Nafosatning asosiy xususiyatlari. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda nafosat idrokining psixologik qonuniyatlarini hisobga olish lozim. Bu xususiyatlar ilk yoshdagi bolalarga xos hamda rivojlanish, nafosat tajribasi, tasavvurlarning shakllanganlik darajasiga bog'liq. Atrof-olam hodisalari dastlab nafosat sifatida namoyon bo'lmaydi. Bunday bo'lishdan oldin ular idrok etiluvchan, mazmunli, tushunarli bo'lishi lozim. Demak, tarbiyachi, o'qituvchining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri o'quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, eng murakkab hodisalar hamda go'zallik shakllari, nafosat muammolarini anglab yetishi lozim. Nafosatni idrok etishning muhim unsuri - hissiyotlilik.
Nafosat tarbiyasining vositalari.Nafosat tarbiyasining vositalari o'quvchilarning go'zallikni sevish ruhida tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san'at go'zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonda qo'llaniluvchi omillar sanaladi.
Nafosat tarbiyasining vositalari. Nafosat tarbiyasining vositalari o'quvchilarning go'zallikni sevish ruhida tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san'at go'zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonda qo'llaniluvchi omillar sanaladi.
Oila go'zallikning birinchi maktabidir. Oila a'zolarining o'zaro munosabatlari, uy jihozlari, ularning yagona birligi, uyg'unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a'lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go'zallikni tarbiyalashda katta ta'sir ko'rsatadi.
O'quvchilarda nafosatni shakllantirish.Nafosat ongi ijtimoiy voqelik, tabiat, san'at bilan bevosita muloqot jarayonida o'quvchilarni turli nazariya, qarashlar mohiyati bilan tanishtirish, ular o'rtasida nafosat ta'limi va tarbiyasini tashkil etish hisobiga shakllantiriladi. Nafosat ongi asosini nafosat idroki tashkil etadi. Nafosat idroki - bu ijtimoiy voqelik, buyum va hodisalarning go'zalligini ongda yaxlit aks etishi bo'lib, u go'zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo'naltirilganligi bilan tavsiflanadi.