professori, qiyosiy-
tarixiy metod asoschisi. Asarlari: ―Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni
grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash‖ (1816),
―Sanskrit, zend, arman, grek, lotin, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy
grammatikasi‖ (3 tom, 1833-1852).
F.Bopp tillarning morfologiyasini qiyoslash asosida qarindoshligini isbotlashga
harakat qilgan, hind-yevropa tillari atamasini olib kirgan. U yaratgan
aggiyutinatsiya nazariyasiga ko‘ra, so‘z o‘zartiruvchilar ilgari mustaqil qo‘llanib
kelgan
o‘zaklaming
keyinchalik
asosiy
o‘zakka
birikishidan,
ya‘ni
agglyutinatsiyasidan kelib chiqadi. Masalan, shaxs-son affikslari olmosh
o‘zaklaridan kelib chiqqan. Biroq u fonetikaga e‘tibor qaratmadi, malay,
polineziya va janubiy kavkaz tillarini ham Hind-Yevropa tillariga kiritib jiddiy
xatoga yo‘l qo‘ydi.
Rasmus Xristian Rask (1787-1832) - daniyalik tilshunos, Asarlari: ―Island tili
bo‘yicha qo‘llanma‖ (1811), ―Island tilining kelib chiqishi‖ (1818), ―Frakiy tili
haqida‖ (1822). Tillarni leksik jihatdan qiyosladi, germanistikaga asos soldi,
slavyan tillari mustaqil tarmoq ekanligini isbotladi.
Yakob Grimm (1785-1863) - nemis tilshunosi. Asarlari: ―Nemis grammatikasi ‖
(4 tom, 1819-1837), ―Nemis tili tarixi‖ (1848). U german tillarining tarixiy
fonetikasini yaratdi, tildagi o‘zgarish va taraqqiyotni tovushlarning o‘zgarishida
ko‘rdi, jumladan, buyuk ko‘chish qonuni asosida undoshlarning siljiganini isbotlab
berdi. Xalq tarixini o‘rganishda tilning taraqqiyotini asosiy deb bildi. Tilshunoslik
metodologiyasiga
tarixiylik
tushunchasini
kiritgani
uchun
u
tarixiy
grammatikaning asoschisi hisoblanadi.
―Nemis tili tarixi‖ asarida: ―Bizning tilimiz bizning tariximizdir. Xalqlar haqida
suyaklar, qurollar va mozorlarga qaraganda jonliroq bo‘lgan guvoh bor. Bu -
ularning tilidir. Til - inson ruhining guvohidir‖, - deb yozgan edi.
Aleksandr Xristoforoyich Vostokov (1781-1864) - rus tilshunosi. Asarlari:
―Slavyan tili haqida mulohazalar‖ (1820), ―Rus grammatikasi‖ (1831),
―Rumyansev muzeyidagi rus va slavyan qo‘lyozmalarining tasviri‖, ―Cherkov
slavyan tili lug‘ati‖ (1858-1861). U slavyan tillari tarixiy taraqqiyotini
davrlashtirgan, shu oilaga mansub tillarni tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rganishni
boshlab bergan olimdir.
Xulosa qilib aytganda, bu davrda ijod qilgan olimlar juda katta amaliy ish
bajardilar. R. Rask skandinaviya tillarini, F. Bopp Yevropa tillari va qadimgi hind
tilini, Ya. Grimm esa got-german tillarini tadqiq qilib, bu tillarning yagona oilaga
mansubligini o‘rganadi. Ushbu olimlar olib borgan tadqiqotlar kamparativistika -
qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishiga va tilshunoslik fanini mustaqil
fan sifatida shakllanishiga zamin yaratdi.
Dostları ilə paylaş: |