14-mavzu narx va uning shakllanishi



Yüklə 360,73 Kb.
səhifə11/99
tarix10.12.2023
ölçüsü360,73 Kb.
#138777
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
14-mavzu narx va uning shakllanishi

17-mavzu

Iste’molchining iqtisodiy hulqi. Naflilik nazariyasi



1. Naflilik, yalpi naflilik va so‘nggi qo‘shilgan naflilik tushunchalari
Talabning o‘zgarish qonuniyatlari va iste’molchi tanlovi masa­lalariga marjinalistlar keyingi naflilik konsepsiyasi va iste’molchi xulqi nazariyasi bilan o‘zlarining hissalarini qo‘shdi.
Iste’molchi xulqi bu ularning turli xil tovar va xizmat­larga talabning shakllanish jarayonidir. Iste’molchi xulqi qu­yidagi mantiq asosiga quriladi:
Iste’molchi imkoniyati cheklangan sharoitda harakat qiladi, shu sababli uningqarori tovarlarning mavjud muqobil variantlaridan birini tanlashga qaratiladi.
Iste’molchi maqsadi – tovarlarni iste’mol qilish natijasida maksimal qoniqish olishdir.
Iste’molchi xulqi oqilona, ya’ni u barcha chekla­nish­larni baho­laydi va o‘z maqsadiga yetishishningeng yaxshi variantini tanlaydi.
Iste’molchi xulqini miqdoriy aniqlashda keyingi naf­lilik naza­riyasi va farqsizlik egri chizig‘i usuli yordamida amalga oshiriladi.
Naflilik – subyektivqoniqish, ya’ni tovar (xizmat) ni iste’mol qilishdan ko‘riladigan naf.
“Umumiy tarzda naflilikni insonningehtiyojini qondira olish qobiliyati deb ta’riflashimiz mumkin”159.
Iste’molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi naflilik muhim.


Кeyingi naflilik (marginal utility) – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir.
Кeyingi naflilik umumiy naflilikningo‘sgan qismidan iborat bo‘lib, u naflilik funksiyasining natijasi hisob­lanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qara­gan­da kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘ng­gi nusxasi» mavjud bo‘ladi”61.
“So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tamoyi­li­ga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan iste’molchiningholatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko‘pa­yib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi”62.

Yüklə 360,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin