Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jakb etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy kapitalning kirib kelishi O’zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurish, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirish, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xo’jalik subyektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi o’rinlarini yaratishga imkon beradi.