Tilshunoslikda psixologizm ta’limoti
Geyman Shteyntal (1823-1899) - Berlin universiteti professori, V.Gumboldt va
psixolog Iogann Gerbertning shogirdi, psixologizm ta‘limotining asosiy
namoyandasi. Asarlari: ―Tillarning tasnifi til g‘oyasining taraqqiyoti sifatida‖
(1850), ―Grammatika, mantiq va psixologiya‖ (1851), ―Til qurilishining eng
muhim tiplari xarakteristikasi‖(1860), ―Psixologiya va tilshunoslikka
kirish‖(1875), ―Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o‘zaro munosabati‖ (1863).
Tilshunoslikdaga psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostiga oladi, ular
tilning taraqqiyotini shaxs tafakkuri, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bog‘liq deb
hisobladilar. Shteyntal ta‘limotidagi eng muhim g‘oya nutq, tilni tafakkur quroli,
fikr ifodalash vositasi, deb qaralganligi, biroq psixologizm tilning ijtimoiy hodisa
ekanligini inkor qiladi.
Aleksandr Afanas‗yevich Potebnya (1835-1891)- rus va ukrain filologi, Rossiyada
psixologizm oqimi vakili, Xarkov universiteti professori, Rossiya FA muxbir
a‘zosi. Asosiy asarlari: ―Fikr va til‖ (1862), ―Rus grammatikasidan lavhalar‖ (4
tom, 1874) . Potebnya tilshunoslikning umumfalsafiy masalalari, sintaksis,
semantika, etimologiya, fonetika, dialektologiya, folklor, etnografiya bilan
shug‘ullangan. U tilni xalq ijodi, mahsuli deb hisoblaydi. Til o‘z ob‘ektiv
qonuniyatlariga egaligini ta‘kidlaydi, til hodisalarining sababini psixologiyadan
emas, balki tilning o‘zidan qidiradi. Uning fikricha, til doimiy faoliyatdir,
so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi umumiylik har ikkovining bir xalqqa, millatga
tegishliligi bilan belgilanadi. Har qanday so‘z 3 elementdan: tovush, tushuncha va
ma‘nodan tashkil topadi. Potebnya so‘zning haqiqiy hayoti nutqda amalga
oshishini, so‘zning ma‘nosi esa faqat nutqda reallashishini ta‘kidlaydi va so‘zning
nutqda har gal turlicha ma‘no ifodalashini qayd etadi.
Dostları ilə paylaş: |