17 -ma’ruza. Simsiz sensor tarmoqlari. Ularni qurishda qo’llaniladigan texnologiyalar, sensor tarmoqlariga qo’yiladigna talablar, sensor tarmoqlarining standartlari sst tipik arxitekturalari va topologiyalari


Simsiz sensor tarmoq tugunlarining energiya ta’minoti



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix27.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#136683
1   2   3   4   5   6
17-MA\'RUZA

Simsiz sensor tarmoq tugunlarining energiya ta’minoti. 
Sensor tarmoq 
tugunlariga quyiladigan talablardan asosiysi, ularning avtonom ishlashining uzoq 
vaqt davomlanishi. Energiyani sarflashni kamaytirish masalasi tuzilishni 
optimizatsiyalash va tugunlarning analog va raqamli sxemalarining ishlash 
rejimlari hisobidan, va ushbu sxemalarning ishlashi uchun, tashqi muhitdan, 
energiyani olish hisobidan yechilishi mumkin. Bugungi kunda butun jahon 
bo„yicha, batareya va simlardan holos bo„lgan, ekologik toza va energiyaning 
cheklanmagan resurslariga ega, xizmat muddatida cheklov berilmagan avtonom 
simsiz sensor tarmoqlarini ishlab chiqish izlanishlar olib borilmoqda. 
Atrof muhitimizda energiyaning asosiy to„rtda manbasi mavjud: mexanik 
energiya (vibratsiyalar, deformatsiyalar), issiqlik energiyasi (harorat o„zgarishlari), 
yoruqlik energiyasi (quyosh, infraqizil nurlar, radiochastotalar) va ximiyoviy 
energiya (ximiya, bioximiya). Ushbu manbalarning kuchliliklari har hil zichlikda 
(24.7-rasm). 
24.7-rasm. Tashqi muhitdagi energiya manbalirining har hil turlari uchun kuchlilik zichligi 
(o„zgarishgacha bo„lgan). 
Rasmda ko„rsatilganidek, 10-1000mkVt chiquvchi quvvat ko„rsatkichi 1 sm
2
yoki 1sm
3
o„lchamdagi manbalar uchun ma‟qul. Quyosh energiyasi kuchli quvatni 
ta‟minlaydi ( agarda 24.7 rasmdagi berilgan ko„rsatkichlar, fotoelementlardagi 
20% ortmaydigan, KPD ni almashtirish uchun solishtirmali koeffitsientlarga 
ko„paytirilsa). Afsus, quyosh energiyasini quyosh tushmaydigan xonalarda olish 
mumkin emas. Demak, havo harorati tushishda energiyani olish mumkin emas, 
agar tushish yo„q bo„lsa yoki mavjud bo„lmagan vibratsiyadan. Tashqi energiya 
manbai muhitga mos tarzda tanlanishi kerak, simsiz sensor tarmoqning atrofidagi 
tugunga, ya‟ni tashqi muhitdan universal energiya manbai mavjud emas. Sensor 
tarmoq tugunlarining tashqaridan energiyani olishi uchun, datchiklarning 
mikrokontroller va radio-uzatkichlar orqali energiyani sarflanishini kamaytirish 
zarur (sensorlar/ aktuatorlar bilan). Simsiz sensor tarmoq tugunlarining energiyani 
sarflashi 24.8-rasmda ko„rsatilgan. 


24.8-rasm. SST tugunlarining energiyani sarflash grafigi. 
Sarflanadigan quvvatning uchta turin ajratish mumkin: 
1) 1-5 mkVt: «int holat» rejimida energiyani sarflash; 
2) 500 mkVt-1 mVt: faol rejimda energiyani sarflash; 
3) 50 mVt: energiyani yetkazib berish cho„qqisi. 
Keltirilgan diagramma tahlili quyidagi natijalarni beradi. Birichidan, simsiz 
tugunning ishlashi uchun tashqi muhitdan energiyani olish quvvati 1-5 mkVt 
tartibda bo„lishi kerak, va bu mikroprotsessor va radiochastota chipining xolostoy 
rejimi uchun yetarli ko„rsatkich hisoblanadi. Ikkinchidan, energiyaning zamonaviy 
manbalari tashqi muhitdan simsiz sensor tarmoqlarinining faol rejimi uchun 
yetarli bo„lgan energiya bilan ta‟minlashni amalga oshira olmaydi (bu 
manbalarning chiqish quvvati uchun 500 mkVt-1 mVt da energiyani sarflashi 10-
1000 mkVt ga teskari). Lekin, «spyaщiy» rejimda energiyadan foylanish sarfi 
ancha kam bo„lganligidan,tashqi muhitdan ozuqlanadigan, simsiz sensor tarmoqlari 
24.9-rasmdagidek ishlash davriyligini qo„llash mumkin. Energiya (a) buferida 
saqlanadi (kondensatorlar, batareyalar) va buferdagi energiya yetarlicha bo„lganida 
(biv) o„lchash siklining bajarilishi uchun ishlatiladi. So„ng tizim, yangi o„lchash 
siklini kutish holatida bo„ladi va «spyaщiy» rejimga qaytadi. 
24.9-rasm. Simsiz sensor tarmoqning ishlash davriyligi. 
Shu tariqa, tashqi muhitdan energiyani foydalanish orqali hoqlagan, 
tejamkor bo„lmagan ham ilovani ozuqlantirish mumkin. Asosiy masala o„lcham 
sikli chastotasining uzluksiz ishlab chiqariladigan energiyaga moslashuvi.Sensor 
tugunlarning energiyani sarflashi (R), bir o„lcham sikli uchun zarur bo„lgan 
energiyaning umumiy miqdorining (W), ushbu harakatning (f) chastotasiga 
ko„paytirilishi bilan hisoblanadi: 
R=W*f. 
R,W va f orasidagi bog„liqlik 24.10-rasmda berilgan.


24.10-rasm. Quvvat, energiya va chastotaning o„z-aro bog„liqligi. 
Absissa o„qi ( energiya Djoulda) va ordinata o„qi ( o„lchamlar chastotasi) 
bo„yicha logarifmli o„lchamni qo„llash orqali, 100 mkVt o„lchamda energiyani 
o„rtacha sarflash egiluvchang koeffitsienti 1 teng bo„lgan to„g„ri liniya bilan 
ko„rsatilgan. Masalan, sensor tugunning t6liq ishlashi uchun (o„lcham+ o„zgarish + 
uzatish) 250-500 mkDj talab qilinadi. Demak, 100 mkVt quvvatlikni uzluksiz olish 
orqali, har bir 1-10 sekundta (0,1-1 Gs) sensor tarmoq tugunining to„liq ishlashini 
ta‟minlash mumkin. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin