4.Markaziy bank tijorat banklari va boshqa maxsus kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishni quyidagicha amalga oshiradi:
4.Markaziy bank tijorat banklari va boshqa maxsus kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishni quyidagicha amalga oshiradi:
-bank faoliyati bilan shug’ullanishga ruxsatnoma, ya’ni, lisenziyalar beradi;
-banklar va boshqa kredit muassasalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
-bank operasiyalarini amalga oshirish tartib-qoidalarini belgilaydi;
-buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish qoidalarini oʻrnatadi;
-joylarda tekshirishlar va taftishlar oʻtkazadi.
Agar tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari bank qonunchiligi va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartib-qoidalar hamda koʻrsatmalarni buzsalar, ularga nisbatan jazo choralari koʻriladi. Bu choralar tartibbuzarlik darajasiga bog’liq boʻlib, oddiy ogohlantirishdan tortib, toki bank faoliyati bilan shug’ullanishga berilgan lisenziyani tortib olish, ya’ni,, bankni yopishgacha boradi. Ana shu sababli «Markaziy bank – banklarning otasi» degan ibora juda oʻrinlidir.