14-mavzu narx va uning shakllanishi


Monopoliya, uningvujudga kelishi va turlari



Yüklə 360,73 Kb.
səhifə6/99
tarix23.05.2023
ölçüsü360,73 Kb.
#127436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
14-mavzu narx va uning shakllanishi

3. Monopoliya, uningvujudga kelishi va turlari
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishiga monopoliyalar, to‘siq bo‘ladi.
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tu­shun­chalardan (ya’niyunoncha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsa-da, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatining biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini ifodalaydi.
Monopoliyalar bir qator yo‘llar orqali kelib chiqadi. Bular:
– ishlab chiqarishning to‘planishi;
– kapitalning to‘planishi va markazlashuvi;
– fan texnika taraqqiyoti;

  • davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo‘llab-quvvat­lashi;

– o‘zaro kelishish.
Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vo­sita­lari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarishhaj­mining yirik korxonalarda jamlanishida namoyon bo‘ladi.
Monopoliya bir qator turlarda mavjud bo‘ladi.
Ularning kelib chiqishi va shakllanish yo‘llariga bog‘liq­ligi bo‘yicha asosiy turlarini qarab chiqamiz:
Tabiiy monopoliyalar – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlarini taqozo etib, ular raqo­batni qo‘llash mum­kin bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan sohalarda vujudga keladi. Bular: Suv, energiya, gaz ta’minoti korxonalari, temir yo‘l transporti; Harbiy-mudofaa majmuasi korxonalari.
Tabiiy monopoliyalar obyektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim sohalarda ham qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi. Masalan, kamyob yer osti boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning alohida navlarini yetishtirishda takror ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslar, jumladan alohida unumdor yer uchastkalarga yegalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta’minlaydi.
Iqtisodiy (sun’iy) monopoliyalar – ishlab chiqarish va kapital­ning to‘planishi hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi.
Iqtisodiy monopoliyalarga kartel, sindikat, trest va konsernlarni kiritish mumkin.
Monopolist birlashmalar bozordagi hukmron mavqeini ushlab turish uchun raqobatning mumkin bo‘lgan barcha usul­laridan foydalanadi. Bular:
A) xo‘jalik – autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxonalar) lar bilan iqtisodiy aloqalarni to‘liq yoki qisman bekor qilish;
B) demping – raqibini sindirish maqsadida tovarlarini oldindan “pasaytirilgan” (xarajatlar darajasida) narxlarda sotish;
D) monopoliyaga kirmagan korxonalarga tovarlar sotishni cheklash (masalan, neftni qayta ishlash zavodlariga neft yetkazib berishni kamaytirish);
E) narxni tartibga solish – monopolist mahsulotlarining kichik mulkdorlarga sotiladigan narxini oshirib va bir vaqtda yirik korxonalar uchun uni pasaytiradi;
F) Qonunchilikda tan olinmagan vositalar yordamida (yutib yuborish va qo‘shib olish maqsadida buyurtma asosida jismoniy yo‘qotishgacha bo‘lgan) raqibini sindirish va sanoat josusligi.



Yüklə 360,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin