24.8-rasm. SST tugunlarining energiyani sarflash grafigi.
Sarflanadigan quvvatning uchta turin ajratish mumkin:
1) 1-5 mkVt: «int holat» rejimida energiyani sarflash;
2) 500 mkVt-1 mVt: faol rejimda energiyani sarflash;
3) 50 mVt: energiyani yetkazib berish cho„qqisi.
Keltirilgan diagramma tahlili quyidagi natijalarni beradi. Birichidan, simsiz
tugunning ishlashi uchun tashqi muhitdan energiyani olish quvvati 1-5 mkVt
tartibda bo„lishi kerak, va bu mikroprotsessor va radiochastota chipining xolostoy
rejimi uchun yetarli ko„rsatkich hisoblanadi. Ikkinchidan, energiyaning zamonaviy
manbalari tashqi muhitdan simsiz sensor tarmoqlarinining faol rejimi uchun
yetarli bo„lgan energiya bilan ta‟minlashni amalga oshira olmaydi (bu
manbalarning chiqish quvvati uchun 500 mkVt-1 mVt da energiyani sarflashi 10-
1000 mkVt ga teskari). Lekin, «spyaщiy» rejimda
energiyadan foylanish sarfi
ancha kam bo„lganligidan,tashqi muhitdan ozuqlanadigan, simsiz sensor tarmoqlari
24.9-rasmdagidek ishlash davriyligini qo„llash mumkin. Energiya (a) buferida
saqlanadi (kondensatorlar, batareyalar) va buferdagi energiya yetarlicha bo„lganida
(biv) o„lchash siklining bajarilishi uchun ishlatiladi. So„ng tizim, yangi o„lchash
siklini kutish holatida bo„ladi va «spyaщiy» rejimga qaytadi.
24.9-rasm. Simsiz sensor tarmoqning ishlash davriyligi.
Shu tariqa, tashqi muhitdan energiyani foydalanish orqali hoqlagan,
tejamkor bo„lmagan ham ilovani ozuqlantirish mumkin. Asosiy masala o„lcham
sikli chastotasining uzluksiz ishlab chiqariladigan energiyaga moslashuvi.Sensor
tugunlarning energiyani sarflashi (R), bir o„lcham sikli uchun zarur bo„lgan
energiyaning umumiy miqdorining (W), ushbu harakatning (f) chastotasiga
ko„paytirilishi bilan hisoblanadi:
R=W*f.
R,W va f orasidagi bog„liqlik 24.10-rasmda berilgan.
24.10-rasm. Quvvat, energiya va chastotaning o„z-aro bog„liqligi.
Absissa o„qi ( energiya Djoulda) va ordinata o„qi ( o„lchamlar chastotasi)
bo„yicha logarifmli o„lchamni qo„llash orqali, 100 mkVt o„lchamda energiyani
o„rtacha sarflash egiluvchang koeffitsienti 1 teng bo„lgan to„g„ri liniya bilan
ko„rsatilgan. Masalan, sensor tugunning t6liq ishlashi uchun (o„lcham+ o„zgarish +
uzatish) 250-500 mkDj talab qilinadi. Demak, 100 mkVt quvvatlikni uzluksiz olish
orqali, har bir 1-10 sekundta (0,1-1 Gs) sensor tarmoq tugunining to„liq ishlashini
ta‟minlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: