1
18– amaliy mashg`ulot. Shtangali chuqurlik nasoslarining texnologik rejimlarini
hisoblash
Ishning maqsadi
: shtangali quduq nasosi qurilmasini ishini va uning asosiy
elementlarini о‘rganish
.
18.1.Shtangali chuqurlik nasoslari
Shtangali chuqurlik nasoslari yordamida chuqurligi 3000 metrgacha bо‘lgan
quduqlardan neft qazib olinadi. Chuqurlik–nasoslari yordamida quduqlarning ishlatish
asosan о‘rtacha debitli (30-40 t/kun-gacha) va kam debitli (1 t/kun-gacha) neft
quduqlarda ham qо‘llaniladi.
Qatlam bosimini favvora usulida ishlatish uchun etarli bо‘lmagan neft
konlarining asosiy qismi shtangali quduq nasoslari yordamida ishlatiladi.
Bu turda
ishlatish jarayonining jihozlari va uni xizmat qilishining soddaligi,
quduqlarning
jihozlanish xarajatlarini katta emasligi, quduqning neft debiti bir necha kilogrammdan
bir necha о‘n tonna bо‘lganda, quduqni ishlatishni iqtisodiy kо‘rsatkichlarining yuqori
bо‘lishi bilan ajralib turadi.
Chuqurlik shtangali nasoc maxsus konstruksiyali plunjerli nasos kо‘rinishida
bо‘ladi. Nasoslardagi uzatmali harakat yer usti orqali shtanga tizmasi orqali amalga
oshiriladi. Shuning uchun ham bunday nasoslar chuqurlik
shtangali nasoslar deb
ataladi.
Shtangali nasos qurilmasi (18.1-rasm) chuqurlik plunjer (1) nasosidan tuzilgan
bо‘lib, NKQ (4) orqali quduqdagi dinamik sathga tushiriladi. Tebratma dastgoh quduq
ustiga о‘rnatiladi, quduq usti jihozlari salnikli uchlik (troynik) va planshaybadan
tashkil topgan. Shtangalar (3) yordamida nasos plunjeri (2) quduqqa tushiriladi.
18.1-rasm. Shtangali chuqurlik nasosini qurilmasini ishlatish sxemasi:
1-chuqurlik nasosning plunjeri; 2-plunjer nasosi; 3-shtanga; 4-NKQ; 5-uchtalik;
6-salnik; 7-shtok
dastgohining muvozanatlagichi; 8-kalpak; 9-shatun; 10-krivoship;
11-elektrdvigatel; 12-reduktor
2
Yuqoridagi shtanga polirovkali shtok deb
ataladi, (6) salnik orqali о‘tadi, travers va egiluvchan
arqon
osilma
yordamida
tebratma
dastgoh
muvozanatlagich
(7)
boshchasiga
biriktiriladi.
Tebratma dastgohning harakatlanishi elektrdvigatel
yuritmali uzatma tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Elektrdvigatel (11) tebratma dastgohni (12) reduktor,
krivoship (1) va (9) shatun yordamida (8)
muvozanatlagichdagi (muvozanatlilik)
ilgarilanma
harakatni hosil qiladi. Bu harakat (3) tizma shtangi
orqali nasos plunjeriga (2) uzatiladi. Quduq ustiga (5)
uchlik (troynik) о‘rnatilgan bо‘ladi
va unga neft
quduqdan kirib keladi.
Uchtalikning yuqori qismida salnikli qurilma bо‘ladi, u orqali yuqori shtanga
(polirovkali shtok) о‘tkazilgan va u quduq ustining germetikligini ta’minlaydi hamda
nasos qurilmasi ishlab turganda neftni oqib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi.