8. Ruxsatsiz kirishdan himoyalanish.
Tarmoqda ma‟lumotni uzatish yo„nalishini tanlashda quyidagi parametrlar
o„lcham sifatida qo„llanilishi mumkin:
yo„nalish uzunligi (ma‟lumotni qayta qabul qilish uchastkalari soni);
ishnochlilik;
kechikish;
o„tkazuvchanglik qobiliyati;
yuklama;
trafikni uzatish bahosi va boshqalar.
SST marshrutizatsiya protokollari tarmoqda marshrutlarning ta‟minlanishiga
javob beradi va qat‟iy noqulay sharoitlarda ishonchli aloqaga kafolat beradi.
Marshrutizatsiyaning ko„plab protokollari, ozuqlanishni boshqarish, ma‟lumotlarni
tarqatish, energiyani tejash masalasi ahamiyatli bo„lgan va va o„ning yechimiga
yo„naltirilgan protokollar, SST uchun maxsus ishlab chiqilgan. SST uchun
marshrutizatsiya protokollarini har hil belgilar bo„yicha tasniflash mumkin (25.4-
rasm). Ma‟lumotlarni tugunlardan uzatish zarurligiga asoslangan, tarmoqning
ishlashida qo„llaniladigan rejimiga ko„ra, marshrutizatsiyaning barcha
protokollarini proaktiv (barcha yo„nalish oldinnan, talab qilingungacha aniqlanadi),
reaktiv (yo„nalishlar talab bo„yicha aniqlanadi) va gibridli (birinchi ikkalasining
kombinatsiyasi).
24.4-rasm. SST marshrutizatsiya protokollarining tasniflanishi
Tarmoq tuzilishini hisobga oladigan, protokollar, quyidagicha ajraladi:
1) bir sathli
(flat-based)
marshrutizatsiya protokollari – SST barcha tugunlari
birdek funksionallikga ega, masalan: SPIN (Sensor Protocols for Information via
Negotiation), Direct Diffusion, Rumor Routing;
2) ierarxik
(hierarchical-based)
marshrutizatsiya protokollari –
tarmoq
tugunlari har hil funksiyani bajaradi, ular fizik jihatdan har hil bo„lishi mumkin,
masalan: LEACH (Low-Energy Adaptive Clustering Hierarchy), PEGASIS
(Power-Efficient GAthering in Sensor Information Systems), TEEN i APTEEN
(Threshold-sensitive Energy Efficient Protocols), SOP (Self-Organization
Protocol);
3) tugunning joylashuv o„rni haqidagi ma‟lumot asosidagi
(location-based)
marshrutizatsiya protokollari, protokolga misollar: GAF (Geographic
Adaptive
Fidelity), GEAR (Geographic and Energy Aware Routing).
Marshrutizatsiya protokolining ishlashi har hil tamoyilga asoslanadi:
SST marshrutizatsiya protokollari tasnifi
Yo„lni o„rnatish
Tarmoq tuzilishi
Protokollar
Aloqa initsiatori
Proaktiv
Reaktiv
Gibrid
Tekis
Ierarxik
Joylashuv
asosida
Yo„l asosida
So„rovlar asosida
“So„zlashuvlar”
asosida
QoS asosida
Kogerent va
nokogerent
Chiquvchi tugun
Kiruvchi tugun
1) marshrutizatsiya protokollari ko„plab marshrutlar bilan (multipath routing)
– manbadan yetib boruvchi nuqtagacha bir nechta marshrut qo„llaniladi, va bu
bog„lanish ishonchligini yuqorilatish bilan birga, sarf xarajtni va energiya
xarajatini orttiradi;
2) «so„rov bo„yicha» (query-based) marshrutizatsiya protokollari – tugun
tarmoqga va boshqa tugunga ma‟lumotlarga so„rov jo„natadi;
3) tugunlar orasida «so„zlashuvlarga» asoslangan (negotiation routing),
marshrutizatsiya protokollari;
4) xizmat ko„rsatish
sifatini hisobga oladigan, protokollar (QoS-based),
tarmoqda xizmatlarning belgilangan daradjasin ta‟minlaydi.
Ma‟lumotlar agregatsiyasiga yo„naltirilgan, protokollarda, bazaviy stansiya
(BS) xabarlari manbasi orasida joylashgan, oraliq tugunlar, ma‟lumotlar
agregatsiyasini amalga oshirishi va BS ga kiritilgan ma‟lumotlarni jo„natishi
mumkin. Ushbu jarayonda sensor tugunlarda energiyani tejash imkoni yaratiladi.
Marshrutizatsiyaning barcha protokolini ikki turga ajratish mumkin- birida
bog„lanish asoschisi
xabar manbasi hisoblansa, boshqalarida – qabul qiluvchi
hisoblanadi. Tugun turlari asosida SST marshrutizatsiya protokollarining tasnifi
24.5-rasmda ko„rsatilgan.
24.5-rasm. Tugun turlari asosida SST marshrutizatsiya protokollari tasnifi
Dostları ilə paylaş: