14-mavzu narx va uning shakllanishi-mavzu OMILLI DAROMADLAR VA ISH HAQINING SHAKLLANISHI. ISHCHI KUCHI BOZORI VA BANDLIK
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uningdarajasini belgilovchi omillar Mehnat haqi qilingan mehnatninghar qanday turi hisobiga olingan daromad shaklini anglatadi. Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida ular mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritiladi. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida58 ish haqi ishchi kuchi bozorida mehnat bahosi sifatida talqin qilinadi. Bunda ish haqi darajasi unga bo‘lgan talab va taklif nisbatiga ishchining malakasi, mehnatining intensivligi va ishlab chiqarish natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Ish haqi iqtisodiy kategoriya sifatida xodimlar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. Ish haqidan farqli ravishda mehnat haqi turli xodimlar, shu jumladan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi (sartarosh, maishiy texnikani ta’mirlovchi master va boshqa.) mayda mulk egalarining mehnat haqi hamda gonorar, mukofot va ular mehnatini rag‘batlantirishning boshqa turlarini o‘z ichiga oladi. Ishchi kuchining aniq bozorida ish haqi uning stavkasini yoki resurslar bozorida mehnatning aniq turi narxini anglatadi. Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarningham roli bor. Ishchi uchun qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli, nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida pul shaklida olingan ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda, real ish haqi –bu nominal ish haqining «xaridetish layoqati». O‘z-o‘zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xaridqilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, nominal ish haqiga to‘g‘ri va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxiningdarajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: bu yerda, Vp–real ish haqi ; Vn–nominal ish haqi ; P–iste’mol buyumlari va xizmatlarga narx darajasi. Nominal ish haqi ‒ ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarninghaqiqiy iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. Mamlakatda ish haqining umumiy darajasini beliglab beruvchi asosiy omillar quyidagilar: Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi; Mehnatning asosiy kapital bilan qurollanish darajasi Mehnatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi; Mavjud ishlab chiqarish texnologiyasi; Mehnatning umumiy malakaviy darajasi; Taqsimotning tarkib topgan tizimi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy omillar. Yüklə 360,73 Kb. Dostları ilə paylaş: |