14– mavzu: kоrrеksiоn (mаxsus) pеdаgоgikа reja


Ko‘rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi



Yüklə 249,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix29.01.2022
ölçüsü249,32 Kb.
#113948
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
KОRRЕKSIОN (MАXSUS) PЕDАGОGIKА (1)

Ko‘rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 

1. 

Ko‘r tug‘ilganlar. 

2. 

Erta  ko‘r bo‘lib qolganlar. 

3. 

Uch yoshidan keyingi ko‘r bo‘lib qolganlar.  

Ommaviy maktablarda, ta’lim olganda yomon ko‘ruvchi bola jiddiy qiyinchiliklarga duch 

keladilar.  Idrok  etishning  aniq  emasligi,  sekinligi,  torligi  kabi  xususiyatlar  predmetlarni  tanib 

olish, ularning shaklini ajratish, o‘ziga xos belgilarini bilib olishda ma’lum qiyinchiliklariga olib 




keladi. Bolalar satrlar, harflar va raqamlarni adashtiradilar. Bular o‘qish texnikasi egallab olish, 

o‘qilganlarning  mazmunini  tushunishga  halaqit  beradi.  Oddiy  maktabda  yomon  ko‘ruvchi 

bolalar  doskada  nima  yozilganligini  ko‘rmaydilar,  qarab  bajariladigan  ishlarni  tashkil  etishda 

yomon  ko‘radigan  bolalar  tez  charchaydilar,  bu  ularning  ish  qobiliyatlarini  pasaytiradi. 

Pedagoglarning oldidagi eng muhim vazifa - yomon ko‘radigan bolani o‘z vaqtida aniqlash, unga 

maxsus ta’lim va tarbiya berish masalasini hal etish uchun PMPKga yuborishdan iborat. Yomon 

ko‘radigan  bolalarni  o‘qitish  va  tarbiyalash  asosan  maxsus  (korreksion)  maktablarda  amalga 

oshiriladi. 

 

Ko‘rish  qobiliyati  buzilgan  bolalarni  ommaviy,  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida 



korreksion  o‘qitish  va  tarbiyalash.  Ko‘rish  qobiliyati  buzilgan  bolalarni  o‘qitish  va  tarbiyalash 

masalalari  bilan  tiflopedagogika  (юнонча  «typhlos»  –  ko‘r)  –  korreksion  pedagogika 

(defektologiya)ning yana bir sohasi shug‘ullanadi. 

Ko‘rish  qobiliyati  buzilgan  bolalar  bilan  ish  olib  borayotgan  o‘qituvchi  korreksion 

ishlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi zarur.  

Refraksiyasi  anomaliyali  bolalar  tuzatuvchi  ko‘zoynak  taqishlari  kerak.  Lekin  ko‘zoynak 

taqishda bolalar pedagogning ularga diqqat bilan munosabatda bo‘lishlariga muhtojlik sezadilar. 

Maktabda  va  uyda  o‘quv  ishlarini  bajarishda  sanitar-gigiyenik  talablarga  amal  qilish  lozim. 

Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bola uchun ish  o‘rni to‘g‘ri va  yetarlicha  yoritilgan bo‘lishi kerak. 

Bunday  bola  deraza  yonidagi  birinchi  yoki  ikkinchi  qatorga  o‘tkazilishi  kerak.  Yaqinni 

ko‘radigan bola ham doskaga yaqinroq birinchi yoki ikkinchi partaga o‘tkazilishi zarur. Uzoqni 

ko‘radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o‘tkazilishi talab etiladi.  

O‘qituvchi  o‘quvchining  doska,  jadval  va  xaritadagi  o‘quv  materiallarini  qabul  qilishi  va 

tushunishini  nazorat  qilib  borishi  kerak.  Anomal  refleksiyali  bolalarda  ko‘zi  charchashi  ko‘p 

kuzatiladi.  Shuning  uchun  dars  paytida  ularga  ko‘rish  ishlarini  boshqa  turdagi  ishlar 

uyg‘unlashtirib  berishi  zarur.  Anomal  refleksiyali  bola  10-15  minut  davomida  intensiv  ko‘rish 

ishlarini  bajargandan  keyin  bir  necha  minut  uzoqqa  (doska  yoki  derazaga)  qarashi  kerak,  bu 

ko‘rish charchog‘ining bartaraf etilishiga yordam beradi. 

Ko‘rish  qobiliyati  ancha  og‘ir  bo‘lgan  –  ko‘r  va  yomon  ko‘radigan  bolalarni  o‘qitish 

maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba’zan ko‘rish qobiliyati og‘ir buzilgan bolalar 

ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar 

uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati yuzaga keladi.  

O‘z  sinflarida  og‘ir  ko‘rish  qobiliyati  buzilgan  bola  bo‘lgan  o‘qituvchilar  bolaga 

differensial  yondashuv  asosida  munosabatda  bo‘lishlari  zarur.  Buning  uchun  sinfdagi 

o‘quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko‘rish qobiliyatida 

nuqsoni  bo‘lgan  bolaning  ish  o‘rni  esa  ko‘shimcha  yoritilgan  bo‘lishi  kerak.  O‘quv-tarbiyaviy 

ishlar  jarayonida  o‘qituvchining  nutqi  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Uning  nutqi  aniq,  

tushunarli, ifodali bo‘lishi zarur. O‘qituvchi o‘zining har bir harakati mohiyatini so‘z yordamida 

sharhlab borishi,  

Sinfida  ko‘r  yoki  yomon  ko‘radigan  bola  bo‘lgan  o‘qituvchi  ularning  individual 

xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko‘radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini 

yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir. 

 

Tayanch-harakat  apparati  buzilgan  o‘quvchilarni  korreksion  o‘qitish.  Tayanch-harakat 



apparatlari  buzilishining  turlari  va  yuzaga  kelish  sabablari.  Tayanch-harakat  apparatidagi  turli 

buzilishlar  bolalarni  o‘qitish  va  tarbiyalashda  muayyan  muammolarni  keltirib  chiqarishi 

mumkin.  Tayanch-harakat  apparati  funksiyalarining  buzilishi  tug‘ma  yoki  orttirilgan  bo‘lishi 

mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi: 

1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BSP), poliomiyelit); 

2)  tayanch-harakat  apparatining  tug‘ma  patologiyasi;  sonning  tug‘ma  chiqqanligi;  bo‘yin 

qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog‘onasi rivojlanishidagi 



nuqsonlar (skolioz); qo‘l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo‘li barmoqlarining 

anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug‘ma mayiblik); 

3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya 

va  qo‘l-oyoqlarning  travmatik  jarohatlanishi;  poliatrit;  skelet  kasalliklari  (tuberkulez, 

suyaklardagi shishlar, osteomiyelit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya). 

Tayanch-harakat  apparati  patologiyasi  bo‘lgan bolalarda  asosiy  buzilish  harakatlanishdagi 

nuqson  hisoblanadi.  Bunday  nuqsonlarga  ega  bolalarning  89  %  ini  serebral  paralichli  bolalar 

tashkil  etadilar.  Ularda  harakat  buzilishi  psixik  va  nutqiy  buzilishlar  bilan  birga  namoyon 

bo‘ladi.  Shu  bois  bu  kabi  bolalar  nafaqat  davolash  va  ijtimoiy  yordamga,  balki  psixologik-

pedagogik va logopedik korreksiyaga ham muhtoj bo‘ladilar. 

Harakatlanish  buzilishlari  o‘rtacha  darajada  bo‘lgan  bolalar  yurishni  o‘rganib  olsalarda, 

biroq,  shonch  bilan  yura  olmaydilar,  ular  uchun  maxsus  moslamalar  zarur.  Harakatlanish 

buzilishining  yengil  shaklida  bolalar  uyda  va  ko‘chada  mustaqil,  qo‘rqmay  yura  oladilar, 

o‘zlariga to‘la xizmat ko‘rsatadilar.  

Nazorat uchun savollar: 

1. 


Rivojlanishi  va  xulqida  chetlanishlari  bo‘lgan  bolalarni  o‘qitish  va  tarbiyalash 

masalalari bilan qaysi fan shug‘ullanadi?  

2. 

Korreksion pedagogikaning vazifasi nimadan iborat?  



3. 

“Korreksiya”.  “korreksion  pedagogik  faoliyat”  tushunchalari  qanday  ma’noni 

anglatadi? 

4. 


Anomal o‘quvchilar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi? 

5. 


Korreksion  pedagogika  (defektologiya)  fanning  rivojlanish  tarixi  haqida  nimalarni 

bilasiz? 

6. 

“Rivojlanishdagi chetlanishlar” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? 



7. 

Aqli zaif bolalar bilan qanday korreksion ishlar olib boriladi? 

8. 

Logopediya nima?  



9. 

O‘quvchilar nutqiy buzilishi qanday psixologik-pedagogik  xususiyatlariga ega?  

10. 

Ommaviy  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  eshitish  qobiliyati  buzilgan  bolalar 



bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi? 

11. 


Ommaviy  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  ko‘rish  qobiliyati  buzilgan  bolalar 

bilan qanday korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi? 

12. 

Ommaviy  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  tayanch-harakat  apparati  buzilgan 



o‘quvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar amalga oshiriladi? 


Yüklə 249,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin