18-mavzu: Axloqiy tarbiya uni shakllantirish shakl va metodlari


Axloqiy tarbiyaning shakl va metodlari



Yüklə 409,54 Kb.
səhifə3/7
tarix15.10.2023
ölçüsü409,54 Kb.
#130326
1   2   3   4   5   6   7
18-seminar Axloqiy tarbiya uni shakllantirish shakl va metodlari

1.2. Axloqiy tarbiyaning shakl va metodlari.
O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi.
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilьm va spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli Axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish, o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.
Debat, munozara va suhbatlar Axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur.
Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir.
O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin.
O’quvchilarni Axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
Oila haqida tushuncha.Oilakishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo’lmasligi hamda o’z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko’rinadi. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag’rida mavjud bo’lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog’liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo’llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.

Yüklə 409,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin