va ularning turlari. Nutq – faqatgina insonga xos bo‘lgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy
munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to‘ldirilib
Nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, oldini olish va korreksiya bilan korreksion pedagogika
(defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos – so‘z va paideia - tarbiyalash)
shug‘ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o‘z-o‘zilan yo‘qolmaydi
va u maxsus tashkil etilgan korreksion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki)
omillar asosiy rol o‘ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, morfologik), funksional
(psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik
funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar)
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga
salbiy ta’sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari
(bel torligi, tug‘ilishning cho‘zilib ketishi yoki tez sodir bo‘lishi, yo‘ldoshga o‘ralib qolishi,
bolaning noto‘g‘ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko‘rsatilmasligi,
Tibbiy-psixologik turda ko‘riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik
guruhga ajratish mumkin:
1)
og‘zaki nutqning buzilishi;
2)
yozma nutqning buzilishi.
Og‘zaki nutqning buzilishi o‘z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
1)
nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
2)
fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki
polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qo‘llashga
yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan
korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko‘ra nutqning buzilishi quyidagi
ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi)ning
buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo‘llashdagi buzilishlar.
Maktab o‘quvchilarida nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy buzilishi
bo‘lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilish, nutqiy buzilishning
sabablari, mexanizmlari, simptomatikasi, borishi va tuzilishi uning oldini olish, maxsus
(korreksion) o‘qitish va tarbiya masalasi bilan logopediya shug‘ullanadi. “Logopediya” termini
yunonchadan tarjimasi “to‘g‘ri nutqni tarbiyalash” ma’nosini anglatadi. Nutqiy buzilish turli
mutaxassislar - fiziolog, nevropatolog, psixolog, lingvist va boshqalar tomonidan o‘rganiladi.
Nutqiy buzilishi bo‘lgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida funksional yoki
organik chetlanishlar ko‘zga tashlanadi. Miyaning organik zararlanishi sababli issiq, transportda
yurish, arg‘imchoqda ko‘p vaqt tebranish bolalarga yomon ta’sir ko‘rsatadi, boshlari og‘riydi
ko‘ngillari ozadi va boshlari aylanadi. Tez charchab qoladilar, qattiq ta’sirlanishlari, jahllari
chiqish bilan ajralib turadilar. Ular emotsional barqaror emaslar, ularning kayfiyatlari tez
o‘zgaradi, serjahl, agressiv, bezovta bo‘ladilar. Shuningdek, ularda sustlik va lanjlik kuzatiladi.
Bunday bolalar tinch o‘tira olmaydilar, butun dars davomida ishchanlik va diqqatini saqlab turish
qiyin bo‘ladi. Juda tez xafa bo‘ladilar, gapga quloq solmaydilar. Tanaffusdan keyin esa darsda
diqqatlarini jamlashlari qiyin bo‘ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy
xotiraning bo‘shligi, yaxshi tushunmaslik holatlari kuzatiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi. Logopedik
punkt vazifalari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: