17-Mavzu. O‘zbekistondagi g‘oyaviy birlikni ta’minlashda Harakatlar strategiyasining ahamiyati. Reja



Yüklə 148 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü148 Kb.
#137278
  1   2   3
17-mavzu - maruza matni (2)


17-Mavzu. O‘zbekistondagi g‘oyaviy birlikni ta’minlashda Harakatlar strategiyasining ahamiyati.
Reja:

  1. O‘zbekistonda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosatning g‘oyaviy asoslari.

  2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash.

  3. O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kunlardan boshlab xalqimizning orzu-umidlari amalga oshdi, qadriyatlari tiklandi. Masjid, madrasalar mo‘min-musulmonlarga qaytarib berildi. Qadriyatlarimizning asosini tashkil etgan Islom dini ta’limotlaridan elimiz yana bahramand bo‘la boshladi. Ma’naviyatimiz asoslarini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganishga, targ‘ib qilishga, ziyoratgohlarni obodonlashtirishga, ona tilimiz ravnaqiga keng sharoit yaratilgani milliy taraqqiyot uchun qudratli omil bo‘ldi1.
Xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tufayli yurtimizda turli din vakillari yonma-yon, tinch-totuv yashab kelmoqda. Har kim o‘z e’tiqodiga amal qilib, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e’tirof etishi chin ma’nodagi bag‘rikenglikdir. Bu fazilat xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Yurtimizda qadimdan ko‘p millat va elat vakillari ahil-inoq yashab kelmoqda.
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti: «Bashariyat murakkab taraqqiyot jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda diniy bag‘rikenglik, turli dinlarga mansub xalqlar o‘rtasidagi muloqot va amaliy hamkorlikni kuchaytirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda», deb ta’kidlagan edilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko‘ra, hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Diniy muassasalar faoliyatining qonun asosida olib borilishi ta’minlanadi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi. Ko‘pmillatli davlatimizda millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy sharti qilib belgilandi2.
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. Zotan, bag‘rikenglik fuqarolar orasida totuvlikni ta’minlaydi, jamiyatda tabiiy ravishda uchraydigan ijtimoiy farqlarning keskinlashuviga, ijtimoiy nizolarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bugun nafaqat yurtimizda, balki butun Yer yuzida diniy bag‘rikenglik, konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmokda3.
Bugun diniy bag‘rikenglikni, mamlakatimizda tinchlik, barqarorlikni yanada mustahkamlashda turli konfessiyalarning tarixi, ta’limoti, ularning jamiyat rivojidagi ahamiyatini o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Aynan bag‘rikenglik, sabr-bardoshli bo‘lish kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina ixtiloflarni bartaraf etuvchi omillardan sanaladi.
Ma’lumki, diniy bag‘rikenglik g‘oyasi – turli dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilarning bir zamin, bir vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi. Qadim-qadimdan din aksariyat milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog‘liq. Chunki samoviy dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka chorlaydi.
O‘zbekistonda Islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk g‘oyalari yosh avlod yuragidan joy olishiga barcha sharoit yaratib berilgan. Boshqacha qilib aytganda, farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiyalanmoqda.
Shu yo‘nalishdagi dastur va rejalar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Tumanlarda 411ta mahallada madaniy ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar guruhi, xotin-qizlar qo‘mitalari, Yoshlar ittifoqi, diniy idoralar, Oila markazi, nuroniy otaxon va onaxonlarni jalb qilgan holda har bir hududda totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yuzasidan maqsadli yo‘l xaritalari asosida uchrashuvlar, suhbatlar, ajrim yoqasida turgan oilalarni ahillikka, farzandlar tarbiyasiga yo‘naltirish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar katta ahamiyat kasb etmoqda.
Ayniqsa ma’naviy ko‘makka muhtoj 400 ortiq nafar fuqarolar ro‘yxatga olinib, ular bilan profilaktik, tarbiyaviy, reabilitatsiya bosqichlaridagi ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Tumanlarda 600dan ortiq Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilgan. Aholiga islom ta’limotining haqiqiy mohiyatini tushuntirish, xalqimiz qadriyatlari, ma’naviyati va axloqiga zid bo‘lgan holatlarning oldini olish, to‘y-ma’rakalarni ixchamlashtirish bo‘yicha ham suhbat va uchrashuvlarda keng tushuntirish ishlari olib borilayotganligi o‘z ijobiy samarasini bermoqda.
Shu bilan birga xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda barcha hududlarda bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘istonda ham turli millat va elatlarni o‘z ichiga jamlagan qozoq, rus, turkman, koreys millati milliy Markazlari faoliyati ham tinchlik-osoyishtalik, bag‘rikenglik, do‘stlik, birodarlik va hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida xizmat qilayotganligi quvonarli holdir.
Sirdaryo viloyatida ham dastur ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va aqidaparastlik, missionerlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, erta turmush qurish, ajrimlar va turli jinoyatchiliklarni oldini olish, farzand tarbiyasida ota-ona va jamoatchilikning mas’uliyatini yanada oshirish kabi dolzarb masalalarga alohida ahamiyat berilmoqda.
Mamlakatimiz singari Sirdaryo viloyati ham ko‘p millatlidir. Viloyatimizda 70 dan ortiq millat vakillari totuvlikda, o‘zaro hurmatda hayot kechirishmoqda. Sirdaryoning eng katta boyligi shu yerda yashayotgan fidoiy insonlardir. Sirdaryo injiq tabiatiga qaramasdan, irodali va eng muhimi mehr–oqibatli insonlar vataniga aylandi. Sirdaryoda insonlarning millati, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar haqiqiy insoniy do‘stlik muhim ahamiyatga ega. Bizda insonga uning millatiga qarab emas, avvalambor, uning odamiyligiga qarab baho berishadi va shunga qarab munosabatda bo‘lishadi.
Sirdaryoni o‘zlashtirishda o‘zbek G‘anisher Yunusov, Tursunboy Latipov, Lola Erbo‘taeva bilan bir qatorda qirg‘iz Sattor Usmonov, Ahmad Qulbekov, qozoq Qinibek Ukuboev, rus Ivan Andreevich Bezdetniy, tojik Niyozxol Qodirov singari mehnat qahramonlari yelkama-yelka turib mehnat qilganlar. Bir vaqtlar Mirzacho‘l bo‘lgan bugungi Guliston, tom ma’noda, nomiga munosib turli millat vakillari do‘stligi timsolidir.
Sirdaryoda bugungi kunda istiqomat qilayotgan millatlar o‘zlarini hech kimdan kam emasliklari va bu yerda o‘zlarini to‘la huquqli deb his qilishlari uchun imkon darajasida sharoitlar yaratilgan.
Ko‘p millatli viloyatimiz aholisi ichida musulmonlar, pravoslavlar, katoliklar, yaxudiylar, koreys-protestantlar, arman apostol cherkovi vakillari va boshqa konfessiyalar a’zolari bo‘lib, ularning diniy e’tiqodiga hech qanday monelik yo‘k, aksincha, ularning vijdon erkinligiga doir xuquqlaridan foydalanishlari uchun qonun doirasida barcha imkoniyatlar yaratib berilmokda. Jumladan, bugungi holatga ko‘ra viloyatda jami 82 ta diniy tashkilot ruyxatga olingan bo‘lib, ularning 74 tasi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligi va uning tasarrufidagi masjidlar, qolgan 8 tasini noislomiy diniy tashkilotlar, ya’ni Koreys-protestant, Rus-pravoslav va To‘liq Injil xristianlari cherkovlari tashkil etadi.
Mamlakatimizda yuqoridagi masalalarga bag‘ishlab 03.06.2019 yil «O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida rahbar kadrlar oldida turgan vazifalar: mavjud holat, muammolar va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Davlat boshqaruvi akademiyasida 2019 yil 31 may kuni «O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida rahbar kadrlar oldida turgan vazifalar: mavjud holat, muammolar va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish, istiqboldagi belgilangan vazifalarni tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va shu asosda rahbar kadrlar oldida turgan vazifalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdir.
Bugungi kunda jahondagi tinchlik va barqarorlikka millatlararo va dinlararo ziddiyatlar hamda terrorizm jiddiy havf tug‘dirmoqda. Garchi O‘zbekistonda mustaqillik yillari millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini saqlash borasida izchil siyosat olib borilgan va bu boradagi ishlar yangi davr talablaridan kelib chiqib davom ettirilib kelinayotgan bo‘lsa-da, globallashuv sharoitida hotirjamlikka berilish aslo mumkin emas4.
Zamonaviy davlatning maqsadi jamiyatda hamjihatlik va barqarorlikni, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlashdan iborat. Zero, mamlakatimizning taraqqiy etishi avvalambor undagi barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitining saqlanishiga bog‘liq. Bu masalalarga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev turli yig‘ilish va anjumanlarda, shu qatori xalqaro maydonda ham tinimsiz xalqimiz va jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratib kelmoqda. Prezidentimizning: “Biz yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatimizni har tomonlama kuchaytirishimiz shart. Bu – zamon talabi. Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o‘rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini mustahkamlashni biz bundan buyon ham eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz”, – degan so‘zlari barchamiz uchun dasturamal vazifasini o‘tamog‘i darkor.
O‘zbekistondagi barqarorlikni hamda davlat va jamiyat taraqqiysini mamlakatda istiqomat qiladigan 130dan ortiq millat va elatning o‘zaro totuvligisiz, rasman ro‘yxatdan o‘tgan 16 diniy konfessiya vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik munosabatlarisiz tasavvur eib bo‘lmaydi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar”i 5.1 bandida ayni “Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar”, deb belgilangan. Bu millatlararo hamda dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning uzviy qismi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Anjuman Harakatlar strategiyasida vazifa etib belgilangan millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash borasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlarni chuqur ilmiy tahlil etish hamda mazkur yo‘nalishda o‘z yechimini kutayotgan masalalarni hal etish yo‘llariga bag‘ishlangan.
Mazkur tadbir mamlakat rivojlanishining zamonaviy bosqichida millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini saqlash, bu boradagi ishlarni takomillashtirish va optimallashtirishning barcha dolzarb masalalarini muhokama qilish, yetakchi xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda shu asosda rahbar kadrlar oldida turgan vazifalarni aniq belgilash, bu sohadagi muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topish imkonini beradi.
Dunyoning ayrim nuqtalarida notinchlik avj olgan bugungi zamonda piru badavlat otaxonu onaxonlarimiz duoga qo‘l ochib, tinchlik, omonlik so‘raganlarida, ko‘z oldimizga inoq-ahil yashayotgan yurtimiz ahli, yaqinlarimiz keladi.
Tinch va osoyishta o‘tayotgan har kunimiz ruhimizni ko‘taradi. Ona-Vatanimizda hukm surayotgan tinchlik, farovonlik, obodlikni ko‘rib, shukr qilishga, bu aziz ne’matlarni asrab-avaylashga undaydi.
Asli qaerdaki urush, janjal, to‘polon bo‘layotgan esa, hammasining tubida diniy yoki milliy nizolar yotibdi. Shu sabab, ko‘p millatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish bo‘lishi zarur. Yurtimizda shakllangan bag‘rikenglik madaniyatidan keng dunyo jamoatchiligi o‘rnak olishga intilayotgani ham bejiz emas, albatta5.
Ma’lumki, O‘zbekiston asrlar osha Buyuk ipak yo‘lining chorrahasi hisoblangan. Bu yerda turfa millat kishilari uchrashgan, o‘zaro muloqotda bo‘lgan, birgalikda umrguzaronlik qilgan. Shu tariqa turli millatlarning boy tajribasi, teran donishmandligi sintezlashgan. Xalqimizga xos mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, mushohadakorlik fazilatining ildizlari ham ana shunda.
Qolaversa, Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur singari Sharqning mumtoz shoirlari ijodi ham xuddi ana shu maqsadga xizmat qilgan. Axir Navoiy o‘z asarlari qahramonlarini turli millat vakillari sifatida ta’riflagani bejiz emas. Bu qahramonlar orasida turk ham, fors va arab ham, yunon ham, xitoy va armani ham bor. Mumtoz adabiyot namunalari kishilarda bag‘rikenglik, to‘g‘riso‘zlik, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirgan6.
1992 yili tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi mamlakatimizda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda bag‘rikenglik tamoyilini qaror toptirish borasida izchil faoliyat olib borayotir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ziyod millatga mansub fuqarolar istiqomat qilayotgan bo‘lsa, respublikamiz bo‘yicha 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Baynalmilal madaniyat markazi esa ushbu milliy madaniyat markazlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib keladi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, bugungi kunda Respublika baynalmilal madaniyat markazi diyorimizda yashayotgan turli millat vakillarining ma’naviy-ma’rifiy muloqot maskaniga, o‘ziga xos do‘stlik uyiga aylangan. Bu yerda muntazam ravishda xalq bayramlari, festivallar, barcha millatlar ardog‘idagi ijodkorlar bilan uchrashuvlar, seminarlar va konferensiyalar o‘tkazib kelinadi7.
Millatlar o‘rtasidagi munosabatda, etnik yaqinlik, siyosiy-madaniy aloqalar, iqtisodiy manfaatlardan tashqari yana bir muhim omil bor, bu — insonparvarlikdir. Axir, biz biror millatga daxldor bo‘lishdan ham avval yagona insoniyatga mansub emasmizmi?! “Millat” degan tushun¬chaning barcha birdek e’tirof etgan yagona ta’rifi haligacha yo‘q.
Inson” tushunchasi esa mutlaqo aniq-ravshan. Biz qaysi millat bilan aloqa bog‘lamaylik, beshak, o‘zimiz kabi insonlar bilan muomalaga kirishamiz.
Albatta, odamlar uchun etnik yaqinlik va til birligi ham alohida o‘rin tutadi. Shu sababli, xorijga borganimizda birorta o‘zbekni uchratib qolsak, xursand bo‘lib ketamiz, u bilan suhbatlashgimiz, dardlashgimiz keladi.
Jaloliddin Rumiy bobomiz “Kimki bo‘lmish hamzabonidin judo, benavodir, garchi topsin yuz navo” deganlari bejiz emas. Keyingi o‘rinlarda madaniy va siyosiy aloqalar hamda iqtisodiy manfaatlar turadi.
Davr talabi o‘z kishisidan zamonaviy bilimlarni, kompyuter texnologiyalarini mukammal o‘zlashtirishni talab qilmoqda. O‘z navbatida esa xorijiy tillarni o‘rganish ham bugungi kun ehtiyoji hisoblanadi.
Xorijiy tillarni o‘rganish masalasi esa mudom ta’kidlab kelayotganimiz kabi — zamon talabidir. O‘qish-o‘rganishning erta-kechi bo‘lmaydi. Zero, xorijiy tillarni mukammal bilish bizga dunyo eshiklarini ochadi.
Bizning bobokalonlarimiz o‘z davrida dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan. Mustaqillik yillarida ulug‘ allomalarimizning bebaho merosi har tomonlama tadqiq va targ‘ib qilindi.
Joriy yilning 7 fevral kuni “Ma’naviyat, ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i O‘.Sobirov Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” o‘quv markazida akademik litsey va kasb-hunar kolleji derektorilari uchun tashkil etilgan tadbirda “Diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik omili” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Tadbirda bugun mamlakatimizda 130 dan ziyod millatga mansub fuqarolarimiz 16 ta diniy konfessiyaga e’tiqod qilib kelayotgani ta’kidlandi. Aholimizning milliy an’analari va diniy e’tiqodi uchun shart-sharoit yaratish Konstitutsiyamiz bilan kafolatlanib, xalqimiz teng huquqlilik asosida demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida yagona oila singari birlashgani e’tirof etildi. Mazkur yo‘nalishlarda 2200 dan ziyod diniy tashkilot va 140 ga yaqin milliy madaniy markazlarning faolligi alohida ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.
Millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik mamlakat barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik insoniyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. O‘zbekiston hududida azaldan ko‘plab millat va elatlar o‘zaro inoq tinch-totuvlikda istiqomat qilib kelgan. Binobarin, mazkur holatni hozirgi vaqtda yurtimizda yashovchi turli dinlarga e’tiqod qiluvchi barcha millatlar va elatlarning o‘zaro munosabatlari misolida ham ko‘rish mumkin. Mazkur tadbirda diniy bag‘rikenglik haqida Qur’oni karim va hadisi shariflardan namunalar keltirildi. Xususan,Qur’oni karimdagi Mumtahana surasining 8-oyatida Alloh taolo shunday deydi:

Yüklə 148 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin