Tug‘uruqning haydovchi kuchlari (dard va to‘lg‘oq tutishi) Tug‘uruqninig haydovchi kuchlariga:
Bachadon muskullarining vaqt-bevaqt takrorlanuvchan qisqarishlari, dard tutishi.
Dard tutishiga qo‘shiladigan qorin pressining ritm bilan qisqarishi to‘lg‘oq kiradi.
Dard tutishi. Bachadon qisqarishlari (dard tutishi) tug‘uruqning asosiy haydovchi kuchi hisoblanadi. Dard tutishi tufayli bachadon bo‘yni ochiladi (bachadon bo‘ynini ochuvchi dard tutishi), shu tariqa, homila va yo‘ldoshning bachadon bo‘shlig‘idan itarilib chiqishiga yo‘l ochiladi. Dard tutishi natijasida homila bachadondan haydab chiqiladi (haydovchi dard). Bachadon bo‘yni ochilgach, dard tutishiga to‘lg‘oq tutishi ham qo‘shiladi. Homilaning haydalib chiqish jarayoni tug‘uruqning ikkala kuchi (dard va to‘lg‘oq) bir vaqtda ta’sir etganligi natijasidir. Dard tutganda platsenta bachadon devorlaridan ko‘chib haydalib tushadi. Nihoyat tug‘uruqdan keyin bir necha vaqtgacha bachadon ritm bilan qisqarib turadi (chillada dard tutishi). Dard ixtiyordan tashqarida tutadi, tug‘uvchi ayol dard tutishini o‘z istagi bilan boshqara olmaydi.
Dard vaqt-bevaqt ma’lum daqiqalardan keyin tutadi, dard tutishlar o‘rtasida o‘tadigan vaqt tanaffus, deb ataladi. Bachadon qisqarishi, odatda, og‘riqli bo‘ladi, lekin turli ayollar bu og‘riqni turli darajada sezadi. Tug‘uruq boshlanganda har bir dard tutishi 10—15 sekund davom etadi, tug‘uruq oxiriga yaqin o‘rta hisob bilan bir daqiqaga cho‘ziladi. Tug‘uruq boshlarida dard tutishlar
234
o‘rtasidagi uzilishlar 15—20 daqiqa davom etib, keyin qisqaradi, homilaninig tug‘ilish davri oxiriga yaqin har 2—3 daqiqada va hatto undan ham tezroq dard tutib turadi.
To‘lg‘oq. Tug‘uruqninig haydovchi kuchlaridan ikkinchisi — to‘lg‘oq qorin pressi va diafragma ko‘ndalang targ‘il muskullarining qisqarishidan iborat. Bachadon bo‘yni, parametral kletchatka va chanoq tubining muskullaridagi asab elementlariga homilaning oldinda yotgan qismi ta’sir etishi natijasida refleks yo‘li bilan to‘lg‘oq tutadi. To‘lg‘oq ixtiyordan tashqari tutadi, ammo tug‘uvchi ayol to‘lg‘oqni ma’lum darajada boshqara oladi. Tug‘uvchi ayol to‘lg‘oqni doyaning iltimosi bilan kuchaytiradi yoki kamaytiradi. To‘lg‘oq vaqtida qorin ichidagi bosim ko‘tariladi. Ayni vaqtda bachadon ichidagi bosimning ko‘tarilishi (dard tutishi) va qorin ichidagi bosimning ko‘tarilishi (to‘lg‘oq) shunga olib keladiki, bachadon ichidagi homila va yo‘ldosh qarshilik kam tomonga, ya’ni kichik chanoq tomonga intiladi.
Tug‘uruq davrlari. Tug‘uruq uch davrga bo‘linadi:
Bachadon bo‘ynining ochilish davri.
Homilaning tug‘ilish davri.
Yo‘ldosh tushish davri.
Bachadon bo‘ynining ochilish davri dastlabki muntazam dard tutishi (ushoq dard)dan boshlanib, pirovardida bachadon bo‘ynining tashqi teshigi to‘la ochiladi. Homilaning tug‘ilish davri bachadon bo‘yni tashqi teshigining to‘la ochilgan paytidan boshlanib, pirovardida homila tug‘iladi. Yo‘ldosh tushish davri bola tug‘ilgan paytdan boshlanib yo‘ldosh tushishi bilan tugaydi.
olat 450 ml.dan ortsa patologik holat deyiladi. Yo‘ldosh tushish davri 5—10 daqiqadan 2 soatgacha davom etadi.(smazka) va shilliqlar (sliz) olinadi. Shundan keyin bolaning quyi qovog‘ini astagina pastga tortib turib, konyunktiva qopchasiga sulfatsil natriy eritmasidan steril pipetka yordamida bir tomchi tomiziladi. 30 % li sulfatsilning natriy eritmasini bola konyunktivasiga ikkinchi marta u tug‘ilgandan 2 soat o‘tgach, tomiziladi. Bordi-yu, biror sababga ko‘ra, sulfatsil natriy eritmasi bo‘lmay qolsa, u holda yangi tayyorlangan penitsillin eritmasidan foydalanish mumkin (pe- nitsillinning 25000 birligi 1 ml fiziologik eritmada eritiladi). Homila tug‘ilgach, 2—3 daqiqadan keyin kindik tomirlarning urishi (pulsatsiyasi) to‘xtaydi, kindik shundan keyin bog‘lanadi. Kindik tomirlari urib turganda homilaning tomirlar sistemasiga kindik venasi orqali platsentadan 2—3 daqiqada 50—100 ml qon kiradi. Pulsatsiya to‘xtagach, kindik qat’iy aseptika sharoitida qirqiladi va bog‘lanadi.
Bolani sovqottirib qo‘ymaslik uchun kindikning bola tomondagi uchi steril yo‘rgak yozilgan va grelka elektr reflektor bilan isitilgan yo‘rgaklash stolchasida tozalanadi. Kindik spirtga ho‘llangan steril paxta sharcha bilan artiladi va ikkita Koxer qisqichi orasiga olinadi. Bir qisqich kindik halqasidan 8—10 sm masofaga, ikkinchisi pichcha yuqoriga qo‘yiladi. Kindikning qisqichlar orasidagi qismi tumtoq qaychida qirqiladi. Kindikning ona tomondagi uchi jinsiy yoriq oldidan tasma yoki ipak bilan bog‘lanadi va doka salfetkaga o‘raladi.
Hozirgi paytda kindik qoldig‘iga metall halqacha kiydirib qo‘yishni afzal ko‘rishmoqda. Metall halqacha quyidagicha kiydiriladi: kindikda tomir urishi to‘xtagach, ikkita qisqich: birini kindik halqasidan 10 sm naridan, ikkinchisini undan 2 sm keyin qo‘yiladi. Har ikki qisqich o‘rtasini yodning 5 % li spirtdagi eritmasi bilan artiladi va shu yerdan kesiladi. Shundan keyin chaqaloqni yo‘rgaklash stoliga olib, doya ikkinchi marta qo‘lini yuvadi va yuqumsizlantiradi, steril doka salfetka bilan kindik qoldig‘ini artadi, ko‘rsatkich barmog‘i bilan katta barmog‘i orasiga olib asta-sekin siqadi. So‘ng maxsus qisqich bilan metall halqacha (rogovinnik)ni olib, unga kindik qoldig‘i kiritiladi. Bunda halqachaning pastki cheti kindik tubidan 0,5—0,7 sm yuqorida turishi kerak, qisqichni halqaga «shiq» etib tutashgandan keyin ajratib olinadi. Halqacha kiydirib qo‘yilgan kindik qoldig‘i ochiq qoldiriladi va qunt bilan parvarish qilib turiladi; spirtdagi 2 % li borat kislota eritmasiga ho‘llangan steril doka salfetka bilan har kuni artiladi.
Yangi tug‘ilgan bola tozalanib bo‘lgandan keyin tarozida tortiladi, bo‘yi o‘lchanadi, boshi va yelkalarining o‘lchamlari aniqlanadi, qo‘liga steril kleyonkadan bilaguzuk taqiladi (69— 70-rasmlar). Bilaguzukka onaning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘uruq tarixining nomeri, bolaning jinsi, vazni, bo‘yi, tug‘ilgan vaqti oldindan siyohda yozib qo‘yiladi, so‘ngra bolaga steril iliq yo‘rgak bilan yo‘rgaklanadi va adyolga o‘raladi, 2 soat bola kuzatib turiladi.