15-mavzu: O’quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi. 15-mavzu: O’quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi



Yüklə 60,39 Kb.
səhifə1/6
tarix02.12.2023
ölçüsü60,39 Kb.
#137102
  1   2   3   4   5   6
15-mavzu

15-MAVZU: O’QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYASI.

15-MAVZU: O’QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYASI.


REJA:
1. Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari.
2. Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari.
3. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
4. Jismoniy tarbiya vositalari.
5. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari.
6. Estetik tarbiya vositalari.

1-Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari.

1-Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari.

Mehnat tarbiyasi o'quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko'nikma va malakalarini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo'lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko'maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislatlaridir.

Mehnat tarbiyasining maqsadi o'quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo'lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; o'quvchilarda umumjamiyat manfaati yo'lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish; ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; - o'quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish; ularda mehnat ko'nikma va malakalarini tarkib toptirish; o'quvchilar faoliyatida

mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, hayotiy faoliyat yo'nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;


Yüklə 60,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin