14-mavzu narx va uning shakllanishi


Raqobatning iqtisodiy mazmuni



Yüklə 360,73 Kb.
səhifə5/99
tarix23.05.2023
ölçüsü360,73 Kb.
#127436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
14-mavzu narx va uning shakllanishi

1. Raqobatning iqtisodiy mazmuni
Raqobat bozor iqtisodiyotiningva umuman tovar xo‘ja­liginingeng muhim belgisi, rivojlantirish usuli va tartibga solish mexanizmi hisoblanadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashib tahlil qilishni talab qiladi.
Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rta­sidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqti­sodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yol­lash uchun ham kura­shadi. Ishlab chiqaruv­chilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlari­ning iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurs­larni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabat­lari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liqerkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.
Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabat­larni ifodalaydi.
Raqobat (lotincha, “concurrere” – qochish, to‘qnashish) – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashi­shidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda, ko‘proq naflilik va omilli daromadga ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.


2. Raqobat shakllari va usullari
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat engavvalo, ikki turga – tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqa­rilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarningqiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladi va aks holda, ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadi va zarar ko‘radi.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash­dan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tar­moqlardan uning normasi yuqori tarmoqlarga kapital­larning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayi­shiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Кam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflan­ganligidan qat’i nazar, teng kapital uchun teng foyda oli­nishiga inti­lishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda norma­larini o‘rtacha foyda normasiga «baravar­lash­tiradi».
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vosita­sidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarningo‘z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqa­ruvchilarning shunday mahsulotlarinikiga nis­batan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi - «narx­lar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushirish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruv­chilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlar bo‘yicha chiqaradi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgi­langan narxlardan chegirma qilish, asosiy xaridqilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foyda­laniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat­larda narx yordamida raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan biriningo‘z mahsulotiga narxni pa­saytirishi raqobatchilariningham shunday harakat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‘yi­cha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmati ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi kerak. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.



Yüklə 360,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin