14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


Tilshunoslikda naturalizm ta’limoti



Yüklə 348,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix06.01.2022
ölçüsü348,69 Kb.
#113703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14 ma'ruza

Tilshunoslikda naturalizm ta’limoti 

Avgust  Shleyxer  (1821-1863)  -  nemis  olimi,  naturalizm  ta‘limoti  asoschisi. 

U  botanika  va  falsafa  fanlarini  ham  o‘rgangan,  1858  yildan  Rossiya  fanlar 

akademiyasining  muxbir  a‘zosi.  Asarlari:  ―Nemis  tili‖  (1860),  ―Hind-German 



tillari  qiyosiy  grammatikasining  kompendiumi‖  (1861),  ―Darvin  nazariyasi  va  til 

haqidagi  fan‖(1863),  ―Insonning  tabiiy  tarixi  uchun  tilning  ahamiyati 

haqida‖(1865).  U  Hind-Yevropa  tillarining  umumiy  masalalari,  german,  slavyan, 

boltiq  tillari  bilan  shug‘ullandi,  litva  tilini  o‘rganib,  jonli  nutq  bo‘yicha  tadqiqot 

olib  bordi.  Eng  mashhur  asari  ―Hind-German  tillari  qiyosiy  grammatikasining 

kompendiumi‖  bo‘lib,  unda  qadimgi  hind-yevropa  tilini  -  bobo  tilni  qayta  tiklab, 

uning har bir shahobchasi qanday rivojlanganini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.  

Shleyxer  naturalizmining  asosiy  mohiyati  shundaki,  u  tilni  jonli,  tabiiy  organizm, 

deb  hisoblaydi.  Organizm  terminini  to‘g‘ri  -  biologik  ma‘noda  talqin  qiladi. 

Shleyxerning  naturalistik  qarashlari  Darvinnig  ―Turlarning  paydo  bo‘lishi  va 

tabiiy  tanlash‖  (1859)  asaridan  so‘ng  yanada  kuchaydi.  Uning  fikricha,  ―Tillar 

insonning xohishidan tashqari paydo bo‘lgan, o‘sgan va ma‘lum qonunlar asosida 

rivojlanadigan  tabiiy  organizmdir.  Ular  o‘z  navbatida  qariydi  va  o‘ladi.‖  ―Tillar 

tovush  materiyasidan  tashkil  topgan  tabiiy  organizmlardir‖  Shleyxer  tilning 

ijtimoiy  mohiyatiga  yetarli  ahamiyat  qaratmaydi.  Shuningdek,  Shleyxer  tillar 

―hayoti‖ va taraqqiyotini 2 davrga: taraqqiyot davri va inqiroz davriga bo‘ladi va 

tilning  taraqqiyoti  uning  tanazzulidir,  degan  g‘oyani  ilgari  suradi.  Bu  g‘oyalar, 

albatta,  tilshunoslar  tomonidan  qattiq  tanqid  ostiga  olindi.  Biroq  uning  tilni  bir 

butun sistema deb qarashi tilni sistema va struktura, deb tushunishga imkon berdi.  


Yüklə 348,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin