14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


Vilgelm fon Gumboldt - umumiy tilshunoslikning asoschisi



Yüklə 348,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix06.01.2022
ölçüsü348,69 Kb.
#113703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14 ma'ruza

Vilgelm fon Gumboldt - umumiy tilshunoslikning asoschisi 

Vilgelm  fon  Gumboldt  (1767-1835)  -  buyuk  nemis  filosofi,  Berlin 

universiteti  asoschisi,  siyosatchi  va  davlat  arbobi.  U  juda  ko‘p  tillar  (bask  tilidan 

tortib, polineziya va indeeslarning tillarigacha) haqida ma‘lumotga ega edi. U o‘z 

asarlari  va  g‘oyalari  bilan  tilning  ilmiy  nazariyasini  yaratdi  va  umumiy  nazariy 

tilshunoslikka asos soldi.  

1820  yilda  «Tillar  taraqqiyotining  turli  davrlarida  ularni  qiyosiy-tarixiy  o‘rganish 

haqida»  Berlin  akademiyasida  qilgan  ma‘ruzasida  til  haqida  alohida  mustaqil  fan 

yaratish  zarurligi  g‘oyasini  o‘rtaga  tashlaydi  va  uni  asoslab  beradi.  U  tillaming 

mustaqilligini  tan  olmaydigan,  dunyo  tillarini  mantiqiy  jadvallarga  majburan 

kiritishga qaratilgan umumiy grammatika - Por-Royal grammatikasini inkor qiladi.  

Gumboldt hayotining so‘nggi yillarida yaratgan 3 tomli ―Yava orolidagi kavi tili 

haqida‖(1836-1840)  asarining  ―Inson  tili  tuzilishining  har  xilligi  va  uning  inson 

naslining  ma‘naviy  taraqqiyotiga  ta‘siri‖  deb  atalgan  kirish  qismida  o‘zining 

nazariyfalsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi. U har bir xalqning tilida o‘sha 

xalqning tarixi, madaniyati va butun ruhiy dunyosi namoyon bo‘lishini ta‘kidlaydi. 

―Til  millatning  ruhidir‖,  deydi  u.  Olim  til  va  tilga  yondosh  hodisalar,  til  bilan 

bog‘liq  jarayonlarni  dialektik  birlikda  o‘rganish  zarurligi,  til  hodisalari  dialektik 

zidlik  asosida  qurilganligini  bayon  etadi  va  til  antinomiyasi  haqidagi  g‘oyasini 

ilgari suradi. U yaratgan umumiy tilshunoslikni til falsafasi deb atash mumkin.  

Gumboldt ta‘limotining eng muhim jihatlari:  



-    til  shakl  (forma)dir,  u  bir-biri  bilan  aloqador,  o‘zaro  zidlik  asosida  bog‘langan 

sistemani tashkil etuvchi nutq tovushlaridan tashkil topadi;  

-  til  formasi  moddiy  va  ruhiy,  tashqi  va  ichki  tomonlarning  birligidan  tashkil 

topadi;  

- tilning tashqi formasi uning materiyasi, ya‘ni tovush tizimidir;  

-  tilning  ichki  formasi  til  strukturalarinig  tashkil  qilinishi  bo‘lib,  xalq  ruhining 

so‘zda ifodalanishidir;  

-    til  so‘z  va  grammatik  qoidalardan  iborat,  so‘z  esa  tushunchani  ifodalaydigan 

belgi, ramzdir;  

-  u  til  va  nutqni  farqlaydi  va  so‘zning  nutqdagi  qiyofasini  uning  grammatik 

formasi, deb ataydi.  

Vilgelm  fon  Gumboldt  ta‘rificha,  til  murakkab,  bir-biriga  qarama  qarshi  bo‘lgan 

sifat  va  xususiyatlarni  o‘zida  mujassamlashtirgan  hodisadir.  Shuning  uchun  ham, 

olimning  fikricha  tilni  o‘rganishda  antinomiya  (qarama-qarshilik)  metodini 

qo‘llash maqsadga muvofiqdir.  

Tilning tabiatiga xos asosiy antinomiyalar  




Yüklə 348,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin