15-MAVZU. TASHQI IQTISODIY XAVFSIZLIK VA MAMLAKAT RAQOBATBARDOSHLIGINI TA'MINLASH Reja: - Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar.
- Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog’liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi.
- Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda milliy manfaatlarni himoyalash va iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash yo’llari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida o’zaro manfaatli hamkorlik qilish yo’li bilangina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o’zaro hisob-kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa chet mamlakatlar bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya kabi sohalarda o’zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |