15- Amaliy mashg‘ulot. Halol sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yiladigan
talablar.
Dunyoda axoli sonining ortib bugungi kunda yorligida “Halol”
standarti
bitilgan maxsulotlarga dunyoning ko‘plab davlatlari, xususan Xitoy, Hindiston,
Yevropa ittifoqi, AQSH, MDX davlatlari,
Buyuk Britaniya, Arab davlatlari,
Avstriya, Kanada, Lotin Amerikasi davlatlari, YAngi Zellandiya, Tailand kabi
mamlakatlarda xam e’tibor kuchayib bormoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, 2025 yilda xalol maxsulotlarning ulushi
dunyoda ishlab chiqarilgan maxsulotlarning kamida 20 foizini, 2030 yilga borib
esa 25 foizini tashkil etar ekan.
Bugungi kunda MDH davlatlari, Saudiya
Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Iordaniya, Misr, Baxrayn kabi
musulmon mamlakatlarga “Xalol” belgisi ostida o‘z maxsulotlarini eksport
qilayotgan yoki xizmat ko‘rsatayotgan davlatlar soni ortib bormoqda. Masalan,
dunyoga
mashxur Nestle, McDonald’s, KFC, TESCO kompaniyalari ushbu
standart asosida maxsulot ishlab chiqarishni targ‘ib xam qilishmoqda.
AQSHda musulmon diniga mansub axolining ortib borishi evaziga “Halol”
maxsulotlar ishlab chiqarish xam ko‘payib borayotganini kuzatish mumkin.
Bundan tashqari Qo‘shma SHtatlarning bog‘chalari, maktablari, davlat va nodavlat
tashkilotlarida, fuqaro aviatsiyasi xizmatidan foydalanayotgan yo‘lovchilar orasida
ham “Xalol” asosida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ma’qul ko‘radiganlar
soni ortib bormoqda.
“Halol” standartini yurtimizda joriy etilishi, avvalo O‘zbekistonda ishlab
chiqarilgan mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, uning sifat
jihatdan biror davlat mahsulotidan kam emasligiga ishora bo‘lishi
bilan birga,
ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi va xajmini yanada oshishida muhim rol uynaydi.
Ayniqsa, respublikamizga sayyoxlar oqimining yil sayin ortib borayotgani,
dunyoning o‘nlab musulmon davlatlaridan yurtimizga ziyorat turizmiga
oshiqayotgan sayyoxlar uchun “Halol” standartining qabul qilinishi beqiyos
ahamiyat kasb etadi.
Endigi vazifa esa ushbu standart talablari asosida mahsulotlarga muvofiqlik
sertifikati taqdim eta oladigan “Halol” va malakali mahalliy mutaxassislarni tezrok
tayyorlash hamda ularning sonini mumkin qadar oshirishdan iborat.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan “Halol” standartining qabul qilingani esa
tabiiyki tadbirkorlarimiz zimmasiga ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar hamda
ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati, ularning xavfsizligini yanada yuqori darajaga
ko‘tarish talabini qo‘yadi. Bu esa avvalo xalqimiz, Vatanimiz kelajagi, uning
farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi barobarida mahalliy mahsulotlarimiz
eksporti hajmining ortishi, ularning tashqi bozordan mustahkam o‘rin
olishiga
katta hissa qo‘shadi.
“Xalol” sertifikatlashtirish idoralariga qo‘yiladigan talablar
O‘z DSt 3301:2018 O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti asosida
amalga oshiriladi.Standartda quyidagi atamalar keltirilgan:
•
“Halol” sertifikat - “Halol” mahsulot va xizmatlarni sertfikatlashtirish uchun
Xalol sertifikatlashtirish idoralari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar.
•
“Halol” sertifikati bo‘yicha vakolatli idora – standartda qayt etilgan va islom
qadriyatlari asosidagi masalalarni nazorat qiluvchi idoradir.
•
auditor - “Halol”, sertifikatlashtirish idorasi tomonidan rasmiy ravishda
tayinlangan, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki tegishli tarmoqning aniq bir halol
protsedurasi va talablari auditini o‘tkazadigan texnik kompitetnga ega shaxs.
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida faoliyat
ko‘rsatadi:
•
O'z DSt ISO/IEC 17025
•
sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligiga qo‘yiladigan umumiy
talablar ;
•
O'z DSt ISO 19011
•
ichki auditlarni tashkillashtirish va o‘tkazish;
•
O'z DSt ISO/IES 17021
•
muvofiqlikni baholashmenejment tizimlarining auditi va sertifikatlashtirishni
amalga oshiradigan idoralarga qo‘yiladigan talablar.
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi:
Mahsulotlarning musulmonchilikka to‘g‘ri
bo‘lishi;
•
”Xalol” mahsulotlar to‘g‘ri yetkazib berilayotganligini chuqur his etishi ;
•
islom talablariga rioya etilishi ;
•
namunalar olish;
•
sinovlar va tekshirishlarni amalga oshiradi.
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi faoliyat yuritayotgan mamlakatda tan olingan
diniy ulamo xolislikni ta’minlash ko‘mitasi/kengashi a’zosi etib tayinlanishi lozim.
Diniy ulamo islom printsiplarini va ”Halol” sertifikatlashtirish uchun amalga
oshirilayotgan choralarni hamda islom nuqtai nazaridan ”Halol” sertifikatlashtirish
qoidalari, protseduralarini va siyosatini ko‘rib chiqishda muhim o‘rin egallashi
kerak.
Diniy ulamo,
islom aqidalariga, amallariga va tushunchalariga nomuvofiq
xolatlarda vujudga keladigan xolislikka taxdid qiladigan xar qanday muammolarni
nazarda tutishi va tahlil qilishi lozim.
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi, shartnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok
etadigan xodimlarni quyidagi yo‘nalishlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay
olishi kerak:
a) oziq-ovqat zanjiri toifalari va boshqa tarmoqlardan murojaatchilarning
tasnifini;
b) buyurtmachining mahsulotlarini va/yoki xizmatlarini,
qayta ishlash
jarayonlarini va amaliyotinii baholash;
s) “Halol” sertifikatlashtirish auditorlari vakolatlari va talablarini kengaytirish;
d) audit vaqtiga ko‘yiladigan talablarni belgilash va uning davomiyligi
ta’minlash;
e) “Halol” sertifikatlashtirish idorasining shartnomalarni ko‘rib chiqish siyosati
va protseduralari;
Halol” sertifikatlashtirish idorasining sertifikat beruvchi guruxi, o‘z bilim va
ko‘nikmalarini quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llay olishini ta’minlashi kerak:
a) O‘zDSt 3286 mavjud printsiplarini “Halol” sertifikatlashtirishga;
b) “Halol” sertifikatlashtirishga talluqli islom qoidlariga;
s) “Halol” talablari uchun xavflarni aniqlash va baholash;
d) “Halol”ga tegishli bo‘lgan masalalarda qo‘llaniladigan to‘g‘irlash va to‘zatish
xarakatlariga;
e) “Halol” mahsulotlar/xizmatlar bilan bog‘liq barcha qonun va qoidalarga;
g) mahsulotga, qayta ishlashga va amaliyotga;
h) tegishli standartlar.
“Halol” sertifikatlashtirish bo‘yicha texnik auditorlarga qo‘yiladigan talablar:
✓
“Halol” sertifikatlashtirish bo‘yicha audit o‘tkazadigan sanoatning tegishli
tarmoqlari bo‘yicha o‘quv kurslari asosida yuqori yoki tegishli darajadagi
malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
✓
islomiy bilimga ega bo‘lishi hamda sertifikatlashtirish hujjatlari bo‘yicha
malaka oshirishlari va spetsifikatsiyasini, texnik hujjatlarni o‘rganishi kerak.
✓
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishi kerak bo‘lgan tegishli
sanoat tarmoqlarida
yuqori malaka yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
“Halol” sertifikatlashtirish idorasi texnik auditorlarni quyidagi yo‘nalishlarda
malaka oshirish bo‘yicha muvoffaqiyatli o‘tishini ta’minlaydi:
a) O‘zDSt ISO 19011 standartiga asoslangan audit metodlari;
b) tegishli oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimi (O‘zDSt ISO 22000);
s) OIC/SMIIC halol standartiga asoslangan halol sertifikatlashtirish bo‘yicha
o‘quv kurslarini muvaffakiyatli yakunlanishiga ishonch xosil qilishlari kerak.
Texnik auditor tegishli sohada kamida besh (5) yil, jumladan sifatni ta’minlashi
bo‘yicha kamida ikki (2) yil ishlagan bo‘lishi kerak.
18.1-rasm. “Xalol” yorligi ko‘rinishi.
“Xalol” yorligi bilan tamg‘alash tartibi. Xalol” sertifikati muddatini o‘zaytira
olmagan sertifikat egalariga, “Xalol” yorlig‘idan foydalanish ta’qiqlanadi.
•
“Xalol” yorliqlari barcha sertifikatlangan “Xalol” mahsulotlarning
qutisida/o‘ramida aniq ravishda muhrlanadi.
•
kompaniyalarga,
yorliqning
asl
dizaynini
o‘zgartirmagan holda,
mahsulotning o‘ramiga mos rangda qo‘llanilishiga ruhsat etiladi.
•
“Halol” yorlig‘ini/sertifikatini, “Halol” sertifikatga ega bo‘lgan umum
ovqatlanishning faqat kirish qismida foydalaniladi.