15-mavzu: Markaziy bank va uning operatsiyalari


Markaziy banklar bajaradigan asosiy vazifalarni qo`yidagicha guruxlash mumkin



Yüklə 97 Kb.
səhifə2/3
tarix26.11.2023
ölçüsü97 Kb.
#136398
1   2   3
15-mavzu

Markaziy banklar bajaradigan asosiy vazifalarni qo`yidagicha guruxlash mumkin:
- pul muomalasini tashkil etish va boshqarib borish;
- hukumat banki sifatida faoliyat ko`rsatish;
- tijorat banklarga bank xizmatlarini ko`rsatish;
- tijorat banklar faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish;
- valyutani tartibga solish va nazorat qilish.

2.Markaziy banklar oʻz hukumatlariga quyidagi xizmatlarni koʻrsatadilar:

  • 2.Markaziy banklar oʻz hukumatlariga quyidagi xizmatlarni koʻrsatadilar:
  • - davlatning oltin, qimmatbaho metall va kamyob toshlari hamda valyuta zahiralarini saqlaydi, ya’ni, davlatning «xazinaboni» hisoblanadi;
  • - davlatning pul-kredit, ya’ni, iqtisodiy siyosatini olib boradi. Bu siyosat muomaladagi pul massasi, kreditlar hajmi, foiz stavkalari darajasi kabi koʻrsatkichlarni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi;
  • - hukumatning moliyaviy maslahatchisi hisoblanadi, ya’ni, byudjet tashkilotlariga hisob-kitob xizmatlarini koʻrsatadi va davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlaydi;
  • - davlatga kredit beradi va davlat nomidan qiymatli qog’ozlarni chiqaradi, ularni tijorat banklariga sotadi va boshqaradi.

3.Markaziy banklar hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatish maqsadida barcha tijorat banklari uchun korrespondentlik schyotlarini ochadilar. Tijorat banklari mazkur schyotlarda oʻzlarining ma’lum miqdordagi mablag’larini saqlaydilar va bir-birlari bilan hisob- kitoblar qiladilar. Agar hisob-kitoblar uchun tijorat bankining mablag’lari yetishmay qolsa, boshqa banklar yoki Markaziy bankdan kredit olishi mumkin. Markaziy bank kreditlari faqat uning barcha talablariga javob bera oladigan tijorat banklariga beriladi. Tijorat banklari oʻzlarining korrespondentlik schyotlari orqali Markaziy bankdan naqd pul olishlari yoki topshirishlari mumkin, boshqacha qilib aytganda, «Markaziy bank - banklarning bankidir».

  • 3.Markaziy banklar hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatish maqsadida barcha tijorat banklari uchun korrespondentlik schyotlarini ochadilar. Tijorat banklari mazkur schyotlarda oʻzlarining ma’lum miqdordagi mablag’larini saqlaydilar va bir-birlari bilan hisob- kitoblar qiladilar. Agar hisob-kitoblar uchun tijorat bankining mablag’lari yetishmay qolsa, boshqa banklar yoki Markaziy bankdan kredit olishi mumkin. Markaziy bank kreditlari faqat uning barcha talablariga javob bera oladigan tijorat banklariga beriladi. Tijorat banklari oʻzlarining korrespondentlik schyotlari orqali Markaziy bankdan naqd pul olishlari yoki topshirishlari mumkin, boshqacha qilib aytganda, «Markaziy bank - banklarning bankidir».

Yüklə 97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin