15- mavzu Xarakter aksentuatsiyasini o’rganish Reja


Shaxsning xarakterri bir qancha sharoitlarda namoyon bo’ladi, bular quyidagilardir



Yüklə 35,67 Kb.
səhifə8/9
tarix28.04.2022
ölçüsü35,67 Kb.
#115579
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xarakter aksentuatsiyasini o’rganish

Shaxsning xarakterri bir qancha sharoitlarda namoyon bo’ladi, bular quyidagilardir:

  1. Xarakterning faoliyatida namoyon bo’lishi.

  2. Xarakterning nutqda namoyon bo’lishi

  3. Xarakterning odamning tashqi ko’rinishida namoyon bo’lishi.

  4. Xarakterning turli vaziyatlarida namoyon bo’lishi.


Xarakterni o’rganish metodlari quyidagilardir:

  1. Kuzatish

  2. Eksperiment

  3. Suxbat

  4. Erkin insho

  5. Faoliyat maxsulini analiz qilish



Xarakter aksentuatsiyasi (Yunoncha chfrakter – xususiyat, belgi, lotincha accetus – urg’u) – xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin nomoyonlashuvi). Xarakter aksentuatsiyasini individual yondoshish, oilaviy psixoterapiya turini topishga yordam beradi.  
«aksentuatsiya» tushunchasi psixologiyaga k. Leongard tomonidan kiritilgan edi. Xarakter aksentuatsiyasi – xarakter alohida xossalarining boshqalarga ziyon  keltirish hisobiga ortiqcha rivojlanishi, buning natijasida atrofdagilar bilan o‘zaro aloqalar yomonlashadi. 
Leongardning fikriga ko‘ra, shaxs aksentuatsiyasi, avvalambor, boshqa odamlar bilan muloqotda namoyon bo‘ladi.  Shuning uchun, muloqot uslublarini baholashda aksentuatsiyaning ma’lum tiplarini ajratish mumkin. K. Leongard quyidagi tiplarni keltiradi:

1. Gipertim tip o‘ta muloqotchanligi, sergapligi, imo-ishoralar, mimika va pantomimikaning kuchli ifodalanganligi bilan xarakterlanadi. Bunday odamda suhbatning boshlang‘ich mavzusidan chetlashishi kuzatiladi. Xizmat va oiladagi vazifalariga etarlicha jiddiy e’tibor bermasligi vajidan  atrofdagilar bilan tasodifiy nizolar sodir bo‘lib turadi. Bu tipdagi odamlar ko‘p hollarda nizolar tashabbuskori bo‘lib chiqadilar, lekin atrofdagilardan bu haqda tanbeh eshitsalar, hafa bo‘ladilar. Ushbu tip odamlarining ijobiy sifatlaridan chaqqonlik, faoliyatga chanqoqlik, ruhiy ko‘tarinkilik, tashabbuskorlik kabilarni keltirish mumkin. Shu bilan birga, ular ba’zi bir yoqimsiz qirralar: engil tabiatlilik, ahloqsiz harakatlarga moyillik, o‘ta ta’sirchanlik, xomxayollik, o‘z vazifalariga etarlicha jiddiy yondoshmaslik kabilarga ega. Ular qat’iy intizom, zerikarli faoliyat majburiy yolg‘izlik sharoitlariga qiyin moslashadilar.

2. Distim tip – bu tip past muloqotchanlik, kamgaplik, ustun tushkunlik kayfiyati bilan xarakterlanadi. Bunday odamlar, odatda, uydan chiqmaydilar, shovqindan qiynaladilar, nizolarga qo‘shilmaydilar, odamovilik turmush tarzini kechiradilar. Ular do‘stlarini qadrlaydilar va ularga bo‘ysunishga tayyor bo‘ladilar. Ushbu tip odamlarining ijobiy sifatlaridan: jiddiylik, vijdoniylik, haqgo‘ylik kabilarni keltirish mumkin. Lekin ularda yoqimsiz sifatlar ham mavjud, bulardan: sustlik, tafakkurning sekinlashganligi, harakatlarining qovushmaganligi, individuallikdir.

3. Sikloid tip – ularga kayfiyatning davriy ravishda tez-tez o‘zgarib turishi xosdir, buning natijasida atrofdagi odamlar bilan muloqot tarzi ham o‘zgarib turadi. Ko‘tarinki kayfiyat davrida bunday odamlar kirishimli, ruhiy tushkunlik davrida odamovilik kabi qirralarga ega bo‘ladilar. Ruhiy ko‘tarinkilik davrida ular o‘zlarini gipertim aksentuatsiyasi xarakterli odamlar kabi, tushkunlik davrida distim aksentuatsiyali odamlar kabi tutadilar.

4. Qo‘zg‘aluvchan tip – ularga past muloqotchanlik, verbal va noverbal ta’sirlanishning sustligi xos. Ko‘p hollarda bunday odamlar mijg‘ov va badqovoq, qo‘pollik va koyishga, nizolar chiqarishga moyildirlar, bunda o‘zlari faollik ko‘rsatadilar. Ular jamoa bilan chiqishmaydilar, oilada xukumronlik qiladilar. Emotsional xotirjamlik xolatda ushbu tipdagi odamlar vijdonli,  puxta,  xayvonlar va yosh bolalarni yaxshi ko‘radilar. Lekin emotsional qo‘zg‘alishda ta’sirchan, jizzaki bo‘lib, o‘z xarakatlarini yaxshi nazorat qila olmaydilar.

5. Suqiluvchi tip – ularga o‘rtacha muloqotchanlik, mijg‘ovlik, nasihatgo‘ylikka moyillik, kamgaplik xosdir. Nizolarda bunday odam, odatda, tashabbuskor, faol tomon sifatida namoyon bo‘ladi. U qo‘l urgan har bir ishida Yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga intiladi, o‘ziga o‘ta talabchan, ijtimoiy adolatga alohida sezgir, shu bilan birga, jizzaki, salga ranjiydigan, shubhalanuvchi, qasoskor; ba’zida o‘ta o‘ziga ishongan, izzattalab, rashkchi,  yaqinlari va ishdagi qo‘l ostidagilarga nisbatan o‘ta talabchan.

6. Rasmiyatchi tip – bunday tipdagi odam nizolarga bormaydi, sust tarafni egallaydi. Xizmatda rasmiyatchi, atrofdagilarga ko‘plab rasmiy talablar qo‘yadi. Shu bilan birga, u bajonudil liderlikda boshqalarga yon beradi. Ba’zan u yaqinlarining ozodagarchiligiga katta talab qo‘yadi. Uning ijobiy qirralari: vijdoniylik, puxtalik, jiddiylik, ishdagi ishonchlilik, yoqimsiz va nizolarni keltirib chiqaradigan qirralari esa – rasmiyatchilik, mijg‘ovlik, hadeb noliyverish hisoblanadi.

7. Xavotirli  tip – bunday tipdagi odamlarga muloqotga kirishuvchanlikning past bo‘lishi, jur’atsizlik, qat’iyatsizlik, tushkun kayfiyat xosdir. Ular atrofdagilar bilan nizolikka bormaydilar, bunda sust o‘rinni egallaydilar, bunday vaziyatlarda tayanch izlaydilar. Ular quyidagi ijobiy qirralarga ega: samimiylik, o‘zini tanqid qilish, ishchanlik. O‘zining himoyasizligi oqibatida, shuningdek, ko‘p hollarda boshqalarning gunohiga javobgar, masxara bo‘lib qoladilar.

8. Emotiv tip – bunday odamlar yaxshi aloqalar o‘rnatilgan saralanganlar tor doirasidagi muloqotni afzal ko‘radilar. Sust tarafni egallagan holda nizolarga bormaydilar. Hafagarchiliklarini ichlariga Yutadilar. Yoqimli qirralari: mehribonlik, hamdardlik, kuchli mas’uliyat hissi, ishchanlik. Yoqimsiz qirralari: o‘ta ta’sirchanlik, yig‘loqilik.

9. Namoyishkor tip – aksentuatsiyaning bu tipi aloqalarni oson o‘rnatishi, liderlikka intiluvchanlik, hukmronlik va maqtovlarga chanqoqligi bilan xarakterlanadi. Ushbu tipga mansub odamlar o‘ziga o‘ta ishonganligi va intilishlarining Yuksakligi bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, muntazam ravishda nizolarni keltirib chiqaradilar, lekin o‘zlari faol himoyalanadilar. Ular sertakalluflik, ustalik, boshqalarni orqasidan ergashtirish, tafakkur va harakatlarning o‘ziga xosligi kabi ijobiy sifatlarga ega. Salbiy qirralari: xudbinlik, riyokorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslikdir.

10. O‘ta hayajonli tip–bunday odamlarga Yuqori muloqotchanlik, sergaplik, oshiqlik xosdir. Ular ko‘p bahslashadilar. Lekin nizogacha olib bormaydilar. Nizoli vaziyatlarda ham faol, ham sust holatda bo‘ladilar. Shu bilan birga, bunday tipdagi odamlar do‘stlari va yaqinlariga e’tiborli va sadoqatli bo‘ladilar. Ular altruistlikka moyil, ularga hamdardlik hissi, yaxshi did xos bo‘lib, sezgilarning yorqinligi va samimiyligini namoyon qiladilar. Yoqimsiz qirralari: vahimachilik, vaqtinchalik kayfiyatga berilganlik kabilardir.

11. Ekstravert  tip – bunday odamlar Yuqori muloqotchanlik bilan ajralib turadilar, ularning do‘stlari, tanishlari ko‘p, ular sergap, istalgan ma’lumotni qabul qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar bilan nizolarga boradilar, bunda, odatda, sust tarafda bo‘ladilar. Do‘stlar bilan muloqotda, ishda va oiladagi ko‘p holatlarda liderlikda boshqalarga yon bosadilar, bo‘ysunishni va chetda turishni afzal ko‘radilar. Boshqalarni tinglay olishga shaylik, iltimoslarni bajarish, ishchanlik kabi yoqimli qirralarga egadirlar. Yoqimsiz qirralari: ta’sirlarga beriluvchanlik, engil tabiatlilik, o‘ylamasdan harakat qilish, ko‘ngilochar qiziqishlarga, gap-so‘z va mish-mishlarni tarqatishda ishtirok etishga ishtiyoqmandlik.

12. Introvert tip – ular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan uzilganlik, falsafa so‘qishga moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday odamlarni yolg‘izlikni xush ko‘radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy hayotlariga takallufsizlik bilan aralashish holatlaridagina nizolarga borishlari mumkin. Ular ko‘pincha odamlarga nisbatan  kuchsiz bog‘langan emotsional sovuqqon odamlardir. Vazminlik, qat’iy e’tiqodlilik kabi ijobiy qirralarga egadirlar. Salbiy qirralari ham mavjud – qaysarlik, tafakkur rigidligi, o‘z g‘oyalarini qat’iy ravishda himoya qilish hisoblanadi.


Yüklə 35,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin