15 –Мавзу. Aholini himoyalash vositalari, ularga ko’rsatmalar va qo’llanilishi. Qisman va to’liq sanitariya tozalash haqida tushuncha. Degazatsiya, dezaktivatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o’tkazish



Yüklə 40,52 Kb.
səhifə2/6
tarix05.12.2023
ölçüsü40,52 Kb.
#138352
1   2   3   4   5   6
15мавзу тиббий билим

Vineten (Wineten) — tiniq benzin hidini eslatadigan uchuvchan suyuqlik. Kuchli anestetik. Nafasga olinadigan aralashmada 0,2 % konsentratsiyasida analgeziya keltirib chiqaradi. 2—3 hajm foizda yo‘qotadi, 4 hajm foizda narkozning xirurgik bosqichini hosil qiladi. To‘q rangli idishda past haroratda saqlanadi.
Gazsimon narkotiklar. Azot (I)-oksidi (Nitrogenium oxydula- tum) — shodlantiruvchi gaz. Po‘lat ballonlarda saqlanadi. Yonmaydi, hidi yo‘q. Kislorod bilan aralashmasi, aksariyat 70—80 % li azot (I) va 30—20 % li kislorod hisobidagi aralashmasi ishlatiladi.
Siklopropan (CH) tez yonuvchi gaz. Portlashi mumkin. Bal­lonlarda saqlanadi va tez ta’sir qiladi. Ko‘pincha boshqa vositalar (azot (I)-oksid, efir) bilan birga qo‘llaniladi.
Ingalatsiyali narkozda yuz beradigan asoratlar va ularning oldini olish. Bu asoratlar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Narkoz o‘tkazish vaqtidagi.

  2. Narkozdan keyin

Narkoz vaqtidagi asoratlar narkoz texnikasini noto‘g‘ri o‘tkazish, apparatlarning nosozligi, bemor ahvolining og‘irligi natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda asfiksiya yuz berishi va yurak to‘xtab qolishi mumkin:

  1. Mexanik sabablar (tilning orqaga ketib qolishi, qusuq massasining tiqilib qolishi va hokazo).

  2. Toksinli sabablar (narkotik moddalar dozasini oshirib yuborish).

  3. Reflektor sabablar (narkotik modda ta’siri ostida yurak va nafasning to‘xtab qolishi).

Yurak to‘xtashi, odatda, asfiksiya sababli ro‘y beradi. Narkozdan keyingi davrda turli asoratlar sodir bo‘lishi mumkin. Nafas a’zolarida yuz beradigan asoratlar (yallig‘lanish, atelektaz, bronxitlar) aksariyat efir narkozidan keyin uchraydi. Bu asoratlarni profilaktika qilishda operatsiyadan keyingi davrda bemorlarga faol harakatlar berish (davo badantarbiyasi, nafas gimnastikasi, balg‘am ajratish, erta o‘rindan turish), shuningdek, antibiotiklar va sulfanilamidlar qo‘llashning ahamiyati katta.
Yurak ishining buzilishi toksinli ta’sir qiladigan siklopropan va efir qo‘llanishdan so‘ng ko‘proq kuzatiladi. O‘tkir yurak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin, bu ba’zan o‘limga olib keladi.
Profilaktikasi. Yurak dorilari yuboriladi va narkozning bir- muncha mukammal turini qo‘llash yo‘li bilan narkotik modda kamroq ishlatiladi.
Jigardagi asoratlar aksariyat efir va xloroform qo‘llanishdan so‘ng paydo bo‘ladi va funksional buzilishlar bilan yuzaga chiqadi, ba’zan yog‘li distrofiya va o‘tkir sariq atrofiya kuzatilishi mumkin. Miorelaksantlar qo‘llanib bemorni uyquning past bosqichlarida tutib turish hisobiga narkotik moddalar dozasini kamaytirishdan iborat.
Buyraklarda yuz beradigan asoratlar aksariyat oliguriya va albuminuriya ko‘rinishida yuzaga keladi. Siydikning zichligi oshadi, leykotsitlar va eritrotsitlar paydo bo‘ladi. Odatda, bu hodisalar tez o‘tadi va maxsus davolash usullarini talab etmaydi. Narkoz va operatsiyadan keyingi moddalar almashinuvi, eng ko‘p uglevod almashinuvi buziladi, natijada, asidoz rivojlanadi. Asidoz klinik jihatdan bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qusish va uyqusizlik bilan namoyon bo‘ladi. Og‘ir hollarda ruhiy toliqish yuzaga keladi. Bemor allahlaydi, koma ro‘y berishi mumkin. Asidozni aniqlash uchun ishqoriy—kislotali holatni bilish lozim. Shu maqsadda hozirgi vaqtda«Mikro-Astrup» yoki «AZIV» apparatlaridan foydalaniladi. Asidozga davo qilish uchun natriy bikorbonat, glukoza, insulin bilan birga qo‘llanilmoqda. Organizmning suvsizlanishiga va gipoxlorimiyaga olib keladigan suv-tuz almashinuvining buzilishi ikkinchi asorat hisoblanadi. Suv-tuz almashinuvi buzilganda ajratiladigan siydik miqdori va undagi natriy xlor konsentratsiyasini kuzatib borish lozim. Ko‘p miqdorda suyuqlik, osh tuzi, fiziologik eritma yuborish lozim.
Periferik asablar falaji. Narkoz vaqtida birorta asab o‘zagining mexanik shikastlanishi natijasida va birmuncha kamroq hollarda giyohvand moddaning markaziy asab sistemasiga toksinli ta’siri natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha yelka chigali yoki qo‘lning ayrim asablari (bilak, tirsak, o‘rta asab) falajlanishi kuza- tiladi. Bu narkoz vaqtida qo‘lni yozib qo‘yish yoki asab o‘zagining operatsiya stoli qirrasi bilan suyak o‘rtasida bosilib qolishi tufayli o‘sha asablarning cho‘zilib ketishi natijasida yuz beradi. Falajning yengil darajasi tez tuzaladi. Birmuncha og‘ir falajlanish hollarida esa, maxsus davo olib boriladi: prozerin, dibazol ishlatiladi, elektr muolajalari amalga oshiriladi.

Yüklə 40,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin