14– mavzu: kоrrеksiоn (mаxsus) pеdаgоgikа reja


Nutqida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish



Yüklə 249,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix29.01.2022
ölçüsü249,32 Kb.
#113948
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
KОRRЕKSIОN (MАXSUS) PЕDАGОGIKА (1)

Nutqida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari 

va  ularning  turlari.  Nutq  –  faqatgina  insonga  xos  bo‘lgan  muhim  psixik  funksiyadir.  Nutqiy 

munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to‘ldirilib 

va boyitib boriladi.  

Nutqiy  nuqsonlarni  o‘rganish,  oldini  olish  va  korreksiya  bilan  korreksion  pedagogika 

(defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos – so‘z va paideia - tarbiyalash) 

shug‘ullanadi. Patogen omil ta’sirida  yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o‘z-o‘zilan yo‘qolmaydi 

va  u  maxsus  tashkil  etilgan  korreksion-logopedik  choralarsiz  bolaning  keyingi  rivojiga  salbiy 

ta’sir ko‘rsatadi. 

Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) 

omillar  asosiy  rol  o‘ynaydi.  Bundan  tashqari  (anatomik-fiziologik,  morfologik),  funksional 

(psixogen),  ijtimoiy-psixologik  (atrof-muhitning  salbiy  ta’siri),  psixonevrologik  (psixik 

funksiyalarining  buzilishi  (aqli  zaiflik,  xotira  yoki  diqqatning  buzilishi  va  boshqalar) 

sabablarning ham ta’siri sezilarli bo‘ladi.  

Ekzogen-organik  omillar  sirasiga:  bolaning  markaziy  nerv  tizimi  va  uning  organizmiga 

salbiy ta’sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari 

(bel  torligi,  tug‘ilishning  cho‘zilib  ketishi  yoki  tez  sodir  bo‘lishi,  yo‘ldoshga  o‘ralib  qolishi, 

bolaning  noto‘g‘ri  joylashishi  va  boshqalar),  malakali  akusherlik  yordamining  ko‘rsatilmasligi, 

chala tug‘ilish kabi holatlar sabab bo‘ladi. 

Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi: 

1) 

tibbiy-psixologik nutqiy buzilish



2) 

psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.  




Tibbiy-psixologik  turda  ko‘riladigan  hamma  nutqiy  buzilishlarni  quyidagi  ikki  yirik 

guruhga ajratish mumkin:  

1) 

og‘zaki nutqning buzilishi



2) 

yozma nutqning buzilishi. 

Og‘zaki nutqning buzilishi o‘z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:  

1) 


nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi; 

2) 


fikr  strukturali-semantik  (ichki)  tuzilishi  (nutqning  tizimli  yoki 

polimorf)ning buzilishi  

Psixologik-pedagogik  (pedagogik)  klassifikatsiyalash  uni  pedagogik  jarayonda  qo‘llashga 

yo‘naltirilgan  bo‘lib,  bolalar  jamoasi  bilan  nutqiy  nuqsonlarni  tuzatishga  yo‘naltirilgan 

korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. 

Psixologik-pedagogik  (pedagogik)  klassifikatsiyalashga  ko‘ra  nutqning  buzilishi  quyidagi 

ikki guruhga ajratiladi: 

1.  Muomala  vositalari  (fonetik-fonematik  va  nutqning  umumiy  rivojlanmaganligi)ning 

buzilishi. 

2. Muomala vositalarini qo‘llashdagi buzilishlar. 

Maktab  o‘quvchilarida  nutqi  buzilishini  psixologik-pedagogik  tuzatish.  Nutqiy  buzilishi 

bo‘lgan  bolalarning  psixologik-pedagogik  xususiyatlari.  Nutqiy  buzilish,  nutqiy  buzilishning 

sabablari,  mexanizmlari,  simptomatikasi,  borishi  va  tuzilishi  uning  oldini  olish,  maxsus 

(korreksion)  o‘qitish  va  tarbiya  masalasi  bilan  logopediya  shug‘ullanadi.  “Logopediya”  termini 

yunonchadan  tarjimasi  “to‘g‘ri  nutqni  tarbiyalash”  ma’nosini  anglatadi.  Nutqiy  buzilish  turli 

mutaxassislar - fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan o‘rganiladi.  

Nutqiy  buzilishi  bo‘lgan  bolalarning  markaziy  nerv  tizimi  faoliyatida  funksional  yoki 

organik chetlanishlar ko‘zga tashlanadi. Miyaning organik zararlanishi sababli issiq, transportda 

yurish,  arg‘imchoqda  ko‘p  vaqt  tebranish  bolalarga  yomon  ta’sir  ko‘rsatadi,  boshlari  og‘riydi 

ko‘ngillari  ozadi  va  boshlari  aylanadi.  Tez  charchab  qoladilar,  qattiq  ta’sirlanishlari,  jahllari 

chiqish  bilan  ajralib  turadilar.  Ular  emotsional  barqaror  emaslar,  ularning  kayfiyatlari  tez 

o‘zgaradi,  serjahl,  agressiv, bezovta  bo‘ladilar.  Shuningdek,  ularda  sustlik  va  lanjlik  kuzatiladi. 

Bunday bolalar tinch o‘tira olmaydilar, butun dars davomida ishchanlik va diqqatini saqlab turish 

qiyin  bo‘ladi.  Juda  tez  xafa  bo‘ladilar,  gapga  quloq  solmaydilar.  Tanaffusdan  keyin  esa  darsda 

diqqatlarini jamlashlari qiyin bo‘ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy 

xotiraning bo‘shligi, yaxshi tushunmaslik holatlari kuzatiladi. 

Umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablari  qoshida  logopedik  punkt  faoliyat  yuritadi.  Logopedik 

punkt vazifalari quyidagilardan iborat: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Yüklə 249,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin