16-Mavzu: Identifikatsiyalash haqida umumiy tushunchalar. Reja



Yüklə 221,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.11.2022
ölçüsü221,73 Kb.
#119060
1   2   3
16-mavzu

CHiziqli 
dasturlash
Bunda 
bog’lanishlar chiziqli, izlanayotgan 
o’zgaruvchilar uzluksiz va boshlang’ich ma’lumotlar aniq qiymatlarda bo’ladi. 


CHiziqsiz dasturlash. Bunda bog’lanishlar chiziqsiz, izlanayotgan 
o’zgaruvchilar uzluksiz yoki butun sonli bo’lib, boshlang’ich ma’lumotlar ham 
aniq qiymatlarda bo’ladi. 
Butun sonli dasturlash. Bunda bog’lanishlar chiziqli, izlanayotgan 
o’zgaruvchilar butun sonli va boshlang’ich ma’lumotlar aniq qiymatlar bo’ladi. 
Dinamik dasturlash. Bunda bog’lanishlar chiziqli yoki chiziqsiz bo’lib, 
ko’proq vaqtga bog’liq masalalar qaraladi va hakozo. 
Noaniq 
omillarni 
hisobga 
olgan 
holda 
matematik 
modellarni 
determinallashgan, stoxastik va noaniq elementli modellarga ajratish mumkin. 
Stoxastik modellarda noaniq omillar tasodifiy miqdorlar bo’lib, ular uchun 
taqsimot funktsiyasi va turli statistik xarakteristikalar (matematik kutilma, 
dispersiya, o’rtacha kvadratik chetlashish va h.k) ma’lum. Stoxastik modellar 
ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
Stoxastik dasturlash modellari. Bunda yoki maqsad funktsiyasi yoki 
chegaraviy shartlarda tasodifiy miqdorlar qatnashadi. 
Tasodifiy jarayonlar nazariyasi modellari. Vaqtning har soniyasi holatlari 
tasodifiy miqdorlardan iborat bo’ladigan jarayonlar o’rganiladi. 
Ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasi modellari. Bunda xizmat ko’rsatish 
talablarini aniqlashning ko’pkanalli tizimlari o’rganiladi. SHuningdek, stoxastik 
modellarga foydalilik nazariyasi, qidiruv va qaror qabul qilish modellarini kiritish 
mumkin. 
Statistik ma’lumotlarni yig’ish imkoniyati bo’lmaganligi va omillar 
qiymatlari aniqlanmaganligi uchun omillarga bog’liq bo’lgan holatlarni 
modellashtirishda noaniq elementli modellar qo’llaniladi.

Yüklə 221,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin